Farmakologiya


III. XUSUSIY FARMAKOLOGIYA



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə23/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

III. XUSUSIY FARMAKOLOGIYA
Xususiy farmakologiyada har bir guruh dori vositalariga alohida tavsif beriladi hamda ularning amaliy tibbiyotda ko‘proq ishlatiladigan va killarining har birining farmakodinamikasi va farmakokinetikasiga etarlicha to‘xtalib o‘tiladi.
NEYROTROP VOSITALAR
Xususiy farmakologiyaning kata qismini markaziy hamda periferik nerv tizimi faoliyatini boshqaruvchi – neyrotrop vositalar tashkil etadi. Ular MNS va periferik innervatsiyaning sezuvchi (markazga intiluvchi) – afferent va bajaruvchi (markazdan qochuvchi) – efferent yo‘llarida qo‘zg‘alishlarning o‘tkazilishiga ta’sir etuvchi vositalardir. Ularning guruhlarga bo‘linishi (ta’snifi) asosan ta’sir lokalizatsiyasiga, ya’ni markaziy va periferik nerv tizimiga ta’sir qilishiga qarab amalga oshiriladi.
1.Periferik nerv tizimiga ta’sir etuvchi vositalar
Periferik nerv tizimidagi reflector yoyning tuzilishiga bog‘liq holda ushbu guruh vositalarini afferent va efferent innervatsiyaga ta’sir etuvchilarga bo‘lish mumkin.
1.1.Afferent nerv tizimiga ta’sir etuvchi vositalar
Mazkur guruh vositalarining o‘zlari yana susaytiruvchi hamda kuchaytiruvchilarga bo‘linadi:
– afferent nervlar oxirlarining sezuvchanligini susaytiruvchi yoki ularning qo‘zg‘alishiga to‘sqinlik qiluvchi vositalar
– afferent nervlar oxirlarini kuchaytiruvchi – ta’sirlovchi vositalar.
1.1.2.Afferent nervlar oxirlarining sezuvchanligini susaytiruvchi yoki ularning qo‘zg‘alishiga to‘sqinlik qiluvchi vositalar
Mazkur guruhga anesteziyalovchi30, burishtiruvchi, o‘rab oluvchi va adsorbsiyalovchi vositalar kiradi.
Anesteziyalovchi vositalar (mahalliy anestetiklar):
Anesteziyalovchi vositalar mahalliy sezuvchanlikni bartaraf etadilar. Mazkur guruh vositalari birinchi navbatda og‘riq sezgisini bartaraf etganliklari uchun ular asosan mahalliy og‘riqni qoldirish (anesteziya) maqsadida qo‘llaniladi. Anesteziyaning chuqurlashib borishi natijasida sezuvchanlikning haroratni sezish va boshqa turlari ham astasekinlik bilan yo‘qolib boradi va oxirgi o‘rinda taktil sezgi yo‘qoladi.
Afferent nerv tolalari oxirlariga va nerv tolalariga ta’sir etish orqali ular qo‘zg‘alish impulslarining o‘tkazilishiga va tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar. Ularning ta’sir mexanizmi asosan potensialga bog‘liq bo‘lgan natriy kanallarini bloklashlari orqali yuzaga chiqadi

Akson membranasi
Anestetik molekula

Qo’zg’alish o’tishining to’silishi

Qo’zg’alishning tarqalishi

Anestetiklarning nerv tolasi bo‘ylab qo‘zg‘alishlarning o‘tishiga ta’siri
A – anestetik qo‘llanilishidan oldingi holat;
B – anestetik qo‘llanilganidan keyingi holat.
. Buning natijasida esa ular harakat potensialining paydo bo‘lishiga va uning tarqalishiga to‘sqinlik qiladilar. Gidrofob (ionizatsiyalanmagan) birikmalar akson membranasi orqali o‘tib, natriy kanallarini ichki tomonidan bloklaydilar. Gidrofil birikmalar esa ochiq natriy kanallari orqali o‘tib, birmuncha bloklovchi ta’sir ko‘rsatadilar. Shuning uchun ham kuchsiz asoslar hisoblanuvchi barcha anestetiklarning faolligi preparatlarning ionizatsiyalangan va ionizatsiyalanmagan qismlari mutanosibligini belgilovchi rN muhitga bog‘liq. Masalan, turli yallig‘lanish jarayonlarida rN muhitning past bo‘lishi (kislotalikmuhit) sababli anestetiklarning faolligi pasayadi, chunki bunda ularning ionizatsiyalanmagan qismlari konsentratsiyasi susayadi.
Mahalliy anestetiklarga qo‘yiladigan talablar:
1) yuqori darajadagi tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo‘lishi;
2) nerv tolalariga ham, ularning atrofidagi to‘qimalarga ham noxush ta’sir ko‘rsatmasligi (ta’sirlantirmasligi);
3) latent (yashirin) davrining qisqa bo‘lishi;
4) anesteziyaning har xil turlarida ham yuqori faollikka ega bo‘lishi;
5) etarli darajadagi ta’sir davomiyligiga ega bo‘lishi;
6) qon tomirlarini toraytirishi yoki iloji boricha ularni kengaytirmasligi (agarda anestetik qon tomirlariga ta’sir qilmasa yoki ularni kengaytirsa, u holda unga adrenomimetik qo‘shib tavsiya qilini shilozim, chunki bunda qon tomirlarini toraytirib, anestetik ta’sir davomiyligining uzayishiga erishiladi);
7) zaharliligining past bo‘lishi;
8) nojo‘ya ta’sirlarining bo‘lmasligi yoki kam bo‘lishi;
9) suvda yaxshi eruvchan bo‘lishi;
10) saqlanganda va sterilizatsiyada buzilib ketmasligi;
11) sanoatda olinishi engil va oson bo‘lishi;
12) narxining arzon bo‘lishi.
Mahalliy anestetiklar anesteziyaning quyidagi turlarini yuzaga chiqarish maqsadida qo‘llaniladilar:
– yuza yoki terminal anesteziya – bunda anestetik eritmasini shilliq qavatlarga tomizish hamda teriga, yaralar yuzasiga, jarohatlarga surtish yoki uning kukunini sepish uchun ishlatilganda shu joydagi sezuvchi nerv oxirlarining bloklanishi yuzaga chiqadi;
– infiltratsion yoki qatma-qat anesteziya – bunda anestetik eritmasini operatsiya o‘tkaziladigan joydagi teri va teriostidagi to‘qimalarga asta-sekinlik bilan ketma-ket, qavatma-qavat qilib kiritish orqali shu joylardagi nerv tolalarining hamda sezuvchi nerv oxirlarining bloklanishiga erishiladi;
– o‘tkazuvchi yoki regionar (sohali) anesteziya – bunda anestetik eritmasini ma’lum bir nerv tolasining o‘tish yo‘li bo‘ylab kiritiladi va shu nerv tolasi tomonidan innervatsiya qilinuvchi sohadagi to‘qimalarga nerv impulslari o‘tishining bloklanishiga erishiladi.
O‘tkazuvchi anesteziyaning o‘ziga xos turlari sifatida orqa miya anesteziyasi (bunda anestetik eritmasi subaraxnoidal kiritiladi) va epidural yoki peridural anesteziya (bunda anestetik eritmasi orqa miya qattiq pardasi oldidagi bo‘shliqqa kiritiladi) tafovut qilinadi. Anesteziyaning ushbu turlarida anestetik orqa miya kulrang moddasining oldingi yoki orqa shoxlariga ta’sir qiladi.
Amaliy tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha mahalliy anestetiklarni quyidagi uruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Yuza yoki terminal anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar:

Kokain

Dikain




Anestezin

Piromekain




2. Infiltratsion va o‘tkazuvchi anesteziyada qo‘llaniladigan vositalar

Novokain

Bupivakain

3. Anesteziyaning barcha turlarida qo‘llaniladigan vositalar

Lidokain

Trimekain

A


Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə