Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari



Yüklə 252,3 Kb.
səhifə24/29
tarix30.12.2023
ölçüsü252,3 Kb.
#164164
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
30 talik mavzular

Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari
Tafakkur - ijtimoiy sababiy, nutq bilan chambarchas bog`liq, muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir. Tafakkur voqelikni analiz va sintez qilish uni bavosita va umumlashtirib aks ettirishdan iborat jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilishdan paydo bo`ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi.
Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o`tib ketishi mumkin. Biroq tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan, ya`ni sezgilar, idrok va tasavvurlar bilan bog`langan bo`ladi. Tafakkur faoliyati o`zining butun "materialini" faqat bitta manbadan, ya`ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur faqat sezgilar va idrok orqaligina tashqi muhit bilan bog`lanadi va shu tariqa tashqi olamni aks ettiradi. Ammo sezgilar va idrok kabi hissiy bilish jarayonlari olamning turli xildagi aloqalarini, ular orasidagi bog`lanishlarni, paydo bo`ladigan turli muammolarni hal qilish imkonini bermaydi.
Tafakkur qilish davomida tashqi olamni bilish chuqurroq amalga oshiriladi. Buning natijasida narsalar, hodisalar va boshqa shuning kabilar o`rtasidagi murakkab o`zaro bog`lanishlarni ajratish, echish mumkin bo`ladi. Zarur hollarda turli vositalar qo`llaniladi. Quyidagi uch xil hodisalarni o`rganish davomida vositalar qo`llaniladi.
1. Hozirgi paytda bevosita idrok qilishning imkoni bo`lmagan hodisalarni o`rganish uchun. Bunga tarixiy voqealar, kelajak rejalar, gipotezalar, umuman yoki o`tmishda ruy bergan yoki kelajakda ruy berishi mumkin bo`lgan hodisalarni o`rganish davomida;
2. Sezgi organlarimizning moslashmaganligi sababli bevosita idrok qilishning imkoni bo`lmagan hodisalarni o`rganishda. Bunga misol tariqasida juda kichik zarrachalar, elementlar, inson sezgi organlari "sezmaydigan" turli to`lqin uzunliklari yoki juda uzoq masofada joylashgan ob`ektlar (planetalar, yulduzlar va h.k.);
3. Bevosita idrok qilishning imkoni mavjud, ammo vosita kullash samarali bo`lgan hollar. Masalan, o`sib turgan daraxtning balandligini trigonometrik funktsiyalar yordamida o`lchash, havo haroratini termometr yordamida o`lchash kabilar.
YUqoridagilardan ko`rinib turibdiki, hissiy bilish samarali bo`lmay qolgan hollarda tafakkur boshlanadi. Tafakkur hissiy bilish idrok qilish imkonini bermaydigan voqea, hodisalarni ham o`rganish imkonini beradi. Masalan, yorug`lik tezligini o`lchash, o`rganish, uning xossalaridan foydalanish faqat tafakkur orqaligina amalga oshirilishi mumkin.
Qachon tafakkur faoliyati boshlanadi (qachon biz fikrlab boshlaymiz)? Biz doimo fikrlamaymiz. Agar vaziyat bizga tushunarli bo`lsa, etarli hamma ma`lumot va vositalarga ega bo`lsak biz "o`ylamaymiz". Tafakkur jarayoni muammo paydo bo`lsa, muammoli vaziyatda paydo bo`ladi. Muammoli vaziyat - biror masalani echish uchun zarur bilimlar, vosita yoki ma`lumot, malakalarning etishmasligi bilan bog`liq bo`ladi. Muammoli vaziyatda bizning avvalgi vosita va usullarimiz etishmay qoladi.



Yüklə 252,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə