Farmakologiya


Gazsimon narkotik vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə46/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Gazsimon narkotik vositalar


Azot (I)-oksid -rangsiz, hidsiz gaz bo‘lib, mahalliy qitiqlantiruvchi xususiyati yo‘q, zaharsiz modda hisoblanadi. Narkotik kuchi sust. Narkoz rivojlanishi uchun uni nafas yo‘llariga 94 hajm % miqdorida kiritish kerak, lekin bunda gipoksiya vujudga keladi. Agar 80-86% miqdorda berilsa, yuzaki narkoz rivojlanadi (“shodlantiruvchi gaz”). Anesteziologiyada 80% azot (I)-oksidi va 20% kislorod aralashmasidan foydalaniladi. Bunda tez, qo‘zg‘alish bosqichi qisqa bo‘lgan, oson boshqariladigan narkoz yuzaga keladi. Lekin narkoz chuqur bo‘lmaydi, mushaklar bo‘shashmaydi. Preparatni berishni to‘xtatish bilan bemor uyg‘onadi. Noxush ta’sirlari yo‘q. Alangalanmaydi, lekin efir bilan aralashmasi portlashi mumkin. Odatda bu preparatni boshqa faolligi yuqori bo‘lgan narkotiklar bilan (ftorotan), kuraresimon vositalar bilan qo‘shib qo‘llaniladi. Faqat jarrohlikda emas, balki kuchli og‘riqlarni daf etishda ham ishlatiladi. (miokard infarkti). Preparat nafas yo‘llari orqali o‘zgarmagan holda organizmdan ajraladi.
Siklopropan- Azot (I)-oksididan narkotik va og‘riqsizlantirish kuchi yuqoriligi bilan farq qiladi.
Narkotik ta’sir kengligi katta. Tez yuzaga chiquvchi (3-5 min), chuqur, qo‘zg‘alish bosqichi juda sust va qisqa bo‘lgan narkoz chaqiradi. Bunda skelet mushaklari yaxshi bo‘shashadi, narkozni boshqarish engil, narkozdan uyg‘onish qisqa (bir necha daqiqa). Preparatning asosiy kamchiligi bu kardiotoksik ta’siri, ya’ni siklopropan har turli aritmiyalarni, xatto qorinchalar (ekstrosistoliyasi, bradikardiya) mushaklarining titrashini chaqiradi, chunki u miokardni adrenalinga bo‘lgan sezuvchanligini oshirib yuboradi. Bundan tashqari siklopropan qon bosimini oshiradi, giperglikemiya, glyukozuriyani rivojlantiradi, nafas olishni yomonlashtiradi. Preparat o‘pka orqali ajraladi. Narkozdan keyingi davrda analgeziya bo‘lmaganligidan bemorlar og‘riqni sezadilar, bosh og‘rig‘i, ichak parezi, qayt qilish kuzatiladi.
Ko‘pincha boshqa narkotiklar bilan birga qo‘llaniladi (azod-oksidi,efir) nafas yo‘llari bezlari sekretsiyasini kuchaytirmaganligi sababli o‘pka kasalliklari bor bemorlar siklopropan bilan chaqirilgan narkozni yaxshi o‘tkazadilar.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə