Educational materials


-rasm. Loyihani investitsiyalash bosqichi



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   231
Educational materials

16.5-rasm. Loyihani investitsiyalash bosqichi
26
 
Masalan: kichik biznes rejalarida «Bozor tahlili» va «marketing tahlili», 
shuningdek, «Mahsulot» va «Texnologiya» bo’limlarini birlashtirish mumkin. 
26
Iqtisodiy adabiyotlarni o’rganish asosida muallif tomonidan tuzildi. 


Kichik biznes – rejasida raqam amallari ustunlik qilishi mumkin, kengaytirilgan 
biznes – rejada esa olingan va olinadigan ko’rsatkichlar tahlilida og’zaki 
yondashishga ko’proq e’tibor qaratiladi. 
Korxonani rahbari yoki menedjeri biznes – rejani ishlab chiqarishning aniq 
sxemasi, uning tartibi va bayoni, xajmi, axborot ustunligini tanlashda quyidagi 
omillarga alohida etibor berishi kerak bo’ladi:
- korxona statusi va katta - kichikligi (kichik biznes); 
- rejalashtirish faoliyatining bosqichlari (biznes boshlanishi, ya’ni, yangi 
ishlab turgan korxona faoliyatining davomi); 
- rejaning maqsadli yo’nalishi (asosan ichki ishlarga yoki qarz va sarmoya 
olishga); 
- biznes xususiyati va qiyinchiligi, xuddi shunday u yoki bu masalalarni 
ishlab chiqishdagi iborasi;
- kerakli ma’lumot va axborotni borligi; 
- boshqa mutaxassislarning yordamiga muhtojligi va boshqalar; 
2. Investitsiyalash fazasi.
Bu fazada investorlarga investitsiyalsh hajmi va 
muddatlarini aniqlash imkonini beruvchi strategik rejali qarorlarni, shuningdek, 
loyihani moliyalashtirishning optimal rejasini ishlab chiqish amalga oshiriladi 
(loyihalashtirish, pudrat asosida qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun 
shartnomalar imzolash va qurilish-montaj ishlarini olib borish, kapital 
qo’yilmalarni amalga oshirish). 
Loyihani investitsiyalash bosqichida bajariladigan ishlarni 16.5-rasm orqali 
ifodalash mumkin. 
3. Ishlab chiqarish (operatsion) fazasi.
Korxona xo’jalik faoliyatining 
yuritilishi. Bunda xom ashyo va materiallar sotib olish, ishlab chiqarishni amalga 
oshirish, mahsulotni bozorga olib chiqish, marketing izlanishlarini olib borish
raqobatchi, iste’molchilar tarkibi va munosabatlarining o’zgarishi omillarini 
o’rganish, yangi bozorlarni kashf etish, reklama vositalarini kuchaytirish tadbirlari 
kabilar amalga oshiriladi (yangi mahsulot, to’lov qobiliyati, sifat va baho 
o’zgarishi, korxona imidji, korxona mahsulotlari qalbakiligi to’g’risida axborot). 
Bu fazada hamkorlar bilan bevosita va o’zaro hisoblashish amaliyoti yuz 
beradi va shunga bog’liq holda ishlab chiqarish tashkil etiladi va uning natijalariga 
ta’sir ko’rsatiladi (jumladan, mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xaridorlar
vositachilar, davlat, ta’sischilar, tijorat banki, sug’urta kompaniyasi va shu kabilar 
bilan). Buning oqibatida mazkur investitsiya loyihasining moliyaviy va iqtisodiy 
samaradorligini baholash imkonini beruvchi pul oqimi va uning harakati yuzaga 
keladi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə