Educational materials


 Loyiha bo’yicha texnik hujjatlar kompleksini ishlab chiqish



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   231
Educational materials

15.4. Loyiha bo’yicha texnik hujjatlar kompleksini ishlab chiqish 
(chizmalar, tushuntirish xatlari, investitsiya loyihasining biznes-rejasi va 
loyihani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan boshqa materiallar). 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2018-yil 
20-fevraldagi 
“Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish 
tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PQ-3550-sonli qarorining 
1-ilovasiga muvofiq, “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi 
va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o‘tkazish va 
tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” ishlab chiqilgan.
Mazkur 
Nizomning 2-
ilovasida loyiha uchun TIA/TIHK ishlab chiqishga texnik topshiriq quyidagi jadval 
shaklida berilgan. 
15.1-jadval. 
Loyiha uchun TIA/TIHK ishlab chiqishga texnik topshiriq
19
 
 
T/r 
Asosiy ma’lumotlar va 
talablar ro‘yxati 
Asosiy ma’lumotlar va talablar mazmuni 

Loyiha TIA/TIHKni 
ishlab chiqish uchun 
asos. 
Hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan hujjat/hujjatlarning (O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlari, bayonnomalar, shartnomalar, 
bitimlar va boshqalar) nomi ko‘rsatiladi. 

Tashabbuskorning 
nomi. 
Loyiha tashabbuskorining to‘liq nomi va rekvizitlari ko‘rsatiladi. 

Loyiha tashkilotining 
nomlanishi. 
Muayyan tashkilotni belgilash bo‘yicha yo‘riqnoma hujjatlari mavjud bo‘lgan 
taqdirda, ushbu bandda loyiha tashkilotining to‘liq nomi (yo‘riqnoma hujjati 
ko‘rsatilgan holda) keltiriladi. Tegishli yo‘riqnoma hujjati mavjud bo‘lmagan 
taqdirda, ushbu bandga “tanlov asosida aniqlanadi” deb yoziladi. 

Loyihaning hisob-kitob 
qilingan umumiy 
qiymati. 
Loyihaning yo‘riqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, 
qarorlari asosidagi taxminiy qiymati ko‘rsatiladi. Shuningdek, xarid 
qilinayotgan uskunalarning maqbul variantini tanlash, investitsiya davridagi 
moliyaviy xarajatlar va loyihaning boshqa xarajatlari bo‘yicha tahlillar asosida 
chegaralangan eng ko‘p qiymatni aniqlash to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi. 

Qurilish turi. 
Qurilish turi ko‘rsatiladi (yangi qurilish, rekonstruksiya, modernizatsiya, 
19
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va 
kontraktlarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PQ-3550-sonli 
qarorining 1-ilovasi 


kengaytirish, kapital ta’mirlash). 

Navbatlar, ishga 
tushirish majmualari, 
qurilish bosqichlarini 
ajratib ko‘rsatish. Bir 
vaqtning o‘zida 
loyihalashtirish va 
qurish. 
Navbatlar, ishga tushirish majmualari, qurilish bosqichlarini ajratib ko‘rsatish 
to‘g‘risidagi talablar ko‘rsatiladi. Bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish va qurilish 
amalga oshirilganda uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror sanasi va ro‘yxatga olish 
raqami ko‘rsatiladi. 

Korxona tarkibi. 
Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda korxonaning tarkibi: asosiy va 
yordamchi bino va inshootlarning dastlabki ro‘yxati, ularga qo‘yiladigan texnik-
texnologik talablar, asosiy ko‘rsatkichlari ko‘rsatiladi. 

Ishlab chiqarish 
kooperatsiyasi va 
korxona infratuzilmasi. 
Korxonaning sherik korxonalar bilan hamkorlikdagi faoliyati, shuningdek uning 
infratuzilmasi tarkibi ko‘rsatiladi. 

Ishlab chiqariladigan 
mahsulotlar (xizmatlar) 
nomenklaturasi. 
Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
(xizmatlar) nomenklaturasi ko‘rsatiladi. 
10 
Korxonaning ishlash 
tartibi. 
Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda obyektning yil davomidagi ish bilan 
ta’minlanganlik darajasi, ish smenalari ko‘rsatiladi. 
11 
Loyihaning ko‘lami va 
quvvati. 
Yo‘riqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosida 
loyihaning ko‘lami va quvvati ko‘rsatiladi. Shuningdek, marketing tadqiqotlari 
asosida loyiha quvvatini aniqlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. 
12 
Loyiha amalga 
oshiriladigan joy. 
Loyihani amalga oshirish joyi to‘g‘risidagi aniq maa'lumot ko‘rsatiladi. 
13 
Loyihaning maqsadi va 
vazifalari. 
Loyihaning maqsadi va vazifalari aniq, shu jumladan miqdoriy ko‘rsatkichlarda 
bayon qilinadi. 
14 
Loyihani amalga 
oshirish davri. 
Yo‘riqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosida 
loyihani amalga oshirish mo‘ljallanayotgan davr to‘g‘risidagi ma’lumot 
ko‘rsatiladi. 
15 
Moliyalashtirish 
manbalari. 
Ko‘zda tutilayotgan moliyalashtirish mfnbalari (tashabbuskorning o‘z 
mablag‘lari, budjet mablag‘lari, bank kreditlari va boshqalar) ko‘rsatiladi. 
16 
Qurilishning alohida 
shart-sharoitlari. 
Qurilish maydoni (trassasi)ning xususiyatlari (seysmologik bardoshliligi, tuproq 
turi, suv va tuproq balandligi va boshqalar) ko‘rsatiladi. 
17 
Loyihani amalga 
oshirish shakllari. 
Loyihaning har bir bo‘limida loyiha maqsadlariga erishishning barcha ehtimoliy 
yo‘llari bo‘yicha qiyosiy tahlil o‘tkazish vazifasini qo‘ygan holda, ushbu 
maqsadlarga erishish yo‘llari (texnologik, moliyalashtirish sxemalari bo‘yicha, 
ishlar xususiyatlari bo‘yicha va boshqalar) ko‘rsatiladi. 
18 
Loyihani moliyaviy 
asoslantirishga 
qo‘yiladigan talablar. 
Moliyaviy asoslantirish asosli ishlab chiqarish xarajatlari va savdo tushumidan 
kelib chiqqan holda bajarilishi lozim. Bunda, soliq kodeksi va normativ-
huquqiy hujjatlarga muvofiq soliqqa tortishning amaldagi barcha stavkalariga 
tayanish zarur. Shuningdek, asoslantirilgan moliyaviy hujjatlarni taqdim etgan 
holda, korxona moliyaviy ahvolining to‘liq tahlili hamda barcha birlamchi 
moliyaviy ma’lumotlarning dalillari kiritilishi, qabul qilingan standartlarga 
muvofiq keluvchi hisoblash metodikasini qo‘llash talab etiladi. 
19 
Loyihani iqtisodiy 
asoslantirishga 
qo‘yiladigan talablar. 
Iqtisodiy asoslantirish loyihaning iqtisodiy samaradorligini, xususan, tarmoq, 
hudud va umuman, milliy iqtisodiyot uchun iqtisodiy foydani aniq aks ettirishni 
inobatga olgan holda bajariladi. Shuningdek, loyihaning tarmoqqa ta’siri, uning 
iqtisodiyot uchun ijobiy samarasini asoslantirish, ehtimoliy iqtisodiy xavf-
xatarlar, ularning darajalari va bu xavf-xatarlarni kamaytirish chora-tadbirlarini 
ko‘rsatish kerak bo‘ladi. 
20 
Loyihaviy yechimlar 
uchun qo‘yiladigan 
asosiy talablar. 
Loyihalashtirish obyektiga qarab, loyihaning shaharsozlik, arxitektura-
rejalashtirish, konstruktiv, texnologik va boshqa yechimlariga qo‘yiladigan 
talablar ko‘rsatiladi. Shuningdek, loyiha xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
texnologik va muhandislik uskunalar, atrof muhitni muhofaza qilish, sanitar-
epidemiologik va boshqalarga qo‘yiladigan talablar ham ko‘rsatiladi. 
21 
Izlanish ishlarini olib 
borish. 
Loyiha xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, muhandislik tadqiqotlari 
(muhandislik geologiyasi, gidrogeologiya, topografik s’yomkalar va boshqalar) 
o‘tkazish zarurati ko‘rsatiladi. 
22 
Obodonlashtirish va 
rekultivatsiya bo‘yicha 
Hududni obodonlashtirish, ko‘chatlar o‘tqazish, ichki yo‘llar, piyodalar 
yo‘lkalari, avtomobil to'xtash joylari va boshqalarni qurish, shuningdek, yerlarni 


talablar. 
chopiq qilish bo‘yicha talablar keltiriladi. 
23 
Loyihalashtirishning 
alohida shartlari. 
Amalga oshirilayotgan loyihaning xususiyatlari va o‘ziga xosligidan kelib 
chiqib, loyihalash tashkilotiga qo‘yiladigan talablar aks ettirilishi lozim. 
24 
Loyihalashtirishga 
qo‘yiladigan talablar.
Loyiha TIA/TIHK O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-
fevraldagi PQ-3550-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiyaviy va 
infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, 
kompleks ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 3-
ilova talablariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
25 
Narxni shakllantirish 
bo‘yicha talablar. 
Loyihaning ko‘rib chiqilayotgan variantlari chegaralangan qiymatini hisoblash 
(yaxlitlangan normativlar, shu kabi obyektlar bo‘yicha narx ko‘rsatkichlari va 
boshqalardan foydalanish) bo‘yicha talablar ko‘rsatiladi. 
26 
Loyiha TIAni ishlab 
chiqish muddatlari. 
Loyihalashtirish xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab 
loyihani ishlab chiqishning aniq muddatlari (oy) ko‘rsatiladi. 
27 
Ish natijalarini taqdim 
qilish bo‘yicha talablar. 
Loyihaning ishlab chiqilgan TIA/TIHKni ___ nusxada chop etilgan shaklda va 
1 nusxa tahrir qilinadigan elektron shaklda tashabbuskorga taqdim qilish lozim. 
Ma’lumotlar hajmiga qarab loyiha bo‘limlari bir kitobga birlashtirilishi yoki 
alohida kitoblar shaklida tayyorlanishi mumkin. 
28 
Birlamchi hujjatlar 
ro‘yxati. 
Loyiha TIA/TIHKni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan, ishlab chiquvchining 
talabi bilan tashabbuskor tomonidan mazkur texnik vazifaga ilova ko‘rinishida 
beriladigan barcha birlamchi hujjatlar. 
Qayd etilgan nizomning 3-ilovasida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab 
chiqish variantlari sxemasi berilgan (15.1-rasm). 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə