Elektr yurituvchi kuch va uning ahamiyati


-§. Тexnik kimyoviy tok manbalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə18/22
tarix30.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#166394
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Elektr yuritu

2.6-§. Тexnik kimyoviy tok manbalari

Galvaniq elementlar kimyoviy tok manbalari sifatida quruq elementlar va akkumulyator ko’rinishida juda keng miqyosda qo’llanilmoqda. Тexnikada ishlatiladigan galvaniq elementlarga maxsus talablar qo’yiladi. texnik galvaniq elementlar arzon va sodda, o’zgarmas va yuqori qiymatli EYuKiga ega bo’lishi, uzoq vaqt ishlash va foydalanish uchun qulay bo’lishi kerak [31-34].


Quruq batareyalarda ishlatiladigan eng ko’p tarqalgan galvaniq elementlardan biri marganes-rux elementi hisoblanadi
ZnNH4CIMnO2
Bu elementlarda manfiy elektrod-sink, musbat elektrod esa ko’mir tayoqcha atrofida zichlashtirilgan marganes ikki oksidi hisoblanadi. Ikkala elektrod konsentrlangan ammoniy xlorid shimdirilgan kraxmal kleysterga va qirindi pastasiga tushiriladi
Zn + 2CI- = ZnCI2 + 2e-
marganes ikki oksidi esa qaytariladi
MnO2 +2NH4H2O 2e-  MnO 2NH4OH
EYuK hosil bo’ladigan yig’indi reaksiya quyidagi tenglama ko’rinishida ifodalanadi:
Zn MnO2  2NH4CI  H2O  ZnCI2 MnO  2NH4OH
Elektrod materiali sarflanib ketgandan keyin ularni qayta tiklash imkoniyati deyarli yo’q bo’lgani uchun marganes-rux galvaniq elementi noqulaydir. Bunday kamchilik akkumulyatorlarda mavjud emas, chunki bu xil galvaniq elementlarni qandaydir tashqi o’zgarmas tok manbaiga ulab (zaryadlab) olish faoliyatini qayta tiklash mumkin.
Qo’rg’oshin akkumulyator katta amaliy ahamiyatga ega. Unda qo’rg’oshin ikki oksidi musbat, qo’rg’oshin metali esa-manfiy elektrodlardir. Ikkala elektrodlar ham sulfat kislotaning 20-30% li eritmasiga tushirilgan. Akkumulyator ishlagan (razryadlangan)da quyidagi reaksiya boradi
Pb  PbO2  2H2SO4  2PbSO4  2H2O
manfiy elektrodda qo’rg’oshin oksidlanadi, musbat elektrodda esa to’rt valentli qo’rg’oshin ikki oksidi qaytariladi:
Pb-2e-  Pb2; Pb4  2e-  Pb2
Akkumulyatorlarni zaryadlashda ulardan teskari yo’nalishda o’zgarmas tok o’tkaziladi. Bunda razryadlanishdagi barcha jarayonlar teskari yo’nalishda boradi. qo’rg’oshinli akkumulyatorlar yetarlicha yuqori va turg’un EYuK ga ega bo’ladi. Ularning asosiy kamchiligi katta massaga ega bo’lishlaridadir.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə