Davlat va jamiyat qurilishi / Suverenitet. Konstitutsiya]


XXII bob. O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati



Yüklə 435 Kb.
səhifə53/65
tarix29.03.2022
ölçüsü435 Kb.
#84849
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65
UzR Konstitutsiyasi (22.01.2021)

XXII bob. O‘zbekiston Respublikasining sud hokimiyati

106-modda.

O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 4-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

107-modda.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat.



(107-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-426-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 213-modda)

Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.



 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonunlariga qarang.

Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.



(107-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)

Oldingi tahrirga qarang.


Yüklə 435 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə