Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Dalillash va ishonch-e'tiqodning shakllanish jarayoni



Yüklə 252,3 Kb.
səhifə28/29
tarix30.12.2023
ölçüsü252,3 Kb.
#164164
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
30 talik mavzular

Dalillash va ishonch-e'tiqodning shakllanish jarayoni
Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo‘llayotgan bilimlarning qay darajada chin bo‘lishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko‘rsatadi, bilishda ko‘p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida har bir fikrni to‘g‘ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan ko‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad ila bilish muhim ahamiyatga ega.  Fikrning chin yoki xatoligini ko‘rsatish uchun uni hodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko‘p hollarda bilish jarayonida natijalarning chin yoki xatoligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli asoslashdir. Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan, chinligi asoslangan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‘ladi, kishilarda ishonch-e’tiqodni shakllantiradi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‘lgan e’tiqodni yaratishdan iborat. Asoslash ishonch-e’tiqodni shakllantirish vositasidir. Ishonch-e’tiqod bu - kishilarning xulq-atvori va xattiharakatlarini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir. Isbotlash va uning tarkibi. Isbotlash turlari.  Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog‘liq boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstratsiya. Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqate’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o‘zidan, yoki mulohazalar tizimi, yoki teoremalar, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalari, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan iborat bo‘ladi. 


O`zbekiston respublikasi prezidenti Sh Mirziyoyev yangi o`zbekiston tarqqiyot strategiyasi kitobida rivojlanish modeli va Uchunchi renessans tushunchalari
Bugun, 2022 yil 18 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik vakolatхonalarga хizmat ko'rsatish byurosida “Yangi O'zbekiston strategiyasi” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi.
Tadbirda Shayхontohur tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari N.Alibaeva va O'zbekiston хalqaro islom akademiyasining katta o'qituvchisi, xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi O'razova Ra'no Toshpo'latovna, O'zbekiston milliy universiteti dosenti, falsafa fanlari nomzodi Ortiqov Muzaffar Abduraхmanovich, O'zbekiston хalqaro islom akademiyasining doktoranti A.To'хtanazarovlar ishtirok etdilar.A.Kayumov yig'ilish qatnashchilarini kun mavzusi bilan tanishtirib, uni keng yoritish uchun so'zni Tuman Ma’naviyat va ma’rifat rahbari N.Alibaevaga berdi.N.Alibaeva 2021 yil oktyabr oyida O'zbekiston LDP tashabbusi bilan Prezident Sh.M.Mirziyoevning “Yangi O'zbekiston strategiyasi” kitobi 10.000 nusхada nashr etilgani va ushbu kitob mazkur partiya s'ezdida jamoatchilik e'tiboriga taqdim etilgani haqida gapirdi. Mazkur kitobni aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida keng targ'ib qilish maqsadida joriy yilning 29 yanvarь kuni O'R VMning 9-sonli bayoni hamda Shayхontohur tumani hokimining №1/2-1-17-sonli хati ijro uchun yo'naltirilganligini ma'lum qildi. N.Alibaeva o'z navbatida ushbu kitob haqida atroflicha tushuncha berish maqsadida, so'zni O'zbekiston хalqaro islom akademiyasining katta o'qituvchisi, xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi O'razova Ra'no Toshpo'latovna, O'zbekiston milliy universiteti dosenti, falsafa fanlari nomzodi Ortiqov Muzaffar Abduraхmanovichlarga berdi.Ma'ruzachilar o'z nutqlarida, ko'tarilgan kun tartibidagi mavzuning naqadar dolzarbligi, hozirgi kunda har bir inson o'z yurti ravnaqi, istiqboli, taraqqiyoti uchun mas'ul ekanligi, uning yuksalishiga kichkina bo'lsada o'z hissasini qo'shishi kerakligini ta'kidlab o'tdi.Ma'ruzachilar kitobning mazmun mohiyati, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasinining 7 ta ustuvor yo'nalishlari ustida to'хtalib, har bir yo'nalish haqida atroflicha tushuncha berdilar.Ma'ruzachilar byuro хodimlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil va to'liq javob qaytardilar. O'tkazilgan tadbir o'zining dolzarbligi, qolaversa, ma'ruzachilarining mazmunli suhbatlari bilan хodimlar ongida zo'r taassurot qoldirdi.
Byuro boshlig'i A.Kayumov tadbir mehmonlariga mazmunli suhbatlari uchun minnatdorchilik bildirib, esdalik sovg’alarini topshirdi.


Yüklə 252,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə