Farmakologiya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə64/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

2.4.Antidepressantlar


Bu guruh moddalari asosan susaygan his-xayajon tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni sustlashgan kayfiyatni yaxshilaydi, ruhiy tushkunlikni bartaraf etadi. Bunda g‘am-g‘ussa siqilish kamayadi, ishonchsizlik, ruhiy ezilish yo‘qoladi. Ta’sir mexanizmi bo‘yicha antideprissantlar 2 guruhga bo‘linadi:
I. Monoaminlarni neyronal yutilishini susaytiruvchilar:

  1. Tanlamasdan ta’sir ko‘rsatuvchilar: imizin, amitriptilin

  2. Tanlab ta’si etuvchilar:

    • serotonin neyronal yutilishini susaytiruvchi fluoksetin

    • NA neyronal yutililishini susaytiruvchi maprotilin

II. Monoaminooksidaza ingibitorlari:

  • Tanlamasdan bloklovchilar (MAO-A, MAO-B): nialamid, transamin

  • Tanlab bloklovchilar (MAO-B): moklabemid

Imizin - Uning kuchli antidepressant xossasi, kuchsiz sedativ ta’siri bilan mujassamlangan. Ba’zi holatlarda preparat ta’sirida psixostimulyatorlik xossasi ham namoyon bo‘ladi (ya’ni qo‘zg‘alish, kayf, uyqusizlik). Ta’sir mexanizmi noradrenalin va serotoninni neyronal qayta so‘rishini kamayishi va shu tufayli tegishli retseptorlar oldida monoaminlarning to‘planishi va ularning ta’sirini kuchaytirishi bilan bog‘liq, deb hisoblanadi. Bunda serotonning limbik sistemaga susaytiruvchi ta’sirining kuchayishida, imizining ta’sir mexanizmida katta ahamiyatga ega. Bu preparatning psixotrop ta’sir etishida, uning M-xolinablokatorlik xossasi ham ahamiyatlidir. SHu tufayli imizin atropinsimon, spazmolitik va yorqin antigistaminlik ta’sirga ega. Depressiyalarda imizining shifo ta’siri asta sekin yuzaga chiqadi (2-3 hafta). Periferik M-xolinoblokatorlik xossasi ko‘pgina noxush ta’sirini rivojlanishiga olib keladi (og‘iz qurish, akkomodatsiyaning buzilishi, taxikardiya, qabziyat, peshob ajralishining qiyinlashishi).
Terapevtik dozalarida imizin qon bosimini tushirishi mumkin, hatto ortostatik kollaps bo‘lishi mumkin. Ruhiy holat tomonidan yuzaga chiqadigan noxush ta’sir ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: - kuchli rivojlangan sedativ ta’sir yoki bilaks, gallyusinatsiya, uyqusizlik, ruhiy qo‘zg‘alish. Imizin allergik dermatit, jigar xastaligi, bosh og‘rig‘i chaqirishi mumkin.
Glaukoma, peshob xaltasining va MITning atoniyasida imizinni qo‘llash mumkin emas.
Bu preparatni MAO ingibitorlari bilan birgalikda qo‘llanganda og‘ir zaharlanish rivojlanadi.
Amitriptilin-Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha imizinga o‘xshash. Farmakologik xossalari ham o‘xshash, lekin amitriptilinning ruhiyatni ko‘taruvchi (qo‘zg‘atuvchi) ta’siri yo‘q. Bundan tashqari amitriptilin M-xolinoblokatorlik va gistaminga qarshi ta’siri bo‘yicha imizindan ustun keladi. Amitriptilining kuchli antidepressiv xossasi, kuchli sedativ ta’sir bilan mujassamlangandir. Amitriptilin eng faol antidepressantdir. Ta’siri 10-14 kundan keyin yuzaga chiqadi. Noxush ta’siri va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar imizinga o‘xshash.
Azafen – mo‘tadil antidepressiv va yorqin sedativ ta’sirga ega. Boshqa tritsiklik antidepressantlardan atropinsimon ta’sirining yo‘qligi bilan farq qiladi. Bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Noxush ta’siri juda oz. Azafen asosan engil va o‘rtacha og‘irlikdagi depressiyalarda qo‘llaniladi (ko‘proq qariyalarda).
Pirazidol-indol hosilasi. Antidepressiv ta’sirining zaminida noradrenalinni neyronal qayta shimilishining kamaytirishi va MAO faolligini susayishi yotadi. MAO faolligini susayishi qaytar bo‘lib, 6-24 soatdan keyin butunlay tiklanadi. Pirazidol periferik va markaziy xolinoblokatorlik ta’siriga ega emas, yuqoridagi antidepressantlardan ko‘ra kam zaharli, yurak tomir va qon bosimini o‘zgartirmaydi. Noxush ta’siri kam bo‘ladi.
Pirazidolning psixotrop xossasi ta’sirining muvozanatlashganligi bilan belgilanadi, ya’ni sustlik bilan kechadigan depressiyalarda (bo‘shashganlik, ruhiy tushkunlik, kam harakatlik) u qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi, ammo xavotir, qo‘rqinch, taxlika bilan kechadigan depressiyalarda tinchlantiruvchi, sedativ ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir kuchi imizindin va amitriptilindan pastroq.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə