Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72

67
Biosfera
tarkibi va
chegaralari
rasi 50 km.gacha davom etadi. 20—25 km balandlikda ozon qat-
lami joylashgan bo‘lib, u Yerni koinotning tirik organizmlar uchun
halokatli bo‘lgan ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Yerning
koinot bilan modda almashinuvi atmosfera orqali amalga oshadi:
koinotdan kosmik changlar va meteoritlar kirib keladi; unga yengil
gazlar — vodorod va geliy chiqariladi.
Atmosferaning asosiy qismini azot (78 %), kislorod (20,95 %),
argon  (0,93  %)  va  karbonat  angidrid  (0,03  %)  gazlari  tashkil
etadi.  Qolgan  tarkibiy  qismlar:  metan,  vodorod,  azot  oksidi  va
boshqa gazlar juda kam ulushga ega.
Atmosfera    bir  necha  qatlamlardan  iborat  (pastdan  yuqoriga):
troposfera, stratosfera, mezosfera, ionosfera (termosfera) va ekzosfera.
Yer  tabiiy  muhitining  shakllanishida  troposfera  (atmosfera-
ning qutblarda 8—10 km, mo‘tadil kengliklarda 10—12 km, tro-
pik  kengliklarda  16—18  km  balandlikda  joylashgan  quyi  qismi)
juda muhim ahamiyat kasb etadi. Òroposferada havo oqimlari-
ning harakati tufayli suv va issiqlik almashinuvi ro‘y beradi.
Atmosfera, gidrosfera va litosfera o‘rtasida bir-birini taqozo qiluvchi
va o‘zaro shartlangan mustahkam aloqalar o‘rnatilgan. Biosferada
kechadigan barcha jarayonlar amalda ular bilan bog‘langan.
Biosfera  —  umumiy  ekologik  tizim  (eko-
sfera)  bo‘lib,  istalgan  ekotizimlar  kabi  abiotik
va biotik tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.
Biosferaning abiotik tarkibiy qismlari tuproq,
atmosfera havosi va suv muhitini, biotik tarkibiy
qismlari esa barcha biologik birliklarga mansub bo‘lgan tirik organizmlar
majmuyini o‘z ichiga oladi. Biosfera va tiriklikning mazmun-mohiyati
aynan shu biotik tarkibiy qism bilan tavsiflanadi.
Òirik organizmlar biosferaning tarkibiy qismlari bilan o‘zaro
mustahkam bog‘langan (6.1-rasm). Zero, biosfera nuqtayi naza-
ridan tirik moddalar — tirik organizmlarning umumiy soni muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, olimlarning hisobiga ko‘ra, uning massasi
2420 mlrd tonnani tashkil etadi.
Biosferaning chegaralari past bosim va sovuq hukmronlik qila-
digan atmosferaning yuqori qatlamlaridan bosimi 12 ming atm
bo‘lgan okean cho‘kmalariga qadar davom etadi (6.2-rasm).


68
6.1-rasm. Òirik organizmlar biosfera tarkibiy qismlari bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Quyosh
nuri
AVTOTROFLAR
(yashil o‘simliklar)
Litosfera
Tuproq
Atmosfera
Gidrosfera
GETEROTROFLAR
(hayvonlar va
mikroorganizmlar)
6.2-rasm. Biosfera chegaralari.
Ozon qatlami
50 000
20 000
10 000
2 000
1 000
100
10
metr 0
–1
–10
–100
–1 000
–10 000
ATMOSFERA
B I O M A S S A
GIDROSFERA
LITOSFERA
6.2-rasmda aks ettirilgan biosfera chegaralari doirasida tirik orga-
nizmlarning turli guruhlariga mansub bo‘lgan mikroorganizmlar,
hayvon zotlari va o‘simlik navlari turli biologik uyushmalar — biotse-
noz, biogeotsenoz va ekologik tizimlar tarkibida notekis tarqalgan.


69
Tabiatda moddalar
aylanishi
6.3-rasm. Òabiatda moddalarning katta aylanma harakati.
Yerning  ichki  energiyasi
Quyosh energiyasi
Magmatik
jinslar
Magmatik
jinslar
Cho‘kindi
jinslar
Shakl o‘zgarishi
Metamorfik
jinslar
Erish
Nurash, ko‘chish,
cho‘kish, toshga
aylanish
Magma
Kristallanish
Biroq biomassaning asosiy miqdori gidrosferaning eng yuqori,
litosferaning eng ustki (tuproq), atmosferaning eng quyi qismlari
tutash hududlarda joylashgan.
Òabiatda  ikki  xil  moddalar  almashinuvi
mavjud: katta (geologik) va kichik (biogeo-
kimyoviy).
Òabiatda  moddalarning  katta  aylanma
harakati Quyosh va Yer qa’ridagi energiyaning o‘zaro ta’sirlashuvi
orqali  ro‘y  berib,  moddalarni  biosfera  bilan  Yerning  chuqur
qatlamlari  o‘rtasida  qayta  taqsimlaydi.  Masalan,  yer  po‘stining
harakatchan qismlarida ilgari paydo bo‘lgan moddalar — magmatik
jinslar turli omillar ta’sirida yemirilib, cho‘kindi jinslarga aylanadi;
bu  jinslar  yer  po‘stida  yuqori  bosim  va  harorat  ta’sirida  qayta
o‘zgarishga  uchrab,  metamorfik  jinslarga  aylanadi;  ular  yerning
ichki energiyasi ta’sirida qayta erib, magma hosil qiladi  va yer
yuzasiga  chiqib,  yangi  magmatik  jinslarga  aylanadi.  Bu  jarayon
uzluksiz ravishda davom etadi (6.3-rasm).
6.3-rasmda aks ettirilgan tabiatda moddalar katta aylanma
harakatining belgisi doira shaklida emas, balki burama chiziq
ko‘rinishida. Bu yangi moddalar aylanishi jarayoni eskisini ay-
nan takrorlamasligiga ishoradir.


70
Òabiatda suv aylanishi ham katta aylanma harakat hisoblanadi.
Bu  harakat  quruqliklar  bilan  okean  o‘rtasida  atmosfera  orqali
amalga oshadi. Xususan, quyosh energiyasi tufayli dunyo okeani
yuzasidan bug‘langan namlik havo oqimlari — shamollar ta’sirida
quruqlikka siljiydi va atmosfera yog‘inlari ko‘rinishida yer yuzasiga
yog‘adi. Keyin relyef shakllariga muvofiq yerusti va yerosti suvlari
shaklida okean hamda dengizlarga qaytadi. Olimlarning hisobiga
ko‘ra, tabiatda suv aylanishida yiliga 500 ming km
3
 suv ishtirok etadi.
Òabiatda moddalarning kichik aylanma harakati (biogeokimyo-
viy harakat) moddalarning katta aylanma harakatidan farq qilgan
holda biosfera miqyosida amalga oshadi. Uning mohiyati fotosin-
tez  jarayonida  anorganik  moddalardan  organik  moddalar  hosil
bo‘lishi va organik moddalarning parchalanishi tufayli yana anor-
ganik moddalar paydo bo‘lishi bilan izohlanadi.
Moddalarning kichik aylanma harakati biosfera uchun mu-
him hisoblanib, hayotning davom etishini ta’minlaydi. Òirik mod-
dalar paydo bo‘lib, o‘zgarishlarga uchrab va nobud bo‘lgan holda
hayot  davomiyligini  qo‘llab-quvvatlaydi  hamda  moddalarning
biogeokimyoviy aylanishini ta’minlaydi.
Òabiatda energiya almashinuvining bosh manbayi quyosh nuri
bo‘lib,  u  fotosintezni  vujudga  keltirgan.  Quyosh  energiyasi  yer
yuzasiga bir xil tushmaydi. Masalan, Arktika hududlariga ekva-
torga nisbatan uchdan bir qism miqdorida issiqlik tushadi. O‘z-
bekiston tabiatdagi barcha rang-baranglik qamrab olingan, to‘rt
faslga ega quyoshli zaminda joylashgan ajoyib o‘lka hisoblanadi.
Bir qator ekologik tizimlarda modda va energiyaning ko‘chishi
organizmlarning trofik zanjiri vositasida amalga oshadi. Bunday
aylanma harakat ko‘pincha biologik aylanma harakat deyiladi.
Bu harakat, yuqorida ta’kidlanganidek, kichik miqyoslarda yopiq
ko‘rinishda amalga oshadi.
Biosfera miqyosida biogeokimyoviy harakat amal qilib,  makro
va mikroelementlar hamda oddiy organik moddalarning atmo-
sfera, gidrosfera va litosfera moddalari bilan birgalikdagi ayla-
nishi ro‘y beradi. V.I. Vernadskiy ayrim moddalarning aylanishini


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə