F. R. Abduraxmonov



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə29/52
tarix06.10.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#125866
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
F. R. Abduraxmonov

Pedagogning ahloqiy ongi ahloqiy bilimlar, ahloqiy hissiyot, ishonch, iroda va ideallarga asoslangan holda o‘zining kasbiga xos xatti - harakatlarda ko‘zga tashlanadi. Pedagogning ahloqi bu shaxs ahloqiy madaniyatining bir bo‘lagi bo‘lib, o‘zida umu- minsoniy, milliy, kasbiy madaniyatni birlashtirib turadi.
Pedagog shaxsining ahloqiy madaniyati - bu bir butun ele- mentlar tizimi boiib, quyidagilami o‘ziga qamrab oladi:

  • ahloqiy tafakkur madaniyati (ahloqiy xulosalar chiqara olish, ahloqiy va estetik bilimlardan foydalana olish, yaxshilik va yo- monlik, garmoniya va go‘zallik tushunchalarini farqlay olish, ahlo­qiy me’yorlami amaliyotda tadbiq eta olishlik);

  • madaniyatni his eta olish (ahloqiy jarayonlarga o‘zini muno- sabatini ko‘rsata olish,ichidan shu hodisaga dardkash boia olish);

  • o‘zini tutish madaniyati - bunda konkret amaliyotda har xil fikrlami, bilim va xislami kundalik hayot me’yoriga aylanib maium bir harakatga kelishini his etib borish;

  • etiketni maium muloqotlarda ushlab tura olishlik, ya’ni stil- da, manerada, reglament shakllarida.

Pedagogning ahloqiy ong tizimiga quyidagilar kiradi:

  • Ahloqiy qarashlar;

  • G‘oyalar, ishonchlar;

  • Ahloqiy hissiyotlar - bu bolalami о‘qitishda va tarbiyalashda sodir boiuvchi ahloqiy jarayonlar.

Pedagog o‘z faoliyati davomida ishlarini tashkil qilish jaray- onida ishbilarmonlik qobiliyatlaridan foydalanishi zamr boiadi. Ishbilarmonlik nima? Bu pedagogni o‘qitish jarayonida uni tash­kil eta olishi va unumli darslami tashkil eta olishidir. Ishbilarmon o‘qituvchi o‘zidagi qobiliyatlami ishga solgan holda bolalarga berilayotgan darslami tashkil etish, bolalami imkoniyatlaridan to‘la foydalana olish, darslami sifatini oshirishga intilish kabi ko‘plab to­monlami o‘zida aks etdiradi.Pedagogning ishbilarmonligi bu o‘zida psixologik tomonlami qamrab oluvchi jarayon hisoblanadi. Pedagog ishbilarmon boiishi uchun eng awalo diqqatini muammoga qarata olishi, bu masalalarni tafakkurga xos boigan jarayonlardan o‘tkaza olishi, o‘z hayollarida uni rejalay olishi va hal qilish yoilarini topi- shi kerak bo‘ladi. Pedagog o‘quvchilar bilan bo‘ladigan munosa­batda ularga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlami bilishi va ulardan keng foydalana olishi ham zarurdir. Ishbilarmon o‘qituvchi o‘zida ma’lum bir psixik xususiyatlami rivojlantirishi va ulardan unumli foydalana olishi zarurdir Ishbilarmonlik o‘qituvchini o‘z faoliyatini rejalay olishni, darslami o‘tishga ta’sir etuvchi omillami yaxshi bili­shi, bilim va malakalami har doim rivojlantirib borishni, har doim o‘quvchilami kuzatib borishni va ulardagi psixik xususiyatlami diqqat bilan o‘rganishni talab qilib boradi.
Takrorlash uchun savollar

  1. Kasbga o‘qitishda pedagog faoliyati va uning psixologik muammolari.

  2. Pedagogik ixlos va uni kasbga yo'naltirishdagi ahamiyati.

  3. 0‘qishga munosabat va intellektual sifatlar.Axloqiy - irodaviy fazilatlar. Ishbilarmonlik xislatlari.

  4. Kasbga xos xislatlar va ulami rivojlantirish masalalari.

3.6 Kasbga o‘qitishda tarbiyalash va o‘z - о‘zini tarbiyalash psixologiyasi Kasbga o‘qitishda tarbiya va uning roli
Kasbiy tarbiya tarbiya tizimining bir qismini tashkil etadi. Unda “inson - kasb” munosabatlarini shakllantiriladi. Kasbiy tarbiyaning izlanish obyekti sifatida serqirra yo‘nalishlarga ega: bular ijti­moiy, falsafiy, ijtimoiy - pedagogik, ijtimoiy - psixologik, madaniy - ma’naviy o‘rganishyo‘nalishlaridir. Bozor iqtisodi munosabatlariga o‘tish davrida kasbiy tarbiyaning e’tiborga loyiq bo‘lgan ijtimoiy - iqtisodiy, madaniylashganligi, ijtimoiy - peadagogik va psixologik yo‘nalishlari ko‘zga tashlanadi. Aynan kasb mutaxassissi sifatida ij­timoiy kasbiy kompitentlik va kasbiy madaniyat uning taraqqiyotida birinchi darajali rolni o‘ynashi ko‘rinadi.
Jamiyatning hozirgi taraqqiyoti, o‘zining murakkabligi va o‘zgarib borish jarayonlari bilan xarakterlanadi. Bunda yosh mutaxassislami shaxsini shakllantirish va kasbga yo‘naltirish, jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi, uni yangi kasbiy mahorat va madaniyat bi­lan ta’minlovchi insonlami tarbiyalash vazifasi yotadi. Yuksak da- rajadagi kasbga ega bo‘lgan, o‘z ishining ustasi bo‘lgan shaxslami tarbiyalash bu jamiyat taraqqiyotini va ijtimoiy munosabatlarini bir xilda rivojlantirish sharoitini yaratadi.
Tez o‘zgarayotgan texnologiyalar, undagi ilmiylik darajasi kas­biy moslashishni, yangi kasbiy psixologiyani, yangi darajadagi madaniyatni talab qilib bormoqda. Bozor iqtisodi sharoitida kasbni yaxshi egallash insonni ijtimoiy himoyalanganligini bir ko‘rinishi hisoblanib, uning ijtimoiy o‘zini tasdiqlashini, o‘zini shu faoli- yatga baxshida etishini va a’lo darajada ishbilarmonlikni tashkil etishga olib keladi. Hozirgi kasb sohasini egallayotgan insonni raqobatbardosh mutaxassis sifatida na faqat keng va sifatli bilimi, balki yuksak darajadagi kasbiy madaniyati, kasbiy tarbiyalangan- ligi, kasbiy kompitentligini egallash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Hozirda yosh kasb egalarini tarbiyalashda quyidagi tarbiya yo‘nalishlari ko‘zga tashlanadi. Bular ijtimoiy, vatanparvarlik, fuqa- rolik, huquqiy-fuqarolik, badiiy-estetik, milliy va shu kabilar.
Kasbning ma’naviy elementlariga: 1) ishlab chiqarish qurollari va mehnat qurollarini ishlata olish qobiliyati; 2) amaliy ishlab chiqa­rish tajribasiga ega bo‘lish, ishlash davomida predmetlaming xususi- yati va mehnat qurollarini ishlata olishni egallab borish; 3) fanni egal­lash davomida ilmiy bilimlami egallab borish.
Yoshlami kasbga tarbiyalab borishda quyidagi mehnat bilan bog‘liq tarbiya ко‘rinishlarini ajratish mumkin:

  • Mehnatga psixofiziologik tayyorgarlik - jismoniy imkoniyatlami rivojlantirish va ma’lum bir amaliy faoliyatni bajarishdagi qobiliyat- lami rivojlantirish;

  • Ijtimoiy - psixologik tayyorgarlik - shaxsni har xil jamoadagi moslashish imkoniyatlarini rivojlantirish;

  • Mehnatga ahloqiy - psixologik tayyor bo‘lish - intizomlilik, mehnatning ijtimoiy motivatsiyasi, odamlarga bo‘lgan munosabat, o‘zi ishlayotgan jamoaga munosabat, tabiatga ehtiyotkorlik bilan bo‘lgan munosabat, jismoniy mehnatga bo‘lgan ehtiyoj va sh.k.

  • Irodaviy tayyorgarlik - shaxsni sifatli shakllantirish, uni mehnat faoliyatidagi ko‘nikma, malaka va o‘zini boshqara olish faoliyati; o‘zini faoliyatini tashkil qila olish, mustaqilligi, o‘ziga ishonch, o‘z mehnati natijalariga va boshqalaming mehnat natijalariga talab- chanlik, buyurilgan ishga bo‘lgan javobgarlik, intizomlilik, о‘zini nazorat qila olishlik va sh.k.

  • Mehnatga estetik tayyorgarlik - o‘z mehnatini sifatli va go‘zal qilib tashkil etishga bo‘lgan talab;

-Mehnatga amaliy tayyorgarlik - ish qobiliyatini о‘stirib borish, yetarli darajada jismoniy va aqliy о‘sib borish, bilimlarini о‘stirish, umumiy mehnat jarayonida ko‘nikma va malakalami о‘stirib borish

  • О‘zini kasbi mehnat tarbiyasida о ‘ stirish-o‘quvchilami o‘qish davomida kasbni egallashga bo‘lgan faolligini о‘stirish va o‘z ustida ishlashni tashkil etish.

Kasbiy tarbiya tizimiga kiruvchi quyidagi komponentami ajratamiz:

  1. Maqsadli - kasbiy tarbiyani asosiy maqsadini o‘zida aks ettirib

  • u kasbiy faoliyatning raqobatbardosh subyektini, shaxsni shakllan- tirishga qaratilgandir. Har bir kasb insonga о‘zini maxsus talablarini qo‘yadiki, inson bu talablami qondirishi kerak bo‘ladi. Har bir kasbda o‘zining qonun - qoidalari, ahloqiy normalari va qadriyatlari bo‘ladi. Insonni bulami idrok etishi uning ijtimoiy kasbiy o‘z - o‘zini ang- lashni vujudga keltiradi. Insonni kasb bilan uyg‘unligiga tayyorgar- ligi bu kasbiy tarbiya jarayonida amalga oshadi.

  1. Motivlashganligi - aniq bir kasbni ijtimoiy ahamiyatini anglash, shaxsiy va kasbiy manfaatlami mos tushganligi, insonni psixo­fiziologik, jismoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbni tan­lash, uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan amalga oshiriladi.

  2. Madaniylashganligi - kasbni umumiy madaniyatning bir boiagi sifatida anglanganligi, kasbga ustalik yoki kosibchilik kabi qarashda, moddiy manfaatdorlik bemvchi sifatida qaramaslik kerak boiib, uni moddiy - ma’naviy madaniyat, kasbiy tarbiyaning bir boiagi sifatida anglash kerak.

  3. Ijtimoiy - iqtisodiy - bunda shaxs o‘zini xuddi ma’lum bir xususiy mulkni olib yumvchi sifatida anglashi; u o‘zini maium bir manfaatlami uyg‘otuvchi bir butun iqtisodiy munosabatlami bir boiagi sifatida anglashi;

  4. Psixologik-bu o‘quvchilaming texnik tafakkurida, konstruk- tivlashda ko‘zga tashlanib, ulami kasbga boigan yo‘nalishida yuz beradi. Shuningdek, ularda shu kasbga boigan ahloqiy - psixologik shakllanishda ham ko‘zga tashlanadi.

  5. Pedagogik - bu kasbiy tarbiyaning asosiy komponenti hisob­lanadi. U butun bir taiim - tarbiyaviy jarayonni o‘ziga qamrab olib kasbiy shaxsni tarbiyalashga va uni shakllantirishga qaratilgandir.

0‘rganilayotgan hamma kasbiy tarbiyani uchta guruhga bir- lashtirish mumkin:

  • individual

*guruhiy
*ommaviy
Yoshlar o‘rtasida olib borilayotgan kasbiy tarbiyaning quyidagi metodlarini ko‘rsatish mumkin bo‘ladi:
1. Shaxsni ongini shakllantirish metodi;

  1. Faoliyatni tashkil qilish metodi va ijtimoiy xulq - atvomi shakl­lantirish tajribasi;

  2. faoliyatni va xulq - atvomi rag‘batlantirish” metodi.

Kasbiy tarbiyada shuningdek sinf rahbari o‘quvchilar bilan ish­lash metodlaridan ham foydalanish mumkin bo‘ladi:

  • 0‘quvchilami faoliyatini va rivojlanishini kuzatish metodidan.

  • 0‘quvchilami o‘qishvao‘qishdantashqarigi faoliyatini o‘rganish metodidan.

  • Anketa o‘tkazish metodidan.

  • 0‘quvchilami pedagogik - psixologik xarakteristikasini tuzish metodidan.

Kasbiy tarbiyalashda o‘quvchilar bilan ishlashda quyidagi shakl- lami ham ko‘rsatish mumkin:

  • Kasbga yo‘naltiruvchi darslar;

  • Ekskursiyalar;

  • Kasbga yo‘naltirish bilan bog‘liq sinf saotlari;

  • Mutaxassislar bilan uchrashish;

  • Professiografik izlanish;

  • Ota - onalar bilan kasbga tegishli yig‘ilishlar va sh.k.

Kasbiy tarbiya kasb psixologiyasining asosiy masalalaridan bo‘lib u pedagogik psixologiyaning o‘rganish tarmoqlariga ham kiradi. Pedagogik psixologiya bilan bog‘liq bo‘lgan kasbiy tarbiya kasbga o‘qitish va unga xos bo‘lgan kasbiy tarbiyaning mexanizmlarini o‘rganadi. Kasb tushunchasi asosida mehnat faoliyatining ma’lum bir yo‘nalishi nazarda tutilib, unga xos bo‘lgan tarbiya masalalari ham uning ichiga kirib ketadi. Unda ma’lum bir tayyorgarlik ko‘rish va inson manfaatlari uchun kerakli boigan moddiy ta’minot masa­lalari yotadi. Yoshlarni shu kasbga tayyorlashda esa unga xos boigan kasbiy tarbiya ham o‘z o‘mini egallaydi.
Kasb tanlashda insonni o‘z - o‘zini tarbiyalashi psixologik jarayon sifatida
Inson ulg‘ayib borib o‘zi uchun kerakli boigan, o‘zini va bo- lalarini boqa oladigan kasbni tanlay olishi zarur boiadi. Hayotda insonga qiziqarli boigan juda ko‘p kasblar mavjrddir. Psixolog va pedagoglar inson bu kasblami egallay olishini va bunga ularda bar­cha imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatib beradilar. Inson xilma - xil kasblardan faqat bittasinigina egallashi, uni o‘zining manfaatlari- dan kelib chiqib tanlashi kerak boiadi. Bunday jarayon, ya’ni kasb tanlash qanday tarzda sodir boiadi. Insonni kasb tanlashi vaunga tayyorgarlik bu uzoq davom etadigan jarayondir.
Kasb tanlash bu birdaniga boiadigan jarayon emas. Kasb tan­lash bir qancha etaplardan tashkil topadi. Bu etaplar bir butun holda yuz beradi. Bu etaplami davomiyligi quyidagilardan tash­kil topgan.
-Tashqi sharoitlar;

  • Kasb tanlayotgan subyektning individual xususiyatlari.

Kasb tanlashning 8 ta tomonini E.A.Klimov ko‘rsatib beradi. Bular:

  1. Oiladagi katta yoshdagi oila a’zolarining tutgan о‘mi, ya’ni ta’siri.

  2. 0‘rtoqlariva tengdoshlarining tutgan o‘mi;

  3. Sinf rahbari, maktab о‘qituvchilarining tutgan o‘mi;

  4. Shaxsning kasbiy rejalari;

  5. Qobiliyatlari;

  6. Tanlagan kasbini ijtimoiy tan olinganlik darajasi;

  7. Kasb haqida ma’lumotlarga ega bo‘lganlik;

  8. Faoliyati davomidagi intilishlaridan.

Insonni kasb tanlashi psixolog I.Konning fikricha, bolalik davri- dan boshlanadi - bu o‘yinlar tarzida, bunda bola har xil kasb bilan bog‘liq o‘yinlami, rollami o‘ynaydi. Bola bu rollami bajarishda har xil simvolik narsalardan foydalanadi. Deylik stuldan - rasta, qog‘ozdan - pul sifatida foydalanadi. Bular asosida ma’lum bir rol- lar o‘ynaladi.
Kasb tanlashda inson eng muhim jarayonni boshidan kechiradi. Bu kasb tanlashda o‘z - o‘zini tarbiyalash, tayyorlash hisoblanadi. О‘zini kasb tanlashga diqqatini qaratilishi bolada shu kasbga bo‘lgan intilishlardan boshlanadi. Bu intilishlar har xil motivlar asosida sodir bo‘ladi. Inson o‘zi uchun kerakli bo‘lgan kasbni tanlashi juda ko‘plab omillar asosida shakllanib boradi. Lekin bu omillami o‘sib kelayotgan avlod o‘zida singdirishi va ongli ravishda kasbni tan­lashi lozim bo‘ladi. Kasb tanlashda inson o‘z o‘zini tarbiyalab bora­di, bu esa insonni o‘zini anglashi, maqsad va manfaatlarini chuqur tahlil qilgan holda amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Yoshlardagi kasb tanlash jarayoni bu psixologik jarayon bo‘lib ulami shu kasbga olib keluvchi omillarga asoslanadi. Yoshlardagi psixologik jarayonlar va xususiyatlar bir xil bo‘lmaydi. Bu ular- ning individual - psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ay­rim bolalar о‘zligini anglab olgan bo‘lsalar, ayrimlari boshqalaming ta’siriga tushadi. Demak, ko‘rinib turibdiki, kasb tanlashda bolaga ichki va tashqi omillar ta’sir etadi. Boladagi tetiklikvabo‘shlik bu kasbni tanlashiga sababchi bo‘ladi.
0‘z-o‘zini tarbiyalash - bu ongli faoliyat bo‘lib insonni shaxs sifatida o‘zini to‘la-to‘kis imkoniyatlaridan foydalana olish hi­soblanadi. Inson o‘zini boshqarish mexanizmlarini faollashtirish asosida amalga oshirishi kerak boigan maqsadlami, g‘oyalami, shaxsiy fikrlami aniq bilishga asoslanadi. U bevosita tarbiya bilan bogiiq holda shaxsni shakllantirish jarayonini mustahkam- laydi, balki uni yanada rivojlantiradi. 0‘z - o‘zini tarbiyalash- ning zaruriy komponentlari - bu insonni shaxsiy rivojlanishini o‘zi tahlil qilishi,o‘zini o‘zi tasdiqlashi va o‘z - o‘ziga g‘oyalami singdirishi hisoblanadi.
0‘z - o‘zini tarbiyalashning zaruriy sharti boiib eng awalo o‘zini yaxshi bilish, o‘ziga to‘g‘ri baho berish va o‘z - o‘zini ang­lash hisoblanadi. 0‘z - o‘zini tarbiyalash bir qarcha obyektiv va subyektiv sabablar bilan: hammadan yaxshiroq boiish, jamiyatni fuqarolarga boigan talabi bilan, ulaming maiumoti va sifati bilan, o‘quvchilami o‘qitish va tarbiyalashdagi pedagogik ta’sirlar bilan bogiiq. Mana shular asosida o‘z - o‘zini tarbiyalash uchun ichki sharoitlar shakllanib ehtiyojlar, manfaatlar, qarashlar va ishonchlar asosida insonda hayotiy g‘oya va maqsadlar aniqlanadi.
Insonni o‘z - o‘zini boshqarish mexanizmlarini faollashishi aso­sida, о ‘z - о ‘zini tarbiyalash shaxsiy hayot mazmunini, maqsadlarini aniq anglab olinadi. 0‘z - o‘zini tarbiyalashning zaruriy kompo­nentlari - bu shaxs rivojlanishining refleksiyasi, o‘z - o‘ziga hisobat berish, o‘z - o‘zini nazorat qilish hisoblanadi. 0‘z - o‘zini tarbiyalash usullariga quyidagilar kiradi: o‘zidan qoniqqanlik, o‘z - о‘zini muhokama qilish, o‘z - o‘zini ishontirish, o‘z - o‘ziga maqsadlami, manfaatlami singdirish, shuningdek o‘z - o‘ziga buyumq berish. 0‘smirlik davrida o‘z - о‘zini tarbiyalashda muhim rolni o‘ziga baho berish o‘ynaydi. Bunda bola o‘zining imkoniyatlariga baho beradi va o‘zini shunga tayyorlab boradi.
Pedagogika o‘z-o‘zini tarbiyalash tushunchasiga insonning ich­ki ruhiy dunyosini qo‘yadi. 0‘z - o‘zini tarbiyalashda tashqi omil­lar - bu faqat tashqi sharoitlar, uni qo‘zg‘ovchi omillar, harakatga keltiruvchi manfaatlar hisoblanadi. Shuning uchun ham filosoflar, psixologlar va pedagoglar inson ruhiyatiga uni rivojlantiruvchi, ha­rakatga keltiruvchi kuch deb qaraydilar. Tarbiyalab borish davomida o‘smimi о‘zini o‘zi tarbiyalashga ham e’tibomi jalb qilish kerak bo‘ladi.
0‘z - o‘zini tarbiyalash ma’lum bir darajada shaxsni rivojlan- ganligini ko‘rsatadi, ya’ni uni o‘z - o‘zini anglaganligi, o‘zini xatti- harakatlarini boshqalaming harakatlari bilan taqqoslashda ko‘zga tashlanadi. 0‘z - o‘zini tarbiyalashni asoslari bo‘lib va insonni yetukligini ko‘rsatuvchi tomonlar bo‘lib kishining o‘z imkoniyat- lariga, ixtidorlariga bo‘lgan munosabatini, o‘ziga bergan bahoni to‘g‘riligi, o‘zidagi kamchiliklarni ko‘ra olishlik hisoblanadi. 0‘z

  • o‘zini tarbiyalash - bu subyektning anglangan faoliyati bo‘lib, о‘zini shaxs sifatida to‘la namoyon qilish, о‘zini maqsadlarini, g‘oyalarini, shaxs sifatidagi mohiyatini chuqur anglagan holda o‘zgartirib borishidir. Olz - о‘zini tarbiyalash - bu ontogenez davri- da kechikib kirib boradi, inson o‘zligini anglab borishi bilan o‘ziga bo‘lgan e’tibor kuchayadi va o‘zini - o‘zi tarbiyalashga e’tibor beriladi.

Insonni o‘z “Men”ligini tanishi va kasb tanlashdagi uning ahamiyati
Insonni dunyoga kelishi va rivojlanib borishi bu biologik va sotsial jarayonlaming natijasidir. Inson rivojlanib borishi davomida o‘zida psixologik rivojlanish etaplarini bosib o‘tadi. Shunday rivojlanish ja- rayonlaridan biri bu insonda o‘z “Men”ligini tanish hisoblanadi. Psi­xologiya fanida o‘ziga baho berish, о‘zini bilishni, anglashni, o‘zining “Men”ligini bilishi deb hisoblanadi. 0‘zini - o‘zi anglash bu demak o‘zini kuchiga, imkoniyatlariga, shaxsiy sifatlariga, ulami rivojlan- ganlik darajasiga yetarli darajada baho bera olish hisoblanadi.
Men” konsepsiyasi - bu o‘zi haqida o‘zida umumlashgan tasav- vurlardir. 0‘z xususiy shaxsi haqidagi ustanovkalar tizimidir. “Men” konsepsiyasi insonda bolalik davridan boshlab shakllanadi. Buni qisqacha quyidagicha ko‘rsatib o‘tamiz:

  1. 0‘zini atrofdagi dunyodan ajratish chaqaloqlik davrdan boshlab to 2 yosh atrofida tugallanadi. Bu jarayonda bola о‘zini ta- nasini tashqi muhitdan alohida ekanligini va faqat o‘ziga tegishli ekanligini tushunadi. Ikki yoshli bola о‘zini oynada tanib oladi va o‘ziga tegishli bo‘Igan narsalar chegarasini belgilaydi (deylik “me- ning botinkam”, “mening qo‘g‘irchog‘im”), u o‘zini va boshqalami alohida mavjud ekanligini ajrata oladi.

  2. 0‘ziga bo‘lgan munosabatni shakllanishi maktabgacha davr­da yuz beradi. Bola bu davrda o‘zini “yaxshi” deb yoki “eplab olmaydigan” deb hisoblaydi. Asosan boladagi bunday o‘ziga baho berish uning atrofidagi ota - onasi, aka - uka, opa - singillaming ta’sirida boiadi. Bunday o‘ziga boigan munosabat keyinchalik undagi Men - konsepsiyasini asosi boiib qolishi mumkin. Boladagi “Men” obrazini shakllanishiga ko‘proq ota - onalar ta’sir etadilar. Ota-onalar boladagi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri harakatlar bilan ulami ta’minlaydilar. Bu tarbiya sifatida sodir boiib, bolani ota - onaning harakatlarini kuzatish orqali ham sodir boiadi.

  3. 0‘zini boshqalardan maium bir xususiyatlari bilan farq qi- lishini ko‘rish bu “ Men obrazi”ni tashkil etadi. Kichik maktab yoshida о‘zini hurmat qilish bu darslami o‘zlashtira olish qobili­yati bilan bogiiqdir. Maktabda yaxshi o‘qiyotgan bolalar yomon o‘qiyotgan bolalarga nisbatan o‘zini hurmat qilish yuqori boiadi. Agarda bola ta’limga e’tibor bermaydigan muhitda boisa u holda bolani yaxshi o‘qishi hech qanday hurmatga ega boimaydi.

  4. 0‘smirlik davrida o‘z - o‘ziga baho berish jiddiy xarakterga ega boiadi. Bu davrda o‘smirlar ulami atrofdagilar qanday tarbi- yalayotganligi haqida qayg‘uradilar. Aynan shu davrda ulaming aqli, tafakkuri shu darajada bo‘ladiki, ular o‘zini o‘rab turgan du- nyoni qandayligi va bu sharoitda ulami о‘zi qanday bo‘lishi kerak degan masala ulami o‘ylantiradi. Bu kabi yangi bilish qobiliyati o‘smir bolalami ego - aynanlik - o‘zi haqida bir butun tasawurlami paydo qiladi.

0‘ziga baho berish shaxsni ijtimoiy moslashishini sezilarli dara­jada belgilab beradi. U shaxsni xulq - atvorini va faoliyatini boshqa- rib turadi. 0‘z - o‘zini baholashning o‘z faoliyati jarayonida va shaxslararo o‘zaro munosabatda yuz beradi. 0‘zini hurmat qilishga va o‘zini baholashni shakllanishiga ko‘pgina omillar ta’sir etadi. Bular ilk bolalik davrdanoq boshlanadi, ya’ni ota - onaning mu­nosabati, tengqurlar o‘rtasidagi holat, pedagoglami munosabatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. 0‘zi haqidagi odamlaming fikri taqqoslash orqali inson o‘ziga o‘zi baho bera boshlaydi. Shunisi diqqatga sazovorki inson awalo boshqalami baholashga o‘rganadi, keyin esa o‘ziniham baholaydi. 14- 15 yoshga kelib o‘smir o‘zini tahlil qilish vao‘zigaham baho berishga o‘rganadi.
Psixologiyada o‘zigabaho berish о‘zini bilishning fenomeni si­fatida qaraladi. 0‘zini bilish - bu insonni o‘z - o‘zini anglash bo‘lib, o‘zini “Men”ligini anglash hisoblanadi. 0‘zini anglash-bu insonni o‘z kuchiga ishonish, imkoniyatlarini baholay olish, shaxsiy sifat da- rajasini va ulami rivojlanganligini ko‘ra olish va o‘ziga hisobat berish hisoblanadi.
0‘zini hurmat qilish bu “Men”ligini baholashda muhim tu- shuncha hisoblanadi deb ko‘rsatadi ( Myers D G Social psychology HcCraw-Hill education 2002 ) Meyrs D. o‘zining kitobida. Bu yerda Meyrs D. bolani o‘zini hurmat qilishini o‘z “Men”ligini tanishidagi muhim omillardan deb biladi. Meyrs “Men konsepsiyasini ijtimoiy psixologiyada o‘rganishning ahamiyati shundaki, u bizning tafak- kurimizni va ijtimoiy xulq - atvorimizni boshqaradi” deb tushun- tiradi. Men konsepsiyasida ijtimoiy malaka ma’lum bir muhim rolni o‘ynaydi. Bunga quyidagi omillami ko‘rsatish mumkin deb yo‘nalish beradi D. U. Meyrs quyidagilami “Men” likni tashkil topishidagi omillar deb yo‘nalish beradi:

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə