|
Elektron biznes mazmun-mohiyati Freymvorklar
|
səhifə | 1/5 | tarix | 23.12.2023 | ölçüsü | 12,18 Kb. | | #155204 |
| 2-ma\'ruza. Harakat tayanch Harakat tayanch tizimi
Hayot faoliyati xavfsizligi bo'limi proffesori
Rasulova Marguba Ilhomovna
Reja: - Odam skeleti va uning asosiy vazifalari. Suyaklarning birikishi
- Bosh va tana skeleti ularning qismlari
- Qo’l va yelka kamari suyaklari
- Сhanoq va оyoq suyaklari
- Mushaklar haqida tushuncha
Skelet (grekcha skeletos – qurilgan) bir biriga qo’shuvchi to’qima va tog’ay bilan birlashtirilgan suyaklar yig’indisidir. Odamda 200 dan ortiq suyaklar mavjud. Skelet funksiyasi - organizmini tayanch qismi hisoblanadi, gavda shaklini saqlab turadi,
- o’ziga birikkan mushaklar bilan birga gavdaning harakatlantiradi,
- Suyaklar bir-biri bilan birikib, ichki organlar joylashadigan bo’shliqlar hosil qiladi va undagi organlarni himoya qiladi. M-n, bosh skleti (miya, ko’z va quloqlar); ko’krak qafasi (yurak, o’pka); chanoqda (jinsiy va siydik a’zolari).
- Skelet shakliga ko’ra bir necha xil bo’ladi:
1. Naysimon a) uzun (son, boldir, yelka, tirsak va bilak), b) kalta (qo’l va oyoq kafti bilan barmoq) suyaklari, 2. Yassi - kalla, kurak, chanoq, to’sh va qovuralar, 3. Aralash - umurtqalar, kaft usti va tovon suyaklari kiradi. Naysimon suyaklar ichida sariq ilik bo’ladi. Qizil ilik esa suyaklarning g’ovak (epifiz) qismida bo’ladi. Qizil ilikda qon hujayralari rivojlanadi. Suyaklar tarkibi O’sish 20-25 yoshda tugaydi. Bola yura boshlagach, umurtqa pog’onasining bo’yin va bel qismi oldinga (lordoz), ko’krak va dumg’aza qismi orqaga (kifoz) egiladi. Suyak tarkibida vitamin (A, D va C) bo’ladi. Yosh bolalarda kalsiy tuzlari va vitamin D yetishmasa, raxit kasalligi yuzaga keladi. Suyaklarda vitamin A yetishmasa, suyaklar haddan tashqari yo’g’onlashib, ichidagi bo’shliqlar kattalashib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|