Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Tushunchalarni bolishning maqsadi va tuzilishi



Yüklə 252,3 Kb.
səhifə26/29
tarix30.12.2023
ölçüsü252,3 Kb.
#164164
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
30 talik mavzular

Tushunchalarni bolishning maqsadi va tuzilishi
Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari.Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida til orqali ifodalanadi. Tushunchaning mohiyatini bilish uchun uning nom va so‘z bilan qanday bog‘liqligini aniqlab olamiz.
Inson buyum va hodisalar haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun ularning nomlarini bilishi zarur. Olamdagi barcha jonli va jonsiz mavjudotlarning, voqea va hodisalarning nomi bor. Nomlar bilish va muloqotning zaruriy vositasidir. Buyum va hodisalarning nomi tilni mavjud voqelik bilan bog‘lab turadi. Faraz qiling, olamdagi hech bir narsaning nomini bilmasak, ular haqida tushunchaga ega bo‘lishimiz, fikr yuritishimiz mumkinmi?Nom nima? U tushuncha bilan aynanmi?
Nom alohida predmetni yoki predmetlar gruhini belgilovchi til ifodasidir. Masalan: “Amur Temur” so‘zi temuriylar davlatining asoschisi bo‘lgan buyuk bobokalonimizning nomini bildiradi; “o‘qituvchi” so‘zi bilim beruvchi insonni, “qizil”so‘zi esa barcha buyumlardagi qizil rangni ifodalaydi. Nom tushuncha bilan aynanmi yoki yo‘qmi degan savolga javob berish uchun quyidagi rivoyatni taxlil qilamiz: Qadimda bir podsho “Hech kim bilmagan, hech kim ko‘rmagan g‘aroyib narsani topib kelgan yoki uning suratini chizgan odamga yarim davlatimni beraman”- deb farmon chiqaribdi. Odamlar g‘aroyib narsani topish uchun rosa harakat qilishibdi. Turli jismlarni, mavjudotlarning qismlarini birlashtirib hech kim bilmagan, hech kim ko‘rmagan narsani yasashga, suratini chizishga harakat qilishibdi. Lekin bu ishning uddasidan chiqa olishmabdi. Chunki ular yasagan, chizgan narsalarining o‘z nomi bo‘lmasa ham, bu narsalardagi qismlarning nomi (masalan, it boshli odam) bor ekan. Buyum va hodisalarga inson nom qo‘yadi va nom tufayli ular haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, nom til ifodasi bo‘lsa, tushuncha tafakkur shaklidir. Tushuncha buyum va hodisalarning umumiy, muhim va farq qiluvchi belgilarini bir butun, yaxlit xolda aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Buyum va hodisalarning belgilari muloqot va fikr yurtish jarayonida biror predmetning vakili sifatida xizmat qiladigan belgilardan farq qiladi. Buyum va hodisalarning belgilari predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga o‘xshashligini ifoda qiluvchi xususiyatlar va munosabatlarni ifodalovchi belgilardir. Masalan, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish faqat insonga xos belgidir. Boshqa tirik mavjudotlar bunday faoliyat bilan shug‘ullanmaydilar.
Buyum va hodisalarning belgilari umumiy, muhim, farq qiluvchi turlarga bo‘linadi. Bir sinfga mansub bo‘lgan hamma predmetlarga xos bo‘lgan belgilar – umumiy belgilardir. Insonlar sinfi uchun qaddini tik tutib yurish, kulish va b. shunday belgilarga misol bo‘ladi. Biror belgining o‘zgarishi yoki yo‘q bo‘lishi tushunchaning ham o‘zgarishi yoki yo‘q bo‘lishiga olib keladigan belgi muhim hisoblanadi. Inson uchun aqllilik (tafakkur qilish) muhim belgidir. Farq qiluvchi belgi predmetni o‘ziga o‘xshash boshqa predmetlar orasidan tanib olishga imkon beruvchi belgidir. Masalan, har bir inson o‘ziga xos individual belgilari bilan boshqalardan ajralib turadi. Demak, tushuncha ma’lum belgilariga ko‘ra bir to‘plamga birlashgan predmetlarning birligini ifodalaydi.Tushuncha so‘z bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘rtasidagi aloqadorlik tafakkur va til o‘rtasidagi bog‘lanishning konkret tarzda namoyon bo‘lishidir.

Yüklə 252,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə