Farmakologiya


N-xolinoretseptorlarga ta’sir qiluvchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə32/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

1.2.6.N-xolinoretseptorlarga ta’sir qiluvchi vositalar
Nikotinga sezgir xolinoretseptorlar (N-xolinoretseptorlar) turli xil lokalizatsiyaga ega. Ular vegetativ gangliylarda, buyrak usti bezi mag‘iz qismida, nerv mushak sinapslarida, karotid koptokchalarida va MNS da efferent impulslarni o‘tkazisgda ishtrok etadi. Har xil lokalizatsiyadagi N-xolinoretseptorlar turli strukturaviy tuzilishga ega ekanligi sababli ximiyaviy moddalarga turlicha sezgir bo‘ladi. Vegetativ gangliyalarga nerv-mushak sinapslarining xolinoretseptorlariga, MNS ga tanlab ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalarini olish imkoniyati shunga asoslangan. N-xolinoretseptorlarni stimullovchi vositalar n-xolinomimetiklar (nikotinomimetiklar), falajlovchilar esa n-xolinoblokarorlar (nikotinoblikatorlar) deyiladi.
N-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar. (N-xolinomimetiklar)
Ushbu guruhga quyidagi alkaloidlar mansub nikotin, lobelin va tsitizin kiradi.Bu guruh dori vositalarini n-xolinoretseptorlarga bo’lgan ta’siri 2 bosqichli bo’lib, avval qo’zg’atadilar,keyin esa falajlaydilar.
Nikotin- tamaki bargi (Nicotiana tabacum, Nicotiana rustica) alkaloidi bo’lib, piridin metil pirrolidin hosilasi hisoblanadi. Zaxarli bo’lgani uchun tibbiyotda qo’llanilmaydi. Eksperimental farmakalogiyada dori vositalarini ta’sir mexanizmini o’rganishda qo’llaniladi. Bundan tashqari, tamaki chekish keng tarqalganligi sababli nikotinni farmakodinamikasi va farmakokinetikasini o’rganish katta ahamiyatga ega. Nikotin ham periferik ham markaziy xolinoretseptorlarga ta’sir etadi. Ayniqsa, unga vegitativ gangliylardagi N-xolinoretseptorlar sezgirdirlar, bunda nikotin 2 ta fazali ta’sir ko’rsatadi. 1-faza (qo’zg’alish) ganglionar neyronlar membranalarining depolyarizatsiyasi bilan xarakterlansa, 2-faza (tormozlanish) atsetilxolinga nisbatan raqobatli antagonist sifatida belgilanadi. Nikotin atsetilxolinning sinteziga, ajralib chiqishiga va gidrolizlanishiga ta’sir qilmaydi. Nikotin sinakarotit sohaning xemoretseptorlariga stimullovchi ta’sir qilib nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni reflektor qo’zg’atadi. Tormozlanish fazasi qonda nikotin katta konsentratsiyada yig’ilganida vujudga keladi. Kichik dozalarda nikotin buyrak usti bezi xromaffin hujayralarini N-xolinoretseptorlarini qo’zg’atadi shu sababli adrenalinni ajralishini ko’paytiradi, katta dozalarda-teskari ta’sir ko’rsatadi. Vegitativ gangliyalarga ta’sir qiluvchi dozaning oshib ketishi ta’sirining boshlanishida nerv-mushak o’tkazuvchanligini osonlashtiradi, so’ngra susaytiradi.
Markaziy nerv sistemasiga nikotin juda sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bunda ham 2 ta fazali ta’sir namoyon bo’ladi: uni kichik dozalarda ishlatilganda qo’zg’alish ustun kelsa, katta dozalarda- tormozlanish. Bosh miya po’stlog’iga nikotinning ta’siri tufayli subyektiv holatni yaqqol o’zgartiradi. Nikotin nafas markazini kuchli qo’zg’atadi (katta dozalarda uni tormozlaydi). Katta dozalarda nikotin tirishishni keltirib chiqiradi. Nikotinni antidiuretik ta’siri uning markaziy ta’siri bilan bog’lanadi (Gipofizni orqa bo’lagidan antidiuretik gormon ajralishi kuchayadi). Nikotinni xar xil organlarga va sistemalarga ta’siri uning ham periferik ham markaziy ta’siriga bog’liq. Yurakning qisqarishlar chastotasi boshida sekinlashadi (adashgan nerv markazi va intramural parasimpatik gangliyalarning qo’zg’alishi) so’ngra tezlashadi (moddaning simpatik gangliyalarga ta’siri va buyrak usti bezi mag’iz qavatidan adrenalinning ajralishi). Kichik dozalarda nikotin arterial bosimni oshiradi. Bu preparatning simpatik gangliyalarni va tomir harakatlantiruvchi markazning qo’zg’alishi, adrenalin ajralishining kuchayishi va to’g’ridan-to’g’ri miotrop tomirlarni qisqartirish ta’siri bilan bog’liq. Nikotin ta’sirida ko’pincha ko’ngil aynish (markaziy), qusish kuzatilishi mumkin. Ichak motorikasi kuchayadi. Katta dozalarda nikotin ichak tonusini pasaytiradi. So’lak va bronxial bezlarning secretor funksiyasi avval kuchayadi, so’ngra tormozlanish fazasiga o’tadi. Sekinlik bilan nikotinga o’rganish paydo bo’ladi.Nikotin shilliq qavat va terida yaxshi so’riladi. Uning katta miqdori asosan jigarda, shuningdek o’pka va buyraklarda biotransformatsiyaga uchraydi. Nikotin va uning hosilalari 10-15 soat mobaynida siydikdan ajraladi. Emizish davrida nikotin sut bezlari orqali chiqariladi.
Nikotindan o’tkir zaxarlanishdagi persalivatsiya, ko’ngilaynishi, qusish, diareya kuzatiladi. Bradikardiya taxikardiya bilan almashinadi. Arterial bosim ko’tarilgan, nafas olish yetishmovchiligi yo’qolishiga almashinadi. Dastlab qorachig’lar torayadi, keyin kengayadi. Ko’rishning, eshitishning pasayishi, shuningdek tirishishlar kuzatiladi. Beriladigan yordam asosini nafas olishni taminlashdan iborat, chunki nafas markazining falajlanishida o’lim kuzatilishi mumkin. Nikotin organizmdan batamom chiqib ketgunga qadar sun’iy nafas oldirishni davom ettirishi lozim.
Nikotindan surunkali zaxarlanish tamaki chekish bilan bog’liq. Shuni esda tutish lozimki, tamaki tutuni bilan nikotindan tashqari boshqa zaxarli moddalar – fenol, uglerod oksid, sinil kislota ajraladi. Tamaki tutunida radiaktiv moddalarning izlari va benzpiner borligi aniqlangan, ular esa kanserogen modda xisoblanadi. Surunkali zaxarlanishning simptomotikasi xar xil bo’lishi mumkin. Nafas yo’llari shilliq pardalari yallig’lanish xolatlari bo’ladi, gipersalivatsiya kuzatiladi. Oshqozon shirasining kislotaligi kamayadi. Yo’g’on ichak motorikasi kuchayadi.
Qon aylanish sistemasidagi o’zgarishlar – arterial bosim ko’tarilshi va yurak qisqarishlar ritmining tezlashishlaridan tashqari, ekstrasistoliya, paroksizmal taxikardiya bo’lishi mumkin. Nikotin stenokardiya xurujlarini keltirib chiqarishga sabab bo’ladi, bazida so’rishni pasaytiradi. Oliy nerv faoliyati tomonidan jiddiy o’zgarishlar kuzatiladi.
Tamaki chekish sog’liqqa katta zarar keltiradi. U yurak ishemik kasalliklari, o’pka rakni, surunkali bronxit emfizemasi va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi. Chekishning oqibatida shaxsning barvaqt o’limi va invalidlanishi kuzatiladi. N- xolinomimetiklardan dori modda sifatida lobelin va sitizin ishlatiladi, ular reflaktor ta’sir qiluvchi nafas analeptiklari xisoblanadilar.
Lobelin – Lobelia inflate o’simligi tarkibidagi alkaloiddir. Kimyoviy tuzilishi bo’yicha uchlamchi aminlarga mansubdir. Preparat karotid koptokchalar retseptorlariga xolinomimetik ta’sir ko’rsatib, reflektor tarzda nafas markazini qo’zg’atadi ( uzunchoq miyada joylashgan boshqa markazlarni ham). Avval, qisqa muddatga arterial bosimni pasaytiradi ( markazlarni va adashgan nerv gangliyalarni aktivlaydi), so’ngra uni ko’taradi ( asosan simpatik gangliyalar va buyrak usti bezi mag’iz moddasiga stimullovchi tasir tufayli). Kuchli ifodalangan nafasning qo’zg’alishi nafasning qo’zg’alishi rakitnik (Cytisus labumum) va termopsis ( Thermopsis lanceolata) o’simliklari tarkibida saqlanuvchi alkaloidlar sitizin qo’llanilganda namayon bo’ladi. Kimyoviy tuzulishi bo’yicha sitizin ikkilamchi aminlar guruxiga kiradi. Uning ta’siri N-xolinoretseptorlarning stimulyatsiyasiga bog’liq bo’lib, lobelinga o’xshaydi. Katta konsentratsiyalarda bu alkaloidlar N-xolinoreseptorlarni falajlaydi. Sitizinning 0.15% li eritmasi Sititon nomi bilan chiqariladi. Ikkala preparat ham nafasni stimullash uchun qo’llaniladi ( agar nafas markazining reflektor qo’zg’aluvchanligi saqlangan bo’lsa ). Vena ichiga yuboriladi. Ta’sir davomiyligi juda qisqa. Bundan tashqari, bu ikki alkaloid chekishga bo’lgan xumorlikni chalg’itish maqsadida beriladigan preparatlarning asosiy konponentidir ( sitizin “Tabeks”, lobelin esa “Lobesil” tabletkalari tarkibida bo’ladi ).

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə