Dukkakli don ekinlarini maysalari, bargi, dukkagi va urug’iga qarab aniqlash


Dukkakli  don  ekinlarining  bargiga  qarab  aniqlash



Yüklə 284,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix12.04.2022
ölçüsü284,09 Kb.
#85348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Dukkakli  don  ekinlarining  bargiga  qarab  aniqlash. 

Barcha  dukkakli  don 

ekinlarining  bargi  murakkab  barg  bo'lib,  barg  bandi,  bargchalardan,  ba'zi 

dukkaklilarda esa jingalaklardan iborat bo'ladi. O'zbekistonda ekiladigan dukkakli 

don ekin-lari bargining tuzilish, bargchalarining yirik-maydaligi va shakliga qarab 

ikki  guruhga:  a)  patsimon  bargli  dukkaklilar,  b)  uch  qo'shaloq  (uchtali)  bargli 

dukkaklilarga bo'linadi. 

Patsimon barglar faqat juft bo'lakchalar bo'ladigan juft patsimon va bandining 

ikki  tomoniga  juft  bo'lakchalaridan  tashqari  uchida  toq  bo'lakchasi  bor  toq 

patsimon bo'ladi. 

Ba'zi  dukkaklilarning  juft  patsimon  barglari  yirik-mayda  bo'lgan  va  har  xil 

darajada shoxlangan jingalaklar bilan tugaydi, o'simlik shu jingalaklari yordamida 

tayanchga o'ralib oladi (masalan, ko'k no'xat). 

Uch qo'shaloq (uchtali) barglar yirik-maydaligi va shakli har xil bo'ladigan uch 

mustaqil yaproqchadan tashkil topgan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Dukkakli  don  ekinlarining  bargi  tuksiz  yoki  tuk  bilan  qalin-siyrak 

qoplangan  bo'ladi.  Bargining  asosida  yonbarg-chalar  deb  ataladigan  mayda 

bargchalar  joylashgan.  Yon-bargchalarning  shakli,  yirik-maydaligi  har  xil  bo'lib, 

turlarini  bir-biridan  farq  qilishda  yordam  byeradigan  belgilar  o'rinini  bosishi 

mumkin. 

 



 

 

Dukakli don ekinlari barglari: 1 - no'xat; 2 — soya; 3 — ko'p yillik 



lyupin. 

 


Yüklə 284,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə