Dukkakli don ekinlarini maysalari, bargi, dukkagi va urug’iga qarab aniqlash


Don dukkakli ekinlarni urug'iga qarab aniqlash



Yüklə 284,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix12.04.2022
ölçüsü284,09 Kb.
#85348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Don dukkakli ekinlarni urug'iga qarab aniqlash.  

Dukkakli don ekinlarining 

urug'i botanik jihatdan olgandan haqiqiy urug' bo'lsa, g'alla ekinlarining mevasi — 

don  hisoblanadi.  Dukkakli  don  ekinlarining  mevasi  aslida  hammaga  ma'lum 

dukkak bo'lib, uning ichida urug' turadi. 

Dukkaklarining  urug'i  tashqi  tomondan  qalin  po'stga  o'ralgan,  ba'zi 

dukkaklarida  bu  po'stning  yuzi  sillik,  yaltiroq  bo'lsa,  boshqa  (jaydari  no'xat, 

oqburchoq, ya'ni ko'k no'xat) larda burishgan bo'ladi. 

  Urug'ning  yon  tomoni  sirtida  o'ziga  xos  tuzilmalar  bo'lib,  ular  sistematik 

belgi  hisoblanadi  va  tashqi  ko'rinishidan  bir'-biriga  o'xshab  ketadigan  urug'larni 

aniqlashni yengillash-tiradi. Urugiarning bir-biridan farq qiladigan tuzilmalarining 

biri-urug'  kyertigi,  ya'ni  urug'  rivojlanib  chiqadigan  urug'  kur-takka  birikadigan 

joyidir. Urug' yetilgandan keyin ana shu joyda dukkak pallasidan ajraladi. Har xil 

dukkaklilarning  urug'  kyertigi  katta-kichikligi,  rangi,  shakli  va  holati  bilan  bir-




biridan  farq  qiladi.  U  kutikula  bilan  qoplanmagan  bo'ladi,  shuning  uchun  urug' 

bo'ktirilganda  usha  kyertik  orqali  urug'  ichiga  suv  kiradi.  Urug'  kyertigining 

o'rtasida  kyertik  izi,  ya'ni  urug'kurtak  tolali  naychalar  bog'lamining  izi  bo'ladi. 

Urug'  kyertigining  bir  uchida  uruqqa  kirish  izi,  ya'ni  mikropileni-urug'kurtak 

urug'langanda  unga  chang  naychasining  kirish  joyini  ko'rish  mumkin,  ikkinchi 

uchida  urug'kurtakning  asosi  bo'lgan  xalazani,  ya'ni  bo'rtiqcha  yoki  dog'chalar 

ko'rini-shidagi  tuzilmalarni  ko'rish  mumkin.  Mikropile  loviya  urug'-larining 

kyertigida yaxshi seziladigan bo'ladi. 

Urug' qobig'ining tagida murtak joylashgan. Dukkakli o'simliklraning urug'ida 

g'alla ekinlariniki kabi endospyerm bo'lmaydi. Murtak rivojlanishining birlamchi 

davrida  zarur  bo'ladigan  oziq  moddalar uning  o'zida  ya'ni  murtakning  urug'palla 

barglarida to'plangan bo'ladi. 

Dukkakli  o'simliklar  urug'ining  murtagi  urug'ning  ikkita  yarmidan  iborat 

bo'lgan  ikkita  urug'  palladan  tashkil  topgan  bo'lib,  ular  bir  tomondan  ochiladi, 

ikkinchi tomondan esa urug' kyertigi yonida tutashgan bo'ladi. Urug'palalari urug' 

kyertigi  bilan  tutashgan  joyda  murtak  ildizchasi  bilan  kurtak-cha  bo'ladi.  Ba'zi 

dukkakli  ekinlar  urug'ining  kurtakchasi  ancha  baquvat  rivojlanadi  va  dastlabki 

ikkita chinbarg ega bo'ladi, o'simlikning o'sish nuqtasi shularning orasida bo'ladi. 

Bunday  urug'larning  po'sti  oson  ajraladi  va  murtagining  barcha  qismi  yaxshi 

kurinib turadi. 

 


Yüklə 284,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə