Farmakologiya


Adrenergik sinapslarga ta’sir etuvchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə35/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

1.3.Adrenergik sinapslarga ta’sir etuvchi vositalar


Simpatik nervlarning postganglionar tolasi oxirida joylashgan neyro-effektor sinapslarda qo‘zg‘alish impulsining o‘tkazilishi mediator-noradrenalin (NA) vositasida amalga oshadi. Simpatik nerv tolalarinig oxiri effektor a’zo ichida tarmoqlanib, nozik to‘r hosil qiladilar. Ularning uchlari kengaygan bo‘lib, u erda NAning sintezi kechadi va NA to‘planadi. NA fenilalanindan hosil bo‘ladi (fenilalanin-tirozin-DOFA-NA-adrenalin), bunda bir qator fermentlar ishtirok etadi. DOFA va dofamin neyronlar, NA bo‘lsa, vezikulalarda hosil bo‘ladi, chunki dofamin β-gidorksilaza faqat vezikulalarda uchraydi. Adrenergik nerv tolalarida NA uch xil turdagi zahira sifatida yig‘iladi:

  • (labil) o‘zgaruvchan-vezikulalarda;

  • (stabil) turg‘un-vezikulalarda;

  • erkin-sitoplazmada;

Simpatik nervlarni qitiqlaganda ularning oxiridan sinaptik yoriqchaga NA ajraladi va postsinaptik membranada joylashgan adrenoretseptorlar bilan bog‘lanib, ularning depolyarizatsiyalaydi. Adrenoretseptorlarning har-xil kimyoviy birikmalarga sezgirligi bir xil emas, shuning uchun quyidagi adrenoretseptorlar tafovut qilingan:
α1-adrenergik sinapsning postsinaptik membranasida joylashgan.
α2-adrenergik sinapsning presinaptik membranasida (uni qo‘zg‘atilsa NA ajralishi kamayadi), sinapslardan tashqarida, asosan tomirlarning nerv tolalari etmagan ichki qavatida joylashgan (intima), xoynaxoy qondagi adrenalin bilan qo‘zg‘alsa kerak.
β -adrenoretseptorlar postsinaptik membranada joylashgan bo‘lib, β1-yurakda, β2-bronxlar, tomirlarda, bachadonda bor.
Presinaptik membranada joylashgan β2-adrenoretseptorlar xam, bo‘lsa kerak deb taxmin qilinadi (uni qo‘zg‘atilsa NA ajralishi ortadi).
Adrenoretseptorlarning qo‘zg‘alishi, ularga xos bo‘lgan o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Odatda α- adrenoretseptorlar qo‘zg‘alganda a’zoning faolligi ortadi (ichak mushaklardan tashqari, ularning tonusi pasayadi). β-adrenoretseptorlar qo‘zg‘alganda, a’zoning faolligi susayadi (yurakdan tashqari:-taxikardiya, qisqarish kuchi ortadi, avtomatizm ortadi, o‘tkazuvchanlik engillashadi). To‘qimalarda α va β-adrenoretseptorlarning nisbati har xil. Teri, buyrak, ichak qon tomirlarda, me’da-ichak traktining sfinkterlarida, qorataloqning trabekulalarida α-adrenoretseptor ustunlik qiladi.
Bronxlar va sklet mushaklari tomirlarida, hamda yurakda asosan β-adrenoretseptorlar bor. Uglevod va yog‘ almashinuvini boshqaruvchi funksional faol makromlekulalarda xam β-adrenoretseptorlar bor, chunki adrenomimetiklar ta’sirida adrenilatsiklaza faollashadi, ATFdan sAMF hosil bo‘lishi ortib, u proteinkinaza va fosforilaza fermentlarining faolligini navbatma-navbat oshiradi. Natijada glikogen parchalanishi tezlashadi-giperglikemiya yuzaga keladi.
sAMFning ko‘payishi triglitseridlipaza fermentini ham faolligini oshiradi. Natijada, triglitseridlar parchalanib, glitserin va yog‘ kislotalarining miqdori oshib ketadi. NA adrenoretseptoplarga qisqa ta’sir ko‘rsatadi, chunki uning 75-80% presinaptik membranaga tez qayta so‘riladi (neyronal yutilishi) va zahira qilinadi. NAning qolgan qismi effektor xujayralarga yutiladi (ekstraneyronal yutilish – asosan silliq mushaklar) va KOMT (katexol-o-metiltransferaza) va MAO (monoaminoksidaza) ta’sirida parchalanadi.
Presinaptik membranadagi NA xam mitoxondriyalarning MAO si ta’sirida parchalanadi.
Sinaptik (tirqish) yoriqqa ajralgan katexolaminlar, asosan effektor xujayralarning sitoplazmasidagi KOMT fermenti ta’sirida parchalanadi.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə