Fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 275,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix22.03.2024
ölçüsü275,37 Kb.
#182462
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
O\'zbek tilshunosligida sodda gap talqini

1.Talabaman.
2.Oʻqidim.
3.Tayyorlanyapmiz.
4.Bormoqchi edingiz.


26 
Oʻzbek tillining yaxlit sintaktik ta‟limotini ishlab chiqishda gapning lisoniy 
sathdagi eng kichik qurilish qolipi, ya‟ni asos qilib olindi va atroflicha tadqiq 
etildi. Bunday substansial yondashuv oʻzbek tili grammatik qurilishi talqinini 
tubdan yangilashga olib keldi.
I. Bir tarkibli gaplar.
1. Ot markazli yigʻiq kesimlikli ixcham sodda gap.
2. Ot markazli yoyiq kesimlikli ixcham sodda gap.
3. Ot markazli analitik kesimlikli ixcham sodda gap.
4. Feʻl markazli yigʻiq kesimlikli ixcham sodda gap.
5. Feʻl markazli yoyiq kesimlikli ixcham sodda gap.
6. Feʻl markazli analitik kesimlikli ixcham sodda gap.
II. Ikki tarkibli gaplar.
1. Ikki tarkibli egasiz ot markazli yigʻiq kesimlikli ixcham sodda gap.
2. Ikki tarkibli egasiz ot markazli yoyiq kesimlikli ixcham sodda gap.
3. Ikki tarkibli egasiz ot markazli analitik kesimlikli ixcham sodda gap.
4. Ikki tarkibli egasiz feʻl markazli yigʻiq kesimlikli ixcham sodda gap.
5. Ikki tarkibli egasiz feʻl markazli yoyiq kesimlikli ixcham sodda gap.
6. Ikki tarkibli egasiz feʻl markazli analitik kesimlikli ixcham sodda gap.
7. Ikki tarkibli egali ot markazli yigʻiq kesimlikli sodda gap.
8. Ikki tarkibli egali ot markazli yoyiq kesimlikli sodda gap.
9. Ikki tarkibli egali ot markazli analitik kesimlikli sodda gap. 
10. Ikki tarkibli egali feʻl markazli yigʻiq kesimlikli sodda gap.
11. Ikki tarkibli egali feʻl markazli yoyiq kesimlikli sodda gap.
12. Ikki tarkibli egali feʻl markazli analitik kesimlikli sodda gap.
Albatta, soʻzning kengaytiruvchilari va gap boʻlaklari orasidagi munosabatlar 
mustaqil bir tadqiqot manbayidir. Lekin biz nutqda voqelangan gaplarning 
qoliplari haqida soʻz yuritar ekanmiz, bu masalaga hech boʻlmasa, bir oz toʻxtalib 
oʻtishimiz zarur. Nutq tizma tabiatiga ega. Nutqning tizmalik tabiati nutqda yuzaga 
chiqqan har bir hodisaning ketma-ketligini talab qiladi. Soʻzning 


27 
kengaytiruvchilari (soʻz semantik valentliklarining aktantlari) ham nutqda birin-
ketinlik bilan – kengaytiruvchi (tobe) kengaytiriluvchidan (hokimdan) oldin keladi 
va albatta, gap qurilishida – voqelangan gap qolipida alohida bir oʻrin olib, 
gapning voqelangan qurilishiga taʻsir etadi.
Nutqdagi gaplar yuqorida koʻrsatilgan qurilish xususiyatlaridan boshqa yana 
oʻnlab koʻrsatgichlarga – nutqiy xususiyatlarga va nutqiy maʻnolarga ega boʻlishi 
mumkin. Ishimizda koʻrsatilgan til bosqichidagi sodda gapning 6 asosiy qurilish 
qolipi nutqda voqelanishi uchun boshqa xususiyatlargа ham ega boʻlishi kerak.
Bulardan biri–ohang, intonatsiya va u bilan uzviy bogʻliq boʻlgan gapning ifoda 
maqsadiga koʻra darak, soʻroq, buyruq, undov, his-hayajon, soʻroq-undov (ritorik) 
va hokazo ma‟nolarga ega boʻlishidir. Bundan tashqari, gap nutqda, albatta, 
maʻlum bir modal maʻnosiga koʻra neytral, gumon, ishonch, taxmin, taajjub kabi 
ma‟nolarga ega boʻlishi mumkin.
Gapda ega ifodalanmagan boʻlishi, umuman, boʻlmasligi, majhul, aniq, 
umumlashgan va noaniq boʻlishi mumkin. Shu kabi maʻnolar gapning tildagi eng 
kichik qolipiga, umuman, aloqador emas. Shuningdek, oʻzbek tilshunosligida 
vositali va vositasiz toʻldiruvchining yigirmaga ga yaqin turi, holning qirqdan ortiq 
xili ajratiladi hamda nutqda bunday toʻldiruvchi yoki holning bittasi bilan kelgan 
gap hol va toʻldiruvchining ikkinchi turi bilan kelgan gapdan, albatta, farq qiladi.
Lekin bu farqlar ham gapning tildagi kichik qolipiga–oʻzbek jamiyati aʻzolari 
uchun gap ramzi sifatida mavjud boʻlgan umumiy, zaruriy va majburiy boʻlgan 
birlik Uning asosiy qurilish koʻrinishlari, yaʻni: qoliplariga aloqador boʻlmaydi. 
Balki, shu qurilish qoliplarining shaxsni tavsiflash, gap markazini hamda kesimlik 
koʻrsatgichlarini moddiy shaklda ifodalash, modal maʻnolarni berish, gapni ifoda 
maqsadiga koʻra nutq sharoitiga moslashtirish, gapda ohang tugalligini 
shakllantirish kabi tom maʻnoda nosintaktik hodisalarning biz yuqorida sanab 
oʻtgan va uning qurilish koʻrinishlarining ustqurmasidir. Bunday gap qurilishiga 
aloqador boʻlmagan hodisalar nutqdagi muayyan gaplarda nosintaktik 
hodisalarning gap qurilishidagi aksi – in‟ikosi – tajallisi sifatida qaralishi lozim. 


28 
Tajallilanuvchi bu ma‟nolar nutqdagi gaplar uchun benihoya zarur va ular 
gapdan tashqarida boʻlishi mumkin emas. Lekin ulardan birortasining ham gap 
qurilishida ahamiyati yoʻq. Shuning uchun ayni bir xil qurilishdagi gap ifoda 
maqsadiga koʻra darak ham, soʻroq, buyruq ham, undov ham boʻlishi, modal 
maʻnosiga koʻra qatʻiy ishonch ham, neytral ham, taxmin ham boʻlishi mumkin. 
Shunday ekan, lisoniy tahlilda lison va nutq bosqichlarini farqlar ekanmiz, sodda 
gapning lisoniy qoliplari nutqda voqelanishi uchun qaysi kategoriyalar prizmasidan 
oʻtishini, bu oʻtish jarayonida qanday maʻno boʻyoqlariga boʻyalib chiqishini va 
nutqda 
bevosita 
kuzatishda 
berilgan 
gap 
qoliplarining 
mana 
shu 
“boʻyoqxona”lardan oʻnlab ranglarga “boʻyalib” chiqqan hosilasi ekanligini 
unutmasligimiz kerak.
Shunday ekan, bu bobda oʻrganilgan masalalar tahlili va tavsifi asosida 
quyidagi xulosalarga kela olamiz:
–oʻzbek tilida yuzdan ortiq yuzaga chiqish shakllari mavjud boʻlsa ham, har bir 
shaklning juz‟iy xususiyatlarini e‟tiborga olmay, barcha shakllar uchun umumiy 
boʻlgan tasdiq/inkor, mayl, zamon, shaxs/son ma‟nolarining birgalikda 
ifodalanishga tayanib, bir butunlik sifatida olinadi;
– kesimlik kategoriyasi shakllari mavqeyida voqelashar ekan, nutqda qanday 
koʻrinishda ifodalanishidan qat‟i nazar, oʻzbek tilida sodda (va umuman) gap 
lisoniy-sintaktik qurilishini belgilashga xizmat qiladi;
– shunday qilib, nutqiy voqelanishda bu sodda gap qoliplari gapning nutqda 
yashashi uchun zaruriy boʻlgan, lekin mohiyatan nosintaktik boʻlgan 
kategoriyalarning zarralari bilan bosqichma-bosqich boyitilib, nutqimizda oʻnlab 
sintaktik, morfologik, leksik, stilistik kategoriyalarning birliklari, zarralari bilan 
murakkablashtirilgan, bezatilgan shaklda yuzaga chiqadi.

Yüklə 275,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə