Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72

74
tuzilishga  ega  bo‘lgan  maydonlar  (yerlarning  buzilishi,  sanoat
chiqindilari bilan ifloslanishi va h.k.);
• yirik sanoat majmualarining muhitga ta’siri natijasida hosil
bo‘lgan industrial landshaft ham shu turga kiradi; shahar land-
shafti — binolar, ko‘chalar, istirohat bog‘lari qurilgan maydon.
Muayyan  hududlardagi  o‘simlik  va  hayvonot  turlari  maj-
muyi  —  biom  nuqtayi  nazaridan  biosferaning  tabiiy  ekotizimlari
quyidagicha tasniflanadi:
I. Quruqlik biomlari:
• Arktika va Alp tundrasi;
• ignabargli o‘rmon;
• mo‘tadil mintaqadagi bargi to‘kiladigan o‘rmon;
• mo‘tadil mintaqa dashti;
• tropik dasht va savanna;
• chaparral (qishi yomg‘irli va yozi quruq hududlar);
• o‘t-o‘lanli va butali cho‘l;
• yarim doimiy yashil tropik o‘rmon;
• doimiy yashil tropik yomg‘irli o‘rmon.
II. Suv biomlari:
a)  chuchuk  suv  ekotizimlari:  sokin  suv  ekotizimlari  (ko‘l,
hovuz  va  h.k.);  oqar  suv  ekotizimlari  (daryolar,  irmoqlar,  bu-
loqlar); botqoqlik ekotizimlari (botqoq, botqoqlashgan o‘rmon);
b)  dengiz  ekotizimlari:  ochiq  okean  ekotizimi;  qirg‘oqbo‘yi
ekotizimi;  baliq  ovlanadigan  hududlar  ekotizimi;  ko‘rfaz,  bo‘-
g‘oz va daryo manbayi ekotizimlari.
Yuqorida ta’kidlanganidek, biosferada qu-
ruqlik biomlarining o‘ndan ortiq turi farqlanadi.
Quyida o‘t-o‘lanli va butali cho‘l biomlari ha-
qida fikr yuritiladi.
O‘t-o‘lanli va butali cho‘l ekotizimlari O‘zbekiston hududining
aksariyat qismini tashkil etadi.  Cho‘lning asosiy mezoni — yiliga
200—250  mm.dan  kam  yog‘in  yog‘ishi  va  ochiq  suv  yuzasidan
yiliga 1000 mm.dan ortiq bug‘lanish sodir bo‘lishidir.
Cho‘lda  asosan  bo‘z  va  oqish-qo‘ng‘ir  tuproqlar  keng  tar-
qalgan.  Cho‘llar  paydo  bo‘lgan  jinslariga  ko‘ra,  gilli,  sho‘rxok,
qumli va toshloq cho‘llarga ajratiladi.
Cho‘l
ekotizimlari


75
Cho‘lda, asosan, kserofill o‘tlar, chala buta, sukkulent va efe-
mer o‘simliklar o‘sadi. Hayvonlari (kiyiklar, ayrim qushlar) asosan
to‘da bo‘lib hayot kechiradi va ular suvsizlikka yaxshi moslashgan
(tuyalar). Cho‘lda sug‘orish ishlarini amalga oshirmasdan dehqon-
chilik qilib bo‘lmaydi. Yetarli quyosh yorug‘ligi sharoitida sug‘orish
tizimini yo‘lga qo‘yish orqali cho‘ldan yaxshi hosil olish mumkin.
Cho‘l ekotizimining biologik mahsuldorligi past: sof birlamchi
mahsulot — 10—250 g/m
2
  (o‘rtacha 90 g/m
2
 ). Cho‘ldagi madaniy
yerlarda bu ko‘rsatkich 100—3500 g/m
2
 (o‘rtacha 2000 g/m
2
)ni
tashkil etishi mumkin.
O‘zbekistonda chuchuk suv ekotizimlari: sokin
suv ekotizimlari (ko‘l, hovuz va h.k.), oqar suv
ekotizimlari  (daryolar,  irmoqlar,  buloqlar)  va
botqoq ekotizimlari mavjud.
Odamlar  uchun  chuchuk  suv  ekotizimlari  katta  ahamiyatga
ega. Buning sabablari quyidagilar bilan izohlanadi:
1) mintaqada chuchuk suvning nihoyatda taqchilligi;
2) chuchuk suv maishiy va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
yagona manba ekanligi;
3) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida (paxtachilik, sholichilik
va h.k.) chuchuk suvdan keng foydalanish;
4) chiqindilarni qayta ishlashning qulay va arzon tizimi ekanligi;
5) tashqi muhit haroratini muvofiqlashtirib turishi va h.k.
Chuchuk  suv  muhitida  harorat,  tiniqlik,  oqim,  sho‘rlik  ka-
bilar asosiy cheklovchi omillar hisoblanadi. Suvda yashovchi hay-
vonlar suv harorati, tiniqligi va oqimiga nihoyatda ta’sirchan bo‘-
ladi. Shuningdek, suvdagi kislorod miqdori, biogen tuzlar (nitrat
va fosfatlar) ham cheklovchi omil bo‘lishi mumkin.
Chuchuk  suv  zootsenozining  asosini  baliqlar  tashkil  etadi.
Suvdagi tuzlar «organizm — suv» tizimiga katta ta’sir ko‘rsatadi va
uning miqdori yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yordan ortsa,
suv hayvonlari, xususan, baliqlar uchun halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Suv havzalarida oziqlanish zanjiri (produtsentlar, konsument-
lar,  redutsentlar)  faoliyati  yaxshi  rivojlangan  bo‘ladi.
Chuchuk suv
ekotizimlari


76
Suv organizmlarini ekologik nuqtayi nazardan va suv havza-
sida yashash joyi bo‘yicha quyidagicha tasniflash mumkin:
• bentos — suv havzasining serbalchiq tubida yashovchi orga-
nizmlar;
• perifiton  —  suv  ostidagi  do‘ngliklar,  suv  o‘simliklari  tanasi
va yaproqlariga mahkam yopishib yashaydigan organizmlar;
• plankton — suvda qalqib-suzib yashaydigan organizmlar;
• nekton  —  suvda  erkin  ko‘chib,  aralashib  yuradigan  orga-
nizmlar (baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar).
Quyosh yorug‘ligining suv havzasi tubigacha yetib borish ko‘r-
satkichi suv ekotizimlari faoliyatida muhim o‘rin tutadi.
Fotosintez jarayonlari natijasida quyosh nuri suv havzasining
tubigacha  yetib  boradigan  qirg‘oqbo‘yi  (litoral)  qismlarida  eko-
tizimlarning jadal rivojlanishi uchun qulay sharoit vujudga keladi.
Suvi oqar va tubi loysiz havzalarda perifiton hamda bentos-
ning  narsalarga  yopishib  yashaydigan  shakllari  ko‘proq  uch-
raydi.  Oqar  suv  ekotizimlarida  nekton  guruhiga  mansub  orga-
nizmlar  keng  tarqalgan.
Suv oziqa muhitidir. U katta zichlikka va kuchli bosimga ega
bo‘lib, quyosh nurini yutish xususiyatiga ega. Suv havzalarining
tuz rejimi, oqish tezligi va boshqalar organizmlar hayotida mu-
him  ahamiyatga  ega.  Suv  muhitida  yashaydigan  organizmlar
uning  umumiy  xususiyatlariga  moslashishi  lozim  bo‘ladi.  Suv
muhitida yashashga moslashgan organizmlar umumiy nom bilan
gidrobiontlar  deb  yuritiladi.
Suv zichligi organizmlarning unga «tayanish» imkonini beradi,
bu  ayrim  organizmlar,  masalan,  planktonlar  (bir  hujayrali  suv-
o‘tlari, meduzalar, molluskalar, mayda qisqichbaqa va baliqlar va
h.k.) uchun katta ahamiyatga ega. Planktonlar oqimga qarshi hara-
kat qila olmaydi, shuning uchun suv oqimi ularni uzoq masofa-
larga olib ketadi. Nektonlar esa suv oqimiga qarshi suzish, tikkasiga
harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, bir necha 10 metrdan ayrim
hollarda 100 metrgacha harakat qilishlari mumkin (baliqlar, delfinlar).
Kislorod  bilan  to‘yingan  suv  tarkibidagi  kislorod  miqdori
atmosferadagi  kisloroddan  21  marta  kam  bo‘ladi.  Shu  sababli


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə