Farmakologiya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə63/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Sedativ vositalar


Oliy nerv faoliyatiga bu vositalar tinchlantiruvchi ta’sir etadilar va nevrozlarga xos ba’zi belgilarni (jahldorlikni) susaytiradilar, kayfiyatni yaxshilaydilar, uyquni mo‘‘tadillashtiradilar, chunki ular bosh miyadagi tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarini orasidagi munosabatni muvofiqlashtiradilar. Bu borada sedativ vositalar anksiolitiklarga nisbatan kuchsizroq bo‘lib, tinchlantirishga tanlab ta’sir etmaydilar. Sedativ vositalarga brom tuzlari, valeriana va arslon quyruq o‘simliklarining preparatlari kiradi.
Natriy bromidi (kaliy bromidi)- Brom preparatlari miyaning po‘stloq qavatida (ayniqsa MNS qo‘zg‘aluvchanligi ortganda) tormozlanish jarayonini mujassamlashtiradilar va kuchaytiradilar. Ushbu preparatlarning ta’siri ayniqsa nevrozlarda yorqin namoyon bo‘ladi. Tirishishni susaytiruvchi ta’sir kuchi epilepsiyada qo‘llaniladigan vositalar kuchidan anchagina past. Bromidlarni asosan isteriya, nevrosteniya va boshqa nevrozlarda qo‘llashadi. MITdan brom tuzlari yaxshi so‘riladilar. Asosan buyrak orqali ajraladi, lekin uzoq vaqt davomida (T ½=12 kun). Bundan tashqari ichak, teri va sut bezlari orqali ham ajraladi. SHu tufayli brom tuzlari organizmda to‘planib qoladi va bromizm rivojlanadi: sust faollik, xotiraning pasayishi, terining jarohatlanishi, shilliq qavatlarning yallig‘­lanishi: yo‘tal, bronxit, tumov, konyuktivitlar, ich ketish; daf etish uchun suyuqlikni ko‘p iste’mol qilish, NaCl (10-20g), peshob haydovchi vositalar (saluretiklar) qo‘llaniladi.
Qo‘llanilishi: nevrasteniya, nevrozlar, isteriya, uyqusizlik, xafaqon xastaligining boshlang‘ich davri, tutqanoq xastaligi, xoreya.
Bromizmni oldini olish uchun surgi dorilar ichish,og‘iz chayish,tez-tez yuvinish kerak.
Bromidlarning sezilarli noxush ta’sirini yo‘qligi, bemorlarning yaxshi qabul qilishlari, ularni kunlik tibbiy ambulatoriya sharoitida ham, keng qo‘llash imkoniyatini beradi, ayniqsa keksa va qariyalarda. Brom tuzlariga o‘rganish, ko‘nikish, ruhiy va jismoniy tobelik (karamlik) rivojlanmaydi.
Valeriana preparatlari- (tindirma, ekstrakt). Valeriana o‘simligining ildizidan tayyorlanadi. Tarkibida izovalerian va valerian kislotalari, borneol bor. Valeriana preparatlari MNSga tinchlantiruvchi ta’sir etadi, uxlatuvchi dorilarning ta’sirini kuchaytiradi, ichki a’zolarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradigan spazmolitik ta’sir ko‘rsatadi. MNSning qo‘zg‘atuvchanligini kamaytiradi. Asabni buzilishlari (serjahllik, qo‘zg‘alish), yurak qon tomir sistemasining nevrozlarida, uyqusizlikda, MITning spazmlarida qo‘llaniladi, ko‘p hollarda boshqa tinchlantiruvchi va yurakka ta’sir etuvchi dorilar bilan birga ishlatiladi. Karvalol, valokardin tarkibiga kiradi.
Arslon quyruq o‘tining preparatlari - tarkibida efir moylari, saponinlar, burushtiruvchi moddalar, alkaloidlar bor. MNSga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Xossalari bo‘yicha valeriana preparatiga o‘xshab ketadi.

Nomi

Kattalar uchun o‘rtacha terapevtik doza va kiritish yo‘li

CHiqarish shakli

Natriy bromid – Natrii bromidum

Ichishga 0,15 – 1 g

Kukun; tabletka 0,15 va 0,5 g

Kaliy bromid – Kaliy bromidum

Ichishga – 0,1 – 1 g

Kukun; tabletka 0,5

Valeriana nastoykasi – Tincturae valerianae

Ichishga – 20 – 30 tomchi

Flakon 30 ml

Leonuri nastoykasi – Tincture Leonure

Ichishga – 30 – 50 tomchi

Flakon 25 ml


Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə