Farmakologiya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə60/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

2.3.Neyroleptiklar


(antipsixotik vositalar)
Neyroleptiklar kuchli tinchlantirish va antipsixotik ta’sir (ya’ni alaxsirash, gallyusinatsiyalarni yo‘qotadilar)ga egadir. Shu tufayli kuchli his-hayajonlar, ruhiy va harakat qo‘zg‘alishini kamaytiradilar, ruhiy bemorlarda alaxsirash, gallyusinatsiyalarni keskin kamaytirish hisobiga kasallikni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladilar. Neyroleptiklarning antipsixotik ta’sir mexanizmi limbik sistemada (neostriatumda) dofamin retseptorlarini susayishi bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Qora substansiyaning neostriatumni tormozlovchi ta’siri, neyroleptiklar ta’sirida qamallanishi tufayli, neostriatumni harakat faolligini boshqarishdagi qatnashishi buziladi, natijada dorilar ta’sirida yuzaga chiqadigan parkinsonizm rivojlanadi. Darxaqiqat, bu neyroleptiklarning noxush asoratlaridan biridir.
Neostriatum funksional holatining buzilishi, neyroleptiklarning antipsixotik va boshqa ta’sirlarining (qayt qilishga qarshi, tana haroratining pasayishi, galaktoreya va boshqalar) rivojlanishda ham axamiyati bo‘lsa kerak. Neyroleptiklarning tinchlantiruvchi ta’siri retikulyar formatsiyaning miya po‘stloq qavatiga faollashtiruvchi ta’sirning susayishi bilan tushuntirish mumkin, chunki neyroleptiklar ta’sirida retikulyar formatsiya neyronlarning noradrenalinga bo‘lgan sezuvchanligi kamayadi. Neyroleptiklarning tinchlantiruvchi ta’sirining zaminida ularning limbik sistema va gipotalamusga ta’siri muhim axamiyatga ega. Bundan tashqari neyroleptiklar presinaptik membranaga ta’sir etib, undan NA va dofaminning ajralishini, hamda ularning neyronal qayta so‘rilishini buzadilar. Shu bilan bir qatorda neyroleptiklar bosh miyadagi serotonin va M-xolinoretseptorlarning qamal qilsalar kerak.
Klassifikatsiya
1. “Tipik” antipsixotik vositalar:

  • Fenotiazin unumlari: aminazin, triftazin, ftorfenazin

  • Tioksanten unumlari: xlorproteksin

  • Buterofenon unumlari: galoperidol, droperidol

2. “Atipik” antipsixotik vositalar:

  • Benzamidlar: sulpirid

  • Dibenzodiazepin unumlari: klozapin



Aminazin- Fenotiazin unumlarining eng tipik vakili, keng ta’sir doirasiga ega; MNS ga, periferik innervatsiyaga, ijro a’zolariga va moddalar almashinuviga kuchli ta’sir etadi:

  • antipsixotik, sedativ ta’sir. Davomli qo‘llanilganda ekstrapiramid o‘zgarishlar chiqaradi;

  • gipotonik ta’sir (yuzaki uyqu chaqiradi);

  • markaziy miorelaksantlik ta’siri (mushaklar tonusining supraspinal boshqaruvini susaytiradi, lekin bevosita orqa miyaga ta’siri yo‘k);

  • tana xaroratini boshqarish markazini susaytiradi (harorat tarqatishni kuchaytiradi, sovuq muhitda tana haroratini pasaytiradi);

  • qayt qilishni to‘xtatadi (4 qorincha ostidagi triger – zonani - qayt qilishni boshlaydigan qamal qiladi);

  • narkotik, uyqu chaqiruvchi va narkotik analgetiklar ta’sirini kuchaytiradi;

  • periferik alfa adrenoblokator ta’siriga ega (gipotalamusdagi markazlarni va yurak qisqarishini pasaytiradi). Qon bosimi pasayadi;

  • antiaritmik ta’sir etadi;

  • M-xolinoblokatorlik ta’siriga ega (so‘lak, bronxlar va MIT bezlarining faoliyatini pasaytiradi);

  • maxalliy qo‘zg‘atuvchilik ta’siriga ega( maxalliy anesteziya chaqiradi, ter iva shilliq qavatlarda yallig‘lanish chaqiradi).

  • silliq mushaklarga bevosita ta’sir etib, ularni bo‘shashtiradi (spamolitik);

  • N1 retseptorlarni qamal qilib yorqin antigistamin ta’sir ko‘rsatadi;

Aminazinni enteral va parenteral yo‘l bilan qo‘llash mumkinn. 6 soat ta’sir etadi. MITdan yomon so‘riladi. Ko‘p qismi jigarda parchalanadi. Buyrak va ichak orqali ajraladi. Davomli qo‘llanilganda aminazinga ko‘nikish rivojlanadi, lekin antipsixotik ta’sir kuchi o‘zgarmaydi.
Etaperazin- faol neyroleptik hisoblanadi. Qayt qilishni va xichoqni bartaraf etish kuchi bo‘yicha aminazindan ustun keladi. Miorelaksantlik ta’siri bor. Uyqu chaqiruvchi, narkotik va boshqa MNSga susaytiruvchi moddalar ta’sirini aminazinga nisbatan kamroq kuchaytiradi. Gipotermik, adrenolitik ta’siri bo‘yicha aminazindan kuchsiz, lekin antipsixotik ta’sir kuchi bo‘yicha aminazindan ustun. SHuning uchun aminazinni ta’siri kamaygan bemorlarda yaxshi samara beradi. Gipotenziv, adrenoblokatorlik, xolinoblokatorlik va spazmolitik xususiyatlari aminazinga nisbatan 2 marta kamroq.
Triftazin-tanlab ta’sir etuvchi va kuchli va antipsixotik preparat. Qayt qilishni to‘xtatish ta’sir kuchli lekin kuchsiz adrenolitik. Uyqu chaqiruvchi vositalar ta’sirini kamroq kuchaytiradi. Antigistamin, spazmolitik va tutqanoq talvasasiga qarshi ta’siri yo‘q. Lekin alaxlash va gallyusinatsiyalarga qarshi ta’siri aminazinnikidan ancha yuqori. Triftazin qo‘llanilganda harakat tangligi, umumiy xolsizlik, karaxtlik rivojlanmaydi, balki bemorlarning atrof muxitga qiziqishlari, mexnatga munosabatlari, harakatchanlik ortadi, chunki mo‘‘tadil stimullovchi (quvvatlantiruvchi) tasirga ega. Aminazinga nisbatan kamroq noxush asoratlar chaqiradi. (agronulotsitoz, jigar funksiyalarining buzilishi, allergik reaksiyalar).
Ftorfenazin - kuchli neyroleptik va qayt qilishni to‘xtatish ta’siriga ega. Markaziy nerv sistemasida dofamin retseptorlarini adrenoretseptorlarga nisbatan kuchli qamal qiladi. Kuchli antipsixotik ta’siri, mutadil faollashtiruvchi (quvatlantiruvchi) ta’siri bilan mujassamlashgan. Faqat katta dozalarda sedativ (tinchlantiruvchi) ta’sir namoyon bo‘ladi. Alahlash va gallyusinatsiyalarga o‘xshash holatlarda triftazinga nisbatan samaradorligi sustroq. Qo‘llanilganda tez-tez ekstrapiramid buzilishlar rivojlanadi, tirishish ham bo‘lishi mumkin.
Ftorfenazin-dekonat-davomli ta’sirga ega, kuchli neyroleptik. Mushak ichiga 1marta kiritilgach 1-2 xafta ta’sir etadi.
Fenotiazin unumlarining noxush ta’siri: umumiy holsizlik, uyqusirash, befarqlik, og‘iz qurishi, gipotoniya, ortastatik kollaps (aminazin), bilirubinni organizmda to‘planib qolishi (sariqlik ), parkinsonizm, davomli qo‘llanganda depressiya (tushkunlik) rivojlanishi, leykopeniya, agronulotsitoz, fotosensibilizatsiya, terida dog‘lar paydo bo‘lishi, shilliq qavatlar va terining yallig‘lanishi.
Xlorprotiksen- tioksanten hosilasi. Qayt qilishni to‘xtatish ta’siri kuchli, sedativ, antipsixotik ta’sirga ega, og‘riqsizlantiruvchi va uxlatuvchi vositalar ta’sirni kuchaytiradi, mo‘‘tadil adrenolitik, kuchsiz tirishishga qarshi va kuchli antixolinergik ta’sirga ega. Xlorprotiksenning neyroleptik ta’siri, antidepressiv ta’sir bilan mujassamlashgan. Kamdan-kam xollarda ekstrapiramid buzilishlar chaqiradi. Bemorlar yaxshi qabul qiladilar, behollik, tushkunlik, fotosensibilizatsiya va terida dog‘lar rivojlanmaydi.
Galoperidol-butirofenon hosilasi. Hozirgi zamon eng kuchli neyroleptiklar namoyondasi. Sedativ ta’siriga ega, uxlatuvchi, narkotiklar, og‘riqsizlatiruvchi vositalar ta’sirini kuchaytiradi. Markaziy alfaadrenergik va ayniqsa dofaminergik retseptorlarni qamal qiladi. Antixolinergik ta’sirga ega emas. Tez-tez ekstrapiramid buzilishlarga olib keladi. Qayt qilishni to‘xtatish xususiyati kuchli darajada rivojlangan. O‘tkir alaxsirash, maniakal holatlarni daf etishda yuqori samara beradi. Boshqa neyroleptiklar foyda bermagan hollarda ham yaxshi natija ko‘rsatadi. Aminazindan farqli ularoq bexollik va farqsizlik chaqirmaydi, balki faollashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Gallyusinatsiyalarni tez bartaraf etadi. Ta’siri tez rivojlanadi, qonda 2-6 soatdan keyin eng katta miqdorga etadi va taxminan 3 kun saqlanadi, chunki organizmdan sekin ajraladi. (5kun davomida peshob tarkibida faqat 40%gina ajraladi). Fenotiazin unumlaridan farq qilib, uyquning tez davrini qisqartirmaydi. Ganglioblokatorlik va atropinsimon ta’siri yo‘q, periferik alfa-adrenoretseptorlarni kuchsiz qamal qiladi. SHuning uchun qon bosimini tushirmaydi, ortostatik kollaps rivojlanmaydi.
Droperidol-butirofenon unumi tez va kuchli lekin qisqa muddatli neyroleptik ta’sir etadi. Tomirga kiritilganda ta’sri 2-5 daqiqadan keyin boshlanadi, 20-30 maks. etadi, 2-3 soat davom etadi. Narkotik, analgetiklar, uxlatuvchi va miorelaksantlar ta’sirini kuchaytiradi. Karaxtlik (shok) va qayt qilishga qarshi, alfa-adrenolitik, markaziy dofamin retseptorlarni qamallovchi xossaga ega, xolinolitik ta’siri yo‘q. Qon bosimini tushiradi, antiaritmik ta’siri bor. Kuchli kataleptogenlik tasiriga ega. Neyroleptanalgeziya uchun qo‘llaniladi..
Sulpirid-Benzamin hosilasi D2-dofamin retseptorlarini tanlab qamal qiladi. Mo‘‘tadil neyroleptik qayt qilishni to‘xtatuvchi, antidepressantlik ta’siriga ega. Sedativ va tirishishga qarshi xossasi yo‘q. Analeptiklar va uxlatuvchi barbituratlar ta’sirini kuchaytirmaydi. Ekstrapiramid o‘zgarishlar chaqirmaydi. Qon bosimini mo‘‘tadil tushiradi. MITdan yomon so‘riladi. T½=5-10soat. Bemorlar yaxshi qabul qiladilar.
Klozapin-Dibenzodiazepen unumi. Neyroleptik, antipsixotik ta’siri kuchli bo‘lib, sedativlik xossasi bilan uyg‘unlashgan. Preparatning yaxshi tomoni shuki, u kamroq ekstrapiramid o‘zgarishlar chaqiradi. Miorelaksantlarga xos ta’sir ko‘rsatadi, analgetik va uxlatuvchi vositalar ta’sirini kuchaytiradi. Markaziy va periferik antixolinergik ta’siri kuchli. Periferik alfaadrenolitik ta’siri yaxshi namoyon bo‘ladi. Presinaptik membranalaridan dofamin ajralishini kamaytiradi. Aminazin va boshqa fenotiazin unumlari kabi kuchli umumiy susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Klozapinni bemorlar yaxshi qabul qiladilar, lekin uyqusirash, es-xushni xiralashishi, mushaklarning xolsizligi, ortostatik gipotenziya, taxikardiya, og‘iz qurishi kabi noxush ta’sirlar rivojlanadi.
Jiddiy asorati bu granulotsitopeniya-agronulotsitoz.
Rezerpin-neyroleptik, antipsixotik vosita sifatida hozirda kam, faqat boshqa neyroleptiklarni ishlatib bo‘lmaydigan xollarda qo‘llaniladi.
Neyroleptiklarni qo‘llash: psixozlar (alaxsirash), ruhiy xastaliklar (ayniqsa kuchli tajavuzkorlik, qo‘zg‘alish, alaxsirash va gallyusinatsiyalar bilan kechadiganlarida);

  • dorilarga qaramlik (tobelik)ni to‘xtatishda;

  • qayt qilish va xiqchoq tutishni to‘xtatishda;

  • anesteziologiyada (suniy gibernatsiya, narkotik, uxlatuvchi, analeptik vositalar ta’sirini kuchaytirish, neyroleptanalgeziya);

Neyroleptiklarning ko‘plariga o‘rganish rivojlanadi.
Preparatlarning chiqarilish shakli:

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə