F. R. Abduraxmonov


Kasbiy tarbiyaning maqsadi



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə31/52
tarix06.10.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#125866
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
F. R. Abduraxmonov

Kasbiy tarbiyaning maqsadi. Bunda tarbiya - bu bolani ijti- moiylashuvining muhim tomonlaridan biridir. Та’limning diqqat markazida faqat insonning bilish jarayonlari, uning qobiliyatlari, bilimni o‘zlashtirishi, ko‘nikma va malakalami egallash yotsa, tar- biyada insonni shaxs sifatida shakllanishi, uning dunyoga boigan munosabati, shuningdek jamiyatga va insonlarga boigan munosa- batlarini tarbiyalash yotadi.
Ta’lim va tarbiya uchun umumiy bu insonni ijtimoiy amaliyotni o‘zlashtirish hisoblanadi.Maxsus tomoni esa bu subyektivlashti- rish, ya’ni bu malakani qabul qilish qadriyatlar sifatida ekanligi- da ko‘rinadi. Tarbiyaga buni tadbiq etilganda bu shaxsning sifati va xususiyatlari, uning ijtimoiy xulq - atvorining shakllari bo‘lsa, ta’limga bu bilim, ko‘nikma va malakalar kiradi.
Tarbiya vositalari. Tarbiya vositalariga tashkil qilingan va tash­kil qilinmagan ta’sirlar kiradi va u tarbiyalanuvchida ma’lum bir xulq - atvomi va psixologik sifatni vujudga keltiradi. Bu jarayon- ga insonni xulq - atvorini shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan: o‘rganishlar kiradi.
Tarbiya vositalari bo‘lib: tarbiyachining shaxsiy namunasi, xulq

  • atvor namunalari, pedagogikadagi, adabiyotdagi va san’atdagi yuksak baholanuvchi me’yorlar hisoblanadi.

Psixologlar tarbiyaviy ish metodlarini ishlab chiqib, tarbiyaga mavhum tarzda qarab bo‘lmasligini va baholab ham bo‘lmasligini ko‘rsatib o‘tganlar. Bu usullar qo‘llanilayotganda, birinchidan tarbi- yalanayotgan o‘quvchining yosh va individual xususiyatlarini, ik- kinchidan shu o‘quvchi a’zo bo‘lgan bolalar kollektivining xususi­yatlarini, uchinchidan tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatiladigan muayyan aniq sharoitlami hisobga olish zarur.
Kasbiy tarbiyaga xos shaxsni tarbiyalash uchun maktab, litsey, kollejlardagi talabaning barcha vaziyat va holatlarda to‘g‘ri yo‘l tutishini istash hamda to‘g‘ri yo‘l tutishi uchun uning nima qilishi- ni bilish, o‘zi hurmat qiladigan kishilaming nima qilayotganlarini ko‘rish va o‘zi ham to‘g‘ri xulq - atvorli bo‘lishni mashq qilish (bu

  • eng muhim) zarur. Tarbiyaga,ahloqqa doir muayyan prinsiplar ishlab chiqilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilar bilan bo‘ladigan suhbat- da shularga rioya qilish zarur bo‘ladi:

  1. Tarbiyaga, ahloqqa doir suhbatlar mazmuni jihatidan tegishli yoshdagilarga tushunarli boiishi lozim. Mavhum tushunchalar, murakkab mulohazalar bilan toliqtirib qo‘ymaslik kerak.

  2. Suhbat o‘tkaziladigan guruhni, uning yo‘nalishini, bu gu- ruh a’zolarining o‘zaro munosabatlarini, o‘qituvchiga, o‘qishga va boshqalarga munosabatini yaxshi bilish zarur.

  3. Yoshlar bilan bunday suhbatlami tez - tez o‘tkazib turmaslik kerak. Ular bilan boiadigan suhbatlami maium bir tadbirlarga bogiab o‘tkazish yaxshi natijani beradi.

  4. Suhbatni yorqin, yaxshilab tanlab olingan aniq misollarda, hay­otiy voqealar yoki adabiy asarlardagi faktlami hamda kuzatishlami tahlil qilishdan boshlab, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘tish tavsiya etiladi.

  5. Emotsional tarzda keltirilgan, yorqinva ta’sirchan obrazlarga oq- ilona tayanish (nafis san’atdan,adabiyot asarlaridan foydalanish, kino- filmlar yoki teatr asarlariga kollektiv boiib borish va uni eslash) zarur.

  6. Tarbiyalanuvchining ongiga singdirilayotgan qoidalaming yax­shilab asoslab berilishi, isbotlangan boiishi muhim ahamiyatga ega.

  7. Tarbiyalanuvchilarda faollikni uyg‘otish, jonli ravishda fikr almashish istagini uyg‘otish,ulaming fikrini avj oldirish va o‘zlarini ahloq masalalari ustida o‘ylab ko‘rishga majbur qilish zamr.

Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar va majburiyatlar Shaxsni tarbiyalashda pedagog va o‘quvchi muloqoti
Har qanday kasbiy faoliyat u bilan shug‘ullanayotgan insondan shu o‘zi shug‘ullanayotgan kasbga xos boigan talablami va maj- buriyatlami bilishni va unga amal qilishni zaruriy qilib qo‘yadi. Kas­bga xos boigan talab va majburiyatlar sifatida yuksak kasbiy maho- ratni va shu kasbning ustasi (masteri) boiishni zarur qilib qo‘yadi. Pedagog zamonlar vaavlodlar tomonidan saralab, to‘planib kelayo-
tgan yutuqlami, bilimlami madaniyat sifatida о‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazib berib, ulami jamiyatga va uning kelajagi uchun zarur bo‘lgan shaxs sifatida tarbiyalab boradi.
Pedagog nafaqat o‘quvchilami fan asoslariga о‘rgatib boradi, bal- ki ulami har tomonlama rivojlantirib, o‘stirib borib, jamiyatga o‘z mehnatlarini qo‘shishga, moddiy ne’matlar yaratishga ham o‘rgatadi. Bu esa jamiyatga va insonlarga xizmat qilish, o‘zini va jamiyatni bo-yib borishiga olib keladi. 0‘qituvchi o‘zining mehnati bilan jamiyatdagi ishlab chiqarishning boshida turadi va shuningdek ijtimoiy prog-ress- ning, ijodiy potensialning asosini ham yaratishda ishtirok etadi.
Pedagogning yuksak majburiyatlari va unga qo‘yilgan talablar, kadrlar tayyorlashning muhim talablari sifatida zaruriy jarayon hisob­lanadi. Bu jarayonni o‘tgan zamonning mutafakkirlari, allomalari juda yaxshi tushunganlar va bular haqida o‘z fikr - mulohazalarini ham aytib ketganlar. Ulaming fikricha o‘qituvchi quyidagi talablami qondirishlari zarur bo‘lgan.



Cbuqur va har tomonl&ma bilimxu olib yunivchisi bo‘li*h "bo*hqaJami o'qituhni o'ziga majburryat qilib oigan inson, bilimga ega bo'lmasdan turib.shu ishga qo‘l utsa. u ahloqatz bo'ladi" Gelvettiy
Komcnskiy A.Ya. o'qituvchilami o'z kasbini sevishga chaqirgan uni “Quyosh kabi yuksak” ekanligini tushuni.shlanru talab qilgan.



Buyuk
pedagoglar
o‘qituvchiga
qo‘yiladlgan
talablar
to‘g*risida


borish "O'qituvchi o’za o'qib o'zlaahtirib borguncha o’qitadi. Uning o’ritohimb o'qitiaht tugagach o'qituvchi unda o'ladi K-D Uihinakiy 0*7. zamonasini ilg’or fuqorasi bo'lish, ahloqiy me’yorlami faol targ'i bole his i boMshi zarur. A S.Makarenko



Mug' gumanist, botalarni sevucbi bo'bih “bolalanu haqiqiy tarbiyachisi boiib. ularga o'z qalbini b«mb kerak" VA. Suioroilinakiy
Bolalar psixologiyasini bilish. ulaming ichki dunyosi bilan qiziqish. ulaming qobiliyatlarini o'rganish zarurdir. K.D.Ushinskiy

Bo‘lg‘usi pedagoglarga har xil jiddiy talablar qo‘yiladi. Bu ta­lablar asosiy va qo‘shimcha talablarga ajratilishi mumkin boiadi. Asosiy va doimiy talablarga:
*Bolalarga boigan muhabbat;
*0‘z pedagoglik kasbini sevish;
*0‘zi sevgan pedagoglik kasbi bo‘yicha bilimlami yetarli boiishi;
*Keng emditsiyaga ega boiish;
*Pedagogik intuitsiya;
*Yuksak taraqqiy etgan intellekt;
*Yuksak darajadagi madaniyat va ahloq;
*Bolalami o‘qitish va tarbiyalashga xos boigan har xil metodlar va tushunchalarga ega boiish.
Yuqorida sanab o‘tilganlarsiz gogik faoliyat muvaffaqiyatli boimaydi. Bu jarayonlar ham tug‘ma boimaydi, balki peda­gogning ko‘p yillar davomida qilgan mehnatining natijasi sifatida shakllanib boradi.
Pedagog faoliyatiga qo‘yilgan qo‘shimcha talablar - bu pedagog shaxsiga qo‘yiladigan, doimiy boigan va har doim pedagogga kerak boigan talablardir. Bular pedagogdagi muloqotga kirishuvchanlik, ar- tistlik, xushchaqchaq xulq, yaxshi did, intizomni va tartibni o‘zidan va boshqalardan talab qilishi va shu kabilar. Bu xislatlar albatta yaxshi, le­kin pedagogga qo‘yiladigan asosiy xislatlardan pastroq turadi. Bunga misol qilib muloqot qilishi pastroq boigan matematika o‘qituvchisini olsak, u muloqoti past boiishiga qaramay asosiy talablarga javob bergan holda yaxshi o‘qituvchi boiib qoladi. Shu bilan birga bu qo‘shimcha xislatlar ham o‘zining ta’siri bilan o‘qituvchini boyitadi va uni o‘ziga xos boigan qaytarilmas shaxs sifatida shakllantirib turadi. Asosiy va asosiy boimagan pedagogik sifatlar birgalikda pedagogni individual- ligini, ya’ni o‘ziga xos qaytarilmas shaxsligini vujudga keltiradi.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə