Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Mantiq tafakkur shakllari va qonunlarini o rganuvchi fan sohasi sifatida



Yüklə 252,3 Kb.
səhifə23/29
tarix30.12.2023
ölçüsü252,3 Kb.
#164164
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
30 talik mavzular

Mantiq tafakkur shakllari va qonunlarini o rganuvchi fan sohasi sifatida
«Ilmiy nazariya» tushunchasida esa, predmetlarning birorta sohasiga oid bo‘lgan va ular haqida yaxlit tasavvur beradigan, ma’lum bir metod yordamida qurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Xuddi shuningdek, «predmetlarning birorta sohasiga aloqadorligi», «predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga imkoniyat berishi», «ma’lum bir metod yordamida qurilishi», «tushunchalar sistemasi shaklida bo‘lishi» ilmiy nazariyaning muhim belgilari hisoblanadi. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, b, c,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, b, c,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan «Temir-metall» degan hukmda predmet (temir) bilan uning xossasi (metall ekanligi) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquqdan ilgari paydo bo‘lgan» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jixatdan turli xil bo‘lgan bu hukmlar tuzilishiga ko‘ra bir xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya’ni R ning Sga xosligi tasdiqlangan. Umumiy xolda hukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) S-R formulasi yordamida ifoda etish mumkin.
Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan,
Daraxt - o‘simlik
Har bir ximiyaviy element o‘z atom og‘irligiga ega
Terak – daraxtMis - ximiyaviy elementTerak - o‘simlik
Mis o‘z atom og‘irligiga egaXulosa chiqarish ko‘rinishlari mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan hukmlarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda-«daraxt», ikkinchi misolda – «ximiyaviy element» tushunchasi) orqali bog‘langan.
Yuqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shaklining fikrning konkret mazmunidan nisbatan mustaqil holda mavjud bo‘lishi va, demak, o‘ziga xos qonuniyatlarga egaligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun xam mantiqda uni alohida o‘rganish predmeti sifatida olib qarash mumkin.
Tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning o‘zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, g‘oya, argumentlash va shu kabilar) da amalga oshadi.Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat.
«Mantiq» arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi bo‘yicha «logika» so‘ziga muvofiq keladi.

Yüklə 252,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə