Farmakologiya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə38/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Adrenoretseptorlarni qo’zg’tuvchi vositalar

(α, β -adrenomimetiklar)


Adrenalin - buyrak usti bezining miya qismidagi xromaffin xujayralarida hosil bo‘ladigan gormon. Sintetik yo‘l bilan ham olingan. So‘yilgan qora mollarning buyrak usti bezidan ajratib olinadi.
Adrenalin α va β-adrenoretseptorlarni bevosita qo‘zg‘atadi. Fiziologik konsentratsiyalarida faqat β-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi, katta konsentratsiyalarda α adrenoretseptorlarni ham qo‘zg‘atadi. Buning natijasida yurak qisqarishlarining soni va kuchi ortadi (yurakning minutlik va sistolik hajmi ortadi), qon bosimi ko‘tariladi, ko‘z qorachig‘i kengayadi, lekin ko‘zning ichki bosimi oshmaydi, chunki tomirlar torayadi va suyuqlik ishlab chiqish pasayadi. Bronxlarning silliq muskullari bo‘shashadi. Agar bronxospazm bo‘lsa yo‘qo­ladi, MITning sfinkterlari tonusi oshadi, lekin a’zolar tonusi va harakati pasayadi. Qorataloq qisqaradi, undagi qon tomirlarga o‘tadi. Teri, ichak, buyrakning qon tomirlari torayadi, bosh miya, o‘pka, skelet mushaklar, yurak qon tomirlari kengayadi. Giperglikemiya va giperlipidimiya rivojlanadi. YUrak mushaklarining O2 ga bo‘lgan talabi ortadi. Qonda sut kislotasi miqdori ortadi. MNSni adrenalin qo‘zg‘atadi (bezovtalanish, tremor yuzaga keladi), MITda adrenalin parchalanib ketishi tufayli, uni faqat mahalliy yoki parenteral yo‘l bilan kiritiladi - (t/o, m/i, t/i), adrenalinning ta’siri davomli emas (5 min tomirga, 30 min mushakga kiritilsa), chunki ekstraneyronal yutiladi va parchalanadi.
Qo‘llanilishi:

  • anafilaktik shok (bronxlarni kengayishi, qon bosimi ko‘tarish uchun)

  • bronxial astma hurujlarini daf etish

  • gipoglikemik koma

  • mahalliy anesteziyada (qon tomirlarni toraytirish uchun)

  • ochiq burchakli glaukomada, ko‘z qorachig‘ini kengaytirish uchun.

Adrenalin yurak qorinchalari ekstrosistoliyasiga olib kelishi mumkin, ayniqsa miokardni unga sezgirligini oshiruvchi moddalar ta’sirida (ftorotan, siklopropan).
Noradrenalin - α va β adrenoretseptorlarni (kuchsizroq β2) bevosita qo‘zg‘atadi. qon bosimi kuchli, lekin qisqa oshadi (bir necha minut), chunki teri, shilliq qavatlari, MIT a’zolarini, buyrak qon tomirlarini toraytirib, ularning umumiy periferik qarshiligini oshiradi. β2-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atmaganligi sababi-dan NA ta’sirida adrenolinnikiga o‘xshab keyinroq qon bosimi pasaymaydi.
NA bradikardiyaga olib keladi, chunki karotid koptokchasidagi baroretseptorlar qo‘zg‘alib, reflektor yo‘l bilan adashgan nerv markazi qo‘zg‘aladi, lekin yurakning sistolik hajmi ortadi. MNS, ichki a’zolarning mushaklariga va modda almashinuviga NA adrenalinga o‘xshab, lekin kuchsizroq ta’sir ko‘rsatadi. MITda NA parchalanganligi uchun uni parenteral yo‘l bilan kiritiladi. Teri ostiga kiritilganda, tomirlarni kuchli toraytirganidan, nerkozga olib keladi, shuning uchun t/i tomchilab, qon bosimini e’tiborga olgan holda kiritiladi.
Organizmda NA tez parchalanadi va uning qoldiqlari buyrak orqali peshob tarkibida ajraladi.
Organizmdagi NAning asosiy miqdori presinaptik membranada hosil bo‘ladi. Faqat 15% buyrak usti bezining miya qismida sintezlanadi.
Qo‘llanilishi: qon bosimini keskin pasaygan holatlarida (travmatik shoklar, xirurgik muolajalar va hokazo).
Noxush ta’sirlar: kamdan kam uchraydi (bosh og‘rig‘i, aritmiya, nafas olishning buzilishi).

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə