Farmakologiya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə58/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Trimethinum



Ichishga 0,2-0,3 g

Kukun ; tabletka 0,1 va 0,3 g


Dorilarning chiqarilish shakli:


PARKINSONIZMGAGA QARSHI MODDALAR
Bu gurux moddalar Parkinson kasalligini va turli xil sabablarga ko’ra kelib chiqqan parkinsonizm xolatini davolash uchun qo’llaniladi. Parkinson kasalligi surunkali neyrodegenerativ kasallik bo’lib, ekstrapiramid yadrolarining zararlanishi bilan kechadi.Kasallikni eng ko’p ko’rinishi skelet mushaklarining rigidligi1 (mushaklar tonusini oshishi), tremor (doimiy ixtiyorsiz, noaniq titroq), gipokineziya2 (xarakatni cheklanishi). Bemor xolati va yurish harakatlari ham buziladi. Sekin astalik bilan ruxiy o’zgarishlar, aqliy faoliyatni o’zgarishi kuzatiladi. Parkinson kasalligini kelib chiqish sababi noaniq. Aniqlanishicha, bazal yadrolarda va qora substanstiyada dofamin miqdori kamayishi kuzatilgan, dofamin neostriatumga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumki, dofamin orqa miya faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi. Zamonaviy tushintirishlarga ko’ra, dofaminergik qora striat neyronlarning kamayishi hisobiga dofaminni etishmasligi, parkinson sindromiga xos bo’lgan xarakatni buzilishi, ruxiy o’zgarishlarni kelib chiqishiga asosiy sabab bo’ladi. Oxirgi yillarda ma’lum bo’ldiki, Parkinson kasalligini kelib chiqishida, miyada dofaminergik va glutamatergik tizimlarda kelib chiqqan disbalans asosiy rol o’ynaydi. Aniqlanishiga ko’ra, Parkinson kasalligini rivojlanishida qora substanstiya neyronlarida dofamin miqdorini kamayishi, va uni neostriatum neyronlariga tormozlovchi ta’sirni kamayishiga bog‘liq. Shu xolatda glutamatergik neyronlarni jadalashtiruvchi ta’siri oshib boradi. Bu esa harakat va ruhiy funkstiyalarni buzilishiga olib keladi, natijada gipokineziya, tremor, rigidnost va bradifreniya kuzatiladi. Shuni hisobga olib, Parkinson kasalligini davolash turli mediatorlar tizimidagi dinamik notengsizlikni tiklashga qaratilgan. Parkinsonizm farmakoterapiyasining asosiy vazifasi, tegishli bo’lgan neyron yadrolarda dofamin etishmasligini bartaraf qilish. Shu maqsadda dofamindan foydalanish mumkin emas, chunki dofamin gematoenstefalik to’siqdan o’tmaydi va oddiy yo’l bilan yuborilganda miya to’qimasiga etib bormaydi.

Shuning uchun Parkinsonizmda dofaminning o’tmishdoshi L-DOFA qo’llaniladi, bu to’qima to’siqlaridan o’tadi va DOFA dekorboksilaza fermenti ta’sirida dofaminga aylanadi. 80-yillarning XX asrda AQSh narkomanlari qabul qilgan geroin tipidagi preparatlardan MRTR (1-metil,-4-fenil-1,2,3,6-tetragidropiridin) birikma ajratib olingan bo’lib, bu modda insonlarda, hayvonlarda tanlab, qaytmas dofamin nigrostriat neyronlarni buzilishiga olib kelgan, shuning natijasida Parkinson kasalligi tipidagi harakat buzilishlari kelib chiqqan. Fikrlarga ko’ra , bu birikma parkinsonizm kelib chiqishida sabab bo’lishi mumkin. Lekin bu moddani hosil bo’lish manbai noma’lum, hamda inson organizmiga tashqi muxitdan tushish yo’llari ham noma’lum. Hozirgi kunda MRTR farmakologiyada eksperimental pakinsonizm modelini olishda ishlatiladi. Ko’ndalang targ‘il tana corpus striatum (ikkita yadroni birlashtiradi ya’ni dumli yadro nucleus caudatus va skorlupu - -putame neostriatum) va nimrang shar- globus pallidus (paleostriatum). Bradifreniya (grekchadan bradys –asta sekin, phren-aql, razum) ruxiy jarayonlarni sekin kechishi (fikr, xayajon, nutk). Dofaminergik sistemani faolligini dofaminni qora substanstiyadan ajralishini oshirish yoki dofaminni qayta qabul qilinishini kamaytirish hisobiga oshirish mumkin. Shu maqsadda dofamin resteptorlarini qo’zg‘atuvchi moddalardan foydalanish maqsadga muvofiq. MAO ingibitorlarini qo’llash shubxasiz qiziqtirish uyg‘otadi, chunki miya to’qimasida dofaminni parchalanishi to’xtaydi.
Glutamatergik ta’sirlarni falajlovchi moddalar ham ahamiyatga ega. Shunday preparatlarga NMDA-resteptorlarining antagonistlari kirib, bular glutamatergik neyronlarni bazal yadrolarga jadalashtiruvchi ta’sirini falajlaydi, dofaminergik neyronlarni degenerativ o’zgarishlarini susaytiradi. Ekstrapiramid sistema yadrolarining funksiyalarida xolinergik neyronlarlar ishtirok etadi. Dofamin etishmasligi natijasida xolinergik ta’sirlar oshib ketadi. Dofaminergik va xolinergik ta’sirlar o’rtasidagi disbalansni markaziy xolinolitiklar buyurilishi bilan bartaraf qilish mumkin.
Bu guruxga kiruvchi preparatlar buzilgan muvozanatni, xolenergik ta’sirlarni falajlashi tufayli tiklaydi. Shu qoidalarga ko’ra parkinsonizmgaga qarshi preparatlar quyidagi guruxlarga bo’linadi.


  1. Yüklə 17,97 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya