|
![](/i/favi32.png) Educational materialsEducational materialsmaqsadi va vazifalari.
Loyihani amalga oshirishni boshlashdan to uni tugatish oralig’idagi davr
investitsiya jarayoni deb ataladi. Investitsiya jarayonini 4 ta bosqichga (fazaga)
bo’lish mumkin va ularning har birining o’z maqsad va vazifalari bor:
1. Investitsiya oldi bosqichi. Investitsiya loyihasi bo’yicha dastlabki
izlanishlardan, to uni amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilunguncha bo’lgan
davr.
2. Investitsiyalash fazasi. Loyihalashtirish pudrat asosida qurilish-montaj
ishlarini olib borish uchun shartnomalar imzolash va qurilish montaj ishllarini olib
borish.
3. Ishlab chiqarish fazasi. Korxona xo’jalik faoliyatining yuritilishi.
4. Likvidatsiya fazasi. Korxonaning tugatilishi.
Investitsiya oldi va investitsiyalash bosqichi investitsion loyihalashtirishga,
ishlab chiqarish bosqichi esa maxsus tashkiliy tartib qoidalariga (ishlab chiqarish
va mehnatni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, tahlil, menedjment va
boshqalar) taalluqlidir.
Sanoatga taalluqli bo’lgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga
oshirish yuqorida ta’kidlab o’tilgan uchta bosqichdan iborat jarayon tariqasida
taqdim etilishi mumkin. Ularning har biri maslahat berish, loyihalashtirish, ishlab
chiqarish kabi faoliyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda loyiha tsiklining bosqichlari muhim
axamiyatga ega. «Loyiha tsikli» tushunchasiga loyihani ishlab chiqish va uni
amalga oshirishning turli bosqichlari kiradi. Loyiha tsiklining boshlang’ich va
tugallanish davrlari, g’oyadan to uning moddiy qiymatga ega bo’lganga qadar
davrlarni o’z ichiga oladi. Har qanday investitsiya loyihasini g’oyalarining paydo
bo’lishidan, to uni amalga oshirish uch xil fazani o’z ichiga oladi va bu 3 ta faza
investitsion loyiha hayotiyligi tsiklini tashkil etadi (project lifetime).Ko‘chmаs
mulkkа tаbiiy hаyotiyliik sikli tushunchаsi biоlоgik fаnlаrdаn kirib kеlgаn vа tirik
оrgаnizmlаr to‘g‘risidаgi bilimlаrdаn kеlib chiqаdi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|