Educational materials


-mavzu. O’zbekistonda xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   231
Educational materials

17-mavzu. O’zbekistonda xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-
huquqiy shakllari 
 
Reja: 
17.1.
Xususiy korxona va uni ochish uchun qo’yiladigan talablar.
17.2.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va qo’shimcha mas’uliyatli 
jamiyatlar.
17.3.
O’zbekistonda aktsiyadorlik jamiyatlari va ularga qo’yiladigan 
talablar.
17.4.
Oilaviy korxona va tashkil etishning afzalliklari. 
Tayanch iboralar: 
Xo’jalik yurituvchi subyektlar, xususiy korxona, 
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar va qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, 
aktsiyadorlik jamiyatlari, oilaviy korxona. 
17.1.
 
Xususiy korxona va uni ochish uchun qo’yiladigan talablar. 
O‘zbekiston Respublikasida xususiy korxonalarning tuzilishi, faoliyati, 
qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi munosabatlar 2003-yil 11-
dekabrdaqabul qilingan 558-II-sonli “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonun 
asosida tartibga solinadi. Mazkur qonunning 3-moddasida: “Mulkdor yagona 


jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy 
korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-
huquqiy shaklidir. 
Xususiy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan 
mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga 
oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. 
Xususiy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-
mulk bilan javob beradi. 
Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan 
taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk 
bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi” deyilgan. 
Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va qisqartirilgan 
firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Xususiy korxonaning to‘liq firma nomi uning 
to‘liq nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. 
Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma nomi uning qisqartirilgan nomini va 
“xususiy korxona” degan so‘zlarni yoki “XK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi 
kerak. 
Xususiy korxona O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank hisobvaraqlari ochadi. 
Xususiy korxona o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va 
xususiy korxonaning joylashgan yeri ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘lishga haqli. 
Muhrda bir vaqtning o‘zida uning firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi 
mumkin. 
Xususiy korxona o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va 
blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, 
ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli. 
Xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-
mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. 
Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilangan 
bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. 
Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik 
shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida o‘zgacha tarzda 
ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga haqli. 
Xususiy korxonaning ta’sis hujjati uning ustavidir. Xususiy korxonaning 
ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 
-
korxonaning firma nomi; 
-
uning joylashgan yeri va pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
-
asosiy faoliyat turlarining ro‘yxati; 
-
mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi
-
ustav fondining miqdori. 
Xususiy korxonaning ustavi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa 
qoidalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. 


Xususiy korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik 
shaxs maqomiga ega bo‘ladi. 
Xususiy korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda, ya’ni Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son 
qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
tartibi to‘g‘risida nizom”ga asosan amalga oshiriladi. 
O'zbekistonda xususiy korxonani ro'yxatdan o'tkazish xizmatiga quyidagilar 
kiradi: 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə