Farmakologiya


M-xolinoretseptorlarni falajlovchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə31/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

1.2.5.M-xolinoretseptorlarni falajlovchi vositalar.
(M-xolinoblokatorlar yoki atropinsimon vositalar)
M-xolinoblokatorlar – m-xolinoretseptorlarni bloklovchi moddalardir. Ulardan eng yaxshi o’rganilgani atropin – buguruhning tipik vakili hisoblanadi. Shuning uchun M-xolinoblokatorlarni atropinsimon moddalar deyiladi. M-xolinoblokatorlarning asosiy ta’sirlari, ularni m-xolinoretseptorlarning effektor hujayralari membranalarini bloklashi bilan bog’liqdir (xolinergik nervlarning postganglionar tolalari oxirlarida). Bundan tashqari, ular MNS dagi m-xolinoretseptorlarni ham bloklaydi (agar gematoensefalik baryerdan o’tsa).
M-xolinoblokatorlarning ta’sir prinsipi shundan iboratki, ular m-xolinoretseptorlarni bloklaganligi sababli mediator atsetilxolinning retseptor bilan o’zaro ta’siriga to’sqinlik qiladi.
M-xolinoblokatorlar xolinergik (parasimpatik) nervlarning ta’sirlanish xususiyatlariga va m-xolinomimetik faollikka ega bo’lgan moddalarning (atsetilxolin va uning analoglari, antixolinesteraz vositalar, shuningdek muskarinomimetik moddalar) ta’sirlariga to’sqinlik qiladi.
Kimyoviy jihatdan m-xolinoblokatorlar uchlamchi aminlar va to’rtlamchi ammoniyli birikmalar hisoblanadi.
Atropin – yuqori tanlab ta’sir ko’rsatuvchi, m-xolinoblokator bo’lib, belladonna (Atropa belladonna), mingdevona (Hyoscyamus niger), bangidevona (Datura stramonium) kabi o’simliklardan olinadigan alkaloiddir. Keyinchalik sintetik yo’l bilan ham olingan. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha tropin va D, L-tropokislotasining murakkab efiri bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa atropinda spazmolitik xususiyat kuchli ifodalangan. M-xolinoretseptorlarni falajlab, atropin xolinergik (parasimpatik) nervlarning silliq mushakli organlarga ko’rsatadigan stimullovchi ta’sirini bartaraf etadi. Atropin ta’sirida MIT, o’t yo’llari va o’t qopi, bronxlar, siydik pufagi mushaklarining tonusi pasayadi. Atropin ko’z mushaklarining tonusiga ham ta’sir qiladi. Ko’zning rangdor pardasi aylana mushaklarining m-xolinoretseptorlarining bloklanishi natijasida qorachiq kengayadi (midriaz). Ko’z oldingi kamerasidan suyuqlik oqishi qiyinlashadi va ko’zning ichki bosimi ortadi (ayniqsa glaukomada). Kipriksimon mushaklar m-xolinoretseptorlarining bloklanishi uni bo’shashtiradi, qin boylami taranglashib, ko’z gavhari qavariqligi kamayadi. Akkomodatsiya falaji vujudga keladi va ko’z uzoqdagi buyumlarni aniq ko’rib, yaqindagilar xiralashadi.
Atropinning yurak-qon tomir sistemasiga ta’siri, asosan yurakka ta’sirida namoyon bo’ladi. Adashgan nervning yurakka bo’lgan xolinergik ta’sirining pasayishi tufayli taxikardiya yuz beradi. Bu holatda adrenergik (simpatik) innervatsiyaning tonusi ustun turadi. Atrioventrikulyar o’tkazuvchanlik yaxshilanadi. Qon tomirlariga va arterial bosimga atropin ta’sir qilmaydi, lekin xolinomimetik vositalarning gipotenziv ta’siriga qarshilik qiladi.
Atropinning muhim xususiyatlaridan biri bezlar sekretsiyasini kamaytirishidir (bronxlar, burun-halqum, so’lak, MIT, ter va ko’z yosh bezlari). Bu esa og’iz, terining qurishiga, o’zgarishiga olib keladi. Ter ajralishining kamayishi tana haroratining oshishiga olib kelishi mumkin. Bezlarning xolinergik innervatsiyasining blokadasidan tashqari, atropin ularga xolinomimetik vositalarning stimullovchi ta’sirini ham yo’qotadi. Ba’zi bir bezlar sekretsiyasi boshqa mexanizm bilan stimullanadi. Bunday holatlarda atropin yuborilganda o’zgarish ro’y bermaydi. Shu sababli, gormonlar bilan boshqariluvchi sut bezlari sekretsiyasi o’zgarmaydi. Atropin anestetik faollikka ega ekanligini mahalliy ishlatilganda ko’rish mumkin. Atropin endogen atsetilxolin va antixolinesteraz vositalarning MNS m-xolinoretseptorlarining qo’zg’alishi bilan bog’liq bo’lgan ta’sirlarini yuzaga chiqishiga to’sqinlik qiladi. Atropin markaziy xolinoblokatorlik ta’siri bilan birga ba’zi bir harakat buzilishlarida (parkinsonizmda) ekstrapiramidal sistemaning xolinoretseptorlarini blokada qilib, shifobaxsh ta’sir ko’rsatadi.
Atropin MIT dan, shilliq qavatlardan yaxshi so’riladi. Atropin va uning metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi. Rezorbtiv ta’sirining davomiligi – 6 soat. Ko’zning shilliq pardasiga tomizilganda akkomodatsiyaning buzilishi 3-4 kun davom etadi, midriaz 7 kun va undan ortiq saqlanadi.
Atropin spazmolitik vosita sifatida MIT, o’t yo’llari kolikalarida qo’llaniladi. Og’riqlar (kolikalar) bilan kuzatiladigan spastik holatlar atropin qabul qilingandan so’ng kamayadi yoki yo’qoladi. U bronxospazmlarda ham samarali. Atropinning bezlar sekretsiyasini pasaytirish xususiyati parkinsonizmda, og’ir metal tuzlari bilan zaharlanganda, me’da va o’n ikki barmoqli ichak yarasi, o’tkir pankreatit kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Atropinni premedikatsiyada keng qo’llanilishi, uning so’lak, burun-halqum va traxo-bronxial bezlarning sekretsiyasini pasaytirishi bilan bog’liq. Bundan tashqari yurakning M-xolinoretseptorlarini bloklab (vagolitik ta’sir), atropin uning reflektor to’xtab qolishiga olib keluvchi salbiy reflekslarning oldini oladi (masalan, yuqori nafas yo’llarini ta’sirlovchi ingalyatsion narkoz vositalar qo’llanilganda).
Ko’z amaliyotida atropin diagnostika maqsadida (ko’zning to’r pardasini tekshirishda , ko’zoynak tanlashda ) va ko’zning bir qator kassalliklarini davolashda (iridotsiklit va boshq.) ishlatiladi.
Atropin m-xplinomimetiklar va antixolinesteraz vositalar bilan zaxarlanishlarda qo’llaniladi.
Atropinni nojo’ya ta’sirlari uning m-xolinoblokatorlik ta’siri tufayli yuzaga chiqadi. Ko’p hollarda og’iz qurishi ,akkomodatsiyanig buzilishi,taxikardiya kabilar bilan namoyon bo’ladi. Ko’z ichki bosimining ko’tarilishi (atropinni gloukomada ishlatib bo’lmaydi ), obstinensiya,siydik ajralishining buzilishi kuzatilishi mumkin.
Atropin bilan zaxarlanish simptomlari , uning xolinergik innervatsiyani bloklashi va MNS ga ta’siri bilan bog’liq bo’ladi. Og’iz, tomoqni qurishi,yutishning ,nutqning buzilishi, terinig qurishi, tana temperaturasining ko’tarilishi, ko’z qorachig’ining kengayib ketishi, fotofobiya(yorug’likdan qo’rqish). Harakat va nutqning qo’zg’alishidan hotira va orientatsiyaning buzilishi, golyutinatsiyalar kuzatiladi. Zaxarlanish o’tkir psixoz shaklida o’tadi. Atropin bilan o’tkir zaxarlanish bolalar o’rtasida ko’proq uchraydi, chunki ular atropinga sezuvchan bo’ladilar. Bu preparat dozasini oshirib yuborilganda,yoki ushbu alkaloid saqlovchi o’simlik (bangidevona,mingdevona )mevalarini iste’mol qilishdan yuzaga chiqadi. Davolash hazm bo’lmagan atropinni MIT dan chiqarib tashlash (oshqozonni yuvish, tannin, aktivlangan ko’mir, tuz surgi vositalari),moddani organizmdan chiqarishni tezlashtirish (diurezni oshirish, gemosorbsiya) va fiziologik antogonistlarini (masalan, MNS dan yaxshi o’tuvchi antixolinesteraz vositalar) Kuchli ifodalangan qo’zg’alishlarda diazepam(sibazon), ba’zi hollarda qisqa ta’sir qiluvchi barbituratlar buyuriladi.Yurakning tez urishini kamaytirish uchun β-adrenoblokatorlar qo‘llaniladi. Xaroratni tushirish uchun tashqi sovutish choralari ko‘riladi. Kerak bo‘lsa sun’iy nafas oldirish yo‘lga qo‘yiladi. Yorug‘likdan qo‘rqish xolati bo‘lganligi sababli bemor qorong‘i xonaga joylashtiriladi. Atropin saqlovchi dori vositalaridan belladonnaning quruq ekstrakti spazmolitik va og‘riq qoldiruvchi modda sifatida oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasida, o‘t pufagi yallig‘langanda- xolesistitda va boshqa silliq mushakli a’zolar qisqarishida qo‘llaniladi.
Tabiiy atropinsimon alkoloidlarga skopolamin (L-giotsin) kiradi. Kimyoviy tuzilishi jixatidan skopin va L-trop kislotaning murakkab efiri xisoblanadi. Skopolamin Mandragora Scopolia carniolica va oz miqdorda atropine saqlovchi o‘simliklar tarkibida bo‘ladi. Kuchli ifodalangan M-xolinoblokatorlik xususiyatiga ega. Agar atropin yurakka, bronxlarga, MIT ga kuchliroq ta’sir qilsa, skopolamin ko‘zga va ekskretor bezlar sekretsiyasiga ta’sir qiladi. Skopolamin atropinga nisbatan qisqaroq ta’sir qiladi. Skopolamin MNS ga ta’siri bo‘yicha atropindan farq qiladi. Terapevtik dozalarda skopolamin asabni tinchlantiradi, uyqu keltiradi. Ektrapiramid sistemaga va pyramid yo‘llardan mononeyronlarga qo‘zg‘alish o‘tkazishga to‘sqinlik qiladi.
Qo‘llanilishi atropinga o‘xshash, operatsiyalardan oldin premedikatsiya maqsadida (odamda morfin bilan birga), shuningdek dengiz va xavo kasalliklari profilaktikasi uchun (“Aeron” tabletkalari tarkibiga kiradi), ba’zan parkinsonizmda. Ko‘z amaliyotiga sintetik atropinsimon preparat gomotropin (tropin va mindal kislotaning murakkab efiri) taklif etilgan. U ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi va akkomodatsiya falajini keltirib chiqaradi. Atropinga nisbatan qisqaroq ta’sir qiladi (15-20 soat). Tropikamid preparati yanada qisqa ta’sir qiladi (2-6 soat). O‘simliklardan olinuvchi tabiiy alkoloidlar guruhiga platifillin kiradi. U keng bargli krestovnik (Senecio platyphyllus) o‘simligi tarkibida bo‘ladi. M- xolinoblokatorlik aktivligi atroindan pastroq o‘rtacha. Kamroq me’yorda gangliylarni falajlaydi va bevosita lipotrop-spazmolitik (papaverinsimon) ta’sirga ega. Qon tomirlarni qo‘zg‘atuvchi markazni tinchlantiradi. Platifillin asosan spazmolitik sifatida oshqozon, ichak, o‘t-safro yo‘llari qisqarganda, miya, toj tomirlari tonusi oshib ketganda- gipertoniyada, stenokordiyada hamda miya tomirlari qisqarganda qo‘llaniladi. Ba’zan platifillin oftalmologiyada ishlatiladi. U qisqa muddatga qorachiqni kengaytiradi. Akkomodatsiyaga kamroq ta’sir etadi. Glaukomada, jigar, buyrak kasalliklarida platifillin qo‘llash man etiladi. Ko‘zga bo‘lgan ta’sirning davomiyligiga qarab preparatlar quyidagicha joylashadi: atropin>skopolamin gomatropin>platifillin >tropikamid.
Metatsin sintetik modda bo‘lib, atropindan kuchli xolinolitik xususiyatga ega. U to‘rtlamchi ammoniyli birikma bo‘lganligi uchun gematoensefalik to‘siqdan o‘ tolmaydi. Shuning uchun faqat periferik M-xolinoblokatorlik xususiyatga ega. MNS ga ta’sir etmaydi. Metatsinning bronxolitik ta’siri atropinga nisbatan kuchliroq ifodalangan. Uning ko‘zga ta’siri atropindan pastroq. Metatsin bronxlar, qizilo‘ngach, oshqozon, ichak silliq mushaklarini bo‘shashtiradi. So‘lak va bronxial bezlar sekretsiyasini kamaytiradi. U bronxial astma, oshqozon o‘n ikki barmoqli ichak yaralarida jigar va buyrak sanchiqlarida keng qo‘llaniladi.Premedikatsiya uchun atropinga nisbatan metatsinni qo‘llash afzalroq, chunki bronx silliq mushaklarini atropinga nisbatan yaxshiroq bo‘shashtiradi, yurak urishini atropinga nisbatan kamroq tezlashtiradi.
To‘rtlamchi ammoniyli birikmalarga iprotropiya bromid va traventol kabi preparatlar kirib, bronxlarni kengaytirish uchun ishlatiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan preparatlar tanlamasdan ta’sir ko‘rsatadigan M-xolinoblokatorlardir. Shunday preparatlar sintezlanganki, ular ko‘proq M-xolinoretseptorlarni falajlaydi (masalan, pirenzepin). Bu preparat oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligini davolash maqsadida qo‘llaniladi.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə