Farmakologiya


Anksiolitiklar guruhidagi uxlatuvchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə50/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Anksiolitiklar guruhidagi uxlatuvchi vositalar


Anksiolitiklarning (anxius-bezovtalanish, qo‘rquv bilan qamralgan, lysis-eritish) ko‘plari hayajonni kamaytirish hisobiga uyquni rivojlanishiga yo‘l ochib beradilar. Bu borada benzodiazepin hosilalarining uzoq (sibazon) va mo‘‘tadil ta’sir etuvchilari (nitrozopam, fenazepam) ko‘proq ahamiyatlidir.
Benzodiazepinlarning ta’sir mexanizimi GAMK-A repseptorlarga GAMKning affinetitining (mosligini) oshirib, GAMKning tormozlovchi ta’sirini orttirishidan iborat. Bunda xlor ionoforlarining davomliroq ochilishi (yoki ularning sonini ortishi) kuzatilib, neyronlar ichiga ionlar ko‘proq kiradi va postsinaptik membranada tormozlanish potensiali ortadi, gipokampda va limbik sistema impulsdan keyingi gipotalamusga ta’sir etish rivojlanmaydi.
Nitrozepam(Nitrazepamum) - uxlatish, anksiolitik, tinchlantiruvchi, tirishishga qarshi va miorelaksantlik ta’siriga ega. Ichilgandan 30-60daqiqa keyin, uyqu boshlanadi va 6-8 soat davom etadi. Ta’siri tugagach, salbiy o‘zgarishlar kuzatilmaydi. YUrak-tomir va parenximatoz a’zolarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Alkogol va narkotik moddalarning ta’sirini kuchaytiradi. MITdan yaxshi so‘riladi. Jigarda parchalanadi. Organizmda yig‘ilib qolmaydi.
Qo‘llanilishi: uyquni turli xil buzilishlarida, nevrozlarda, qo‘rquv bilan kechadigan ruhiy xastaliklarda, travmalarda, miyada qon aylanishining buzilishida, surunkali alkogolizmning abstinent sindromida, tutqanoqda, operatsiyalardan oldin va keyin. Nitrazepam qabul qilganlar, avtotransport haydashlari mumkin emas. Homiladorlik, miasteniya, jigar va buyrak xastaligida qo‘llash mumkin emas.
Sibazon (Sibazonum) - tibbiyotda keng qo‘llaniluvchi anksioltik. Mo‘‘tadil uxlatuvchi ta’sirga ega. Narkotik, uxlatuvchi, og‘riqsizlantiruvchi va alkogol ta’sirini kuchaytiradi. Miorelaksant va tirishishni daf etish xususiyatiga ega. Me’daning tungi sekretsiyasini pasaytirganligidan oshqozon va 12 barmoqli ichak yara xastaligida ahamiyatlidir. Antiaritmik ta’siriga ega. Sibazonni qon tomir, mushaklarga kiritish va ichish mumkin. Uyqudan oldin 1-2 tabl. ichiladi.
Reladorm(tarkibiga siklobarbital 0,1+sibazon 0,01 kiradi)- Nitrazepam qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarda, kuchli qichish bilan kechuvchi dermatozlar qo‘llaniladi.
Fenazepam (Fenazepam). YUksak faollikka ega bo‘lgan anksiolitik bo‘lib, benzodiazepining boshqa hosilalaridan ustunlikka ega. YUqorida keltirilgan xastaliklarda qo‘llaniladi.
Anksiolitiklar guruhidagi uxlatuvchi vositalar, barbitur kislotasining hosilalaridan quyidagi belgilari bilan farqlanadilar:

  • uyquning tarkibini kamroq buzadilar.

  • terapevtik ta’sir kengligi kattaroq

  • zaharlanish va doriga tobelikni kam rivojlantiradilar

  • MOSni induksiyalash qobiliyati pastroq.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə