Dukkakli don ekinlarini gullab turgan o'simuklariga qarab aniqlash.
Dukkakli
don ekinlarining ko'pchilik turida gullar barg qo'ltiqlarida yakka-yakka, bittadan,
ikkitadan bo'lib joylashadi. Masalan, syertuk vika singari ba'zi dukkakli don
ekinlaridagina gullar shingil ko'rinishidagi zich to'pgul hosil qiladi.
Kapalakgul tipidagi gullar ikki jinsli bo'ladi, beshta gul-tojibargdan tashkil
topgan gultojisi bor, yon tomondagi ikkita kichikrog'i qanotcha va pastki cheti
bilan bir-biriga tutashib o'sgan ikkita pastkisi qayiqcha deb ataladi. Changchisi
o'nta bo'lib, shularning to'qqiztasi ipchalari bilan tutashib o'sadi,
o'ninchisi yerkin qoladi. Changchilar egilgan kalta ustunchasi bo'lgan cho'ziq va
ikki tomoni siqiq tugunchani o'rab turadi.
Biz tanishayotgan dukkakli don ekinlarining shonasi, guli va to'pguli asosiy
poya va yon shoxlardagi barglarining qil-tig'ida pastdan yuqoriga tomon asta-sekin
paydo bo'lib boradi. Dastlabki yakka shonalar paydo bo'lishi shonalash
bosqichining boshlanishi hisoblansa, birinchi gul ochilishi gullash bosqichi
hisoblanadi.
Dukkakli don ekinlari gullab turganda ularning turi gu-lidan tashqari, boshqa
organlarning belgisiga qarab ham aniqlanadi, bu hoi turni ancha oson va aniq bilib
olishga imkon byeradi.
Gul dukkakli o'simlikning muhim sistematik belgisi hisoblanadi. Shuning
uchun guliayotgan dukkaklilarni aniq-lashda guli tabiiy rangda bo'lgan yangi
o'simliklardan foy-dalanish zanir. Lekin yaxshi quritilgan gyerbariy nusxalaridan
ham foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |