Farmakologiya


Uyqu chaqiruvchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə49/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Uyqu chaqiruvchi vositalar


Bu turkum vositalar uyquni turli xil buzilishlarini bartaraf etishda qo‘llaniladi, chunki ular mudroq bosish va mo‘‘tadil davomli uyquni rivojlantiradilar. Uyqu bu bosh miya po‘stloq qavatining va uni ostidagi markazlar faolligini keng ko‘lamda keskin susayishi (tormozlanishi)dir. U MNSning holsizlanishi, madori qurishidan saqlaydi (muhofaza qiladi). Albatta uyquni rivojlanishi uchun ma’lum shart-sharoitlar kerak.
Inson umrini 1/3 qismini uyquda o‘tkazadi. Bolalar va keksalar ko‘proq uxlashlari kerak. Uyqu buzilishini uch turi mavjud:

  • mudroq bosish va uyquni boshlanishini buzilishi

  • uyqu davomligini buzilishi (boshida yaxshi uxlaydi, 2-3 soatdan keyin uyg‘onadi)

  • uyqu chuqurligini buzishi (yuzaki uyqu).

Eng yaxshi uyqu chaqiruvchi vosita quyidagicha bo‘lishi kerak:

  • fiziologik uyquni tiklashi kerak, uyquning tarkibini o‘zgartirmasligi kerak.

  • barcha turdagi xastaliklarda yaxshi natija berishi kerak.

  • ta’siri tez boshlanishi va mo‘‘tadil vaqt uyqu chaqirishi kerak.

  • nafas va qon aylanish markazlariga, xotira va boshqa funksiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.

  • o‘rganish va tobe (jismoniy va ruxiy) lik chaqirmasligi kerak.

SHu kungacha bu talablarning barchasini qoniqtira oladigan uyqu dorisi yaratilmaganligi sababdan bu borada izlanishlar davom etmoqda.
MNSga ta’siri jihatidan uyqu chaqiruvchi vositalar (ayniqsa klassiklari) narkotik dorilar turiga kiradilar, ya’ni kichik miqdorlari – tinchlantiruvchi, o‘rtacha miqdorlari-uyqu, katta miqdorlari-narkoz rivojlantiradilar. Lekin narkoz uchun, ular yaroqsizdirlar, chunki narkotik kengligi tor. Har-xil kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan uyqu vositalarning ta’sir etish makoni turli, ya’ni ular MNSni har-xil bo‘limlarida sinaps o‘tkazuvchanligini buzadilar. SHuning uchun asosan bosh miyaning po‘stloq qavatiga ta’sir etuvchi, bosh miya o‘zagiga (stvol) ta’sir etuvchi, limbik sistemaga ta’sir etuvchi va boshqa turdagi uyqu vositalari tafovutlanadi.
Hozirda uyqu vositalarining quyidagicha tasnifi qabul qilingan.

  1. Anksiolitiklar guruhi (nitrazepam, sibazon, diazepam va boshqa benzodiazepinlar)

  2. Narkotik tipdagi ta’sir etuvchilar guruhi:

  1. geterotsiklik birikmalar (barbituratlar) fenobarbital, barbital natriy, barbamil, etaminal natriy)

  2. alifatik birikmalar (xloralgidrat, bromizoval)

  1. Turli kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan birikmalar (dimedrol, natriy-oksibutirat)

Uyqu chaqiruvchi vositalarning ta’sir mexanizmi aniq emas, chunki uyquning kelib chiqish mexanizmi ham oxirigacha xal etilmagan. Uyqu faol jarayon bo‘lib, unda retikulyar formatsiyaning rostal qismi faoliyati susayib (bosh miya po‘stloq qismini kuchaytiruvchi), gipnogen bo‘limlariniki esa ortadi, deb hisoblanadi. Balki uyqu vositalari gipnogen qismlarga ta’sir qilsa kerak. Barbituratlar bosh miyaning o‘zak qismidan po‘stloq qismiga qo‘zg‘atish impulslarini o‘tishini kamaytirsa, anksiolitiklar limbik qismiga ta’sir etadilar. Balki uxlatuvchi vositalar uyquni rivojlantiruvchi endogen birikmalarni (delta peptid) ajralishini oshirsalar kerak. Lekin fiziologik uyqu, uxlatuvchi vositalar bilan chaqirilgan uyqudan farqlanadi, chunki ular ta’sirida uyquning “tez” (odatda uning davomliligi “sekin” kechuvchi fazadan 4 marta qisqaroq) va ”sekin” davrlarni davriy almashinishlari va ularning davomliligi buziladi. Bu organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. M-n: barbituratlar ta’sirida uyquning “tez” o‘tuvchi davri qisqaradi. Anksilotiklarning bu kabi ta’siri sustroq.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə