8
Kirish
Elektr texnikada vujudga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish uchun
yangidan-yangi
materiallarni ishlab chiqarish, shu bilan birga mavjud materiallar
xossalarini uzluksiz takomillashtirib borish va ularning sifatini yaxshilash kerak
bo’ladi. Bu esa yangi texnologiya asosidagi yuqori
sifatli elektr texnika
materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni juda tez rivojlantirishni taqozo etadi.
Qo’yilgan maqsadga amaliy ravishda yondoshish uchun qo’llanishi mumkin
bo’lgan materiallarning kimyoviy, fizik va mexanik xossalarini
chuqur talqin eta
bilish kerak. Bunda fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlar, olingan
ma’lumotlarni talabalarga atroflicha yoritib berish zarur.
Zamonaviy elektr
texnikada qollaniladigan materiallarni tadqiq etish va yuqorida qayd etilgan
maqsadlarga erishish uchun ”Elektr texnika materiallari” kursi o’qitiladi.
Elektrotexnika materiallari - fani keng ma’noda elektr va magnit hodisalardan
amaliy maqsadlarda foydalanish usullarini о‘rganadigan fandir.
Xozirgi paytda elektrlashtirish asosida ishlab chiqarish protsesslarini
kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kengroq joriy qilinmoqda.
Elektrotexnologiya, ya’ni metallar olish
va ularga ishlov berishning
elektrotermik va elektrolitik usullari jadal rivojlanmoqda. Yildan-yilga
mashinalarning yangi-yangi avtomatik liniyalari, sexlar va zavod avtomatlar ishga
tushirilmoqda. Elektronika bu fanning bir necha о‘n yil oldin tashkil topgan yangi
sohasidir. Elektronika zaryadlangan zarrachalarning vakuumda, gaz
muhitida yoki
qattiq jismdagi harakatini hamda elektr kattaliklarni har xil о‘zgartirish yoki bir tur
energiyani ikkinchi tur energiyaga aylantirish maqsadida shu harakatlarni
boshqarish masalasini kо‘rib chiqadi. Bu fan elektrotexnik materiallarni о‘zini va
uning ichki tuzilishini bevosita yoritib beradi. Agar moddalar qanday va
nimalardan tuzilganligini bilmoqchi bо‘lsak,
har qanday modda juda mayda
zarrachalar – molekulalardan, molekulalar esa atomlardan tashkil topgan. Oddiy
moddalarda (mis, allyuminiy va hokazo) shu moddaning bir xil atomlaridan tashkil
topgan molekulalar bо‘ladi. Murakkab moddalarning
molekulalari esa har xil
9
ximiyaviy elementlarning atomlaridan tashkil topgan. Masalan: suv molekulasi
tarkibiga ikkita vodorod atomi va bitta kislorod atomi kiradi.
Elektr texnika materiallari fanida o’quvchilar e’tiboriga quyidagilar havola
etiladi va o’rganiladi: elektr texnika materiallarini o’rganish va tekshirish asoslari;
ularning
xossalari va tuzilishi; muayyan xossalari orqali materiallarni
elektrotexnikada ishlatishini aniqlash va amaliy jihatdan qo’llash.
Dostları ilə paylaş: