Farmakologiya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə65/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

MAO ingibitorlari


Bu guruh dorilarining antidepressiv xossasining zaminida ularning MAO fermenti faolligini keskin susaytirishi tufayli bosh miyaning ba’zi qismlarida neyromediator NA, serotonin va dofaminning dezaminlanishi to‘xtab, katta miqdorda to‘planishi yotadi. Bu vositalarning ko‘pchiligi MAO faolligini kaytmas bloklaydi va shuning uchun 2 haftadan keyin yangi ferment molekulasi qayta sintezlangandan keyingina MAO faolligi avvalgi darajasiga etadi. Yuqori zaharliligi va bir talay noxush ta’sirlari mavjudligidan MAO intibitorlari hozirgi vaqtda antidepressant sifatida kamdan kam qo‘llanilmoqda.
MAO intibitorlari tomirlarni toraytiruvchi monoaminlar (tiramin, fenil-etilamin) ta’sirini kuchaytiradi. Pishloq, qaymoq, kofe, vino, pivo kabi ovqat mahsulotlaridagi monoaminlar MAO ishtirokida ichakda parchalandi. MAO faolligi keskin susayganda monoaminlar parchalanmaydi va ichakda so‘rilib tomirlarni toraytiradilar va qon bosimini oshib ketishiga olib keladi («pishloq sindromi»). MAO ingibitorlarining yuqori zaharliligi ularning MAOdan boshqa ko‘pgina fermentlar faolligini (masalan, jigar MOSning fermentlarini) susaytirishlari bilan bog‘liq.. Hozirgi vaqtda tibbiyot amaliyotida juda oz gidrazin unumlari MAO ingibitorlari sifatida qo‘llaniladi.
Nilamid samaradorligi anchagina past bo‘lgan antidepressant, lekin preparat jigarga kam zaharli ta’sir etadi, noxush asoratlari kam. Nilamidning terapevtik ta’sir 7-14 kundan keyin yuzaga chiqadi. Davolash 1-6 oy davom etadi. Preparating terapevtik ta’siri yaxshi rivojlangandan keyin preparatning dozasi asta-sekin kamaytiriladi. Bemorlar bu preparatni odatda yaxshi qabul qiladilar, lekin ba’zi hollarda dispeptik o‘zgarishlar, sistolik bosimning pasayishi, bezovtalanish, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, og‘iz qurishi kabilar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llanilishi: har xil formalardagi bo‘shashganlik, sustkashlik, tashabbussizlik bilan kechadigan depressiyalarda, ayniqsa nevrotik, invalyusion va siklotamik depressiyalarda, uch boshli nervning yallig‘lanishi va og‘riq bilan kechadigan boshqa sindromlarda. Nilamid stenokardiya hurujlari sonini va kuchini kamaytiradi.
Miya qon aylanishi buzilgan, yurak tomir etishmovchiligining dekompensatsiya bosqichida, buyrak va jigar funksiyalarning buzilgan, kuchli psixomotor qo‘zg‘alish kuzatiladigan bemorlarda ishlatib bo‘lmaydi. Nilamidni rezerpin bilan birgalikda qo‘llash mumkin emas, chunki kuchli qo‘zg‘alish rivojlanadi. Nilamid insulin, peshob haydovchi dorilar, barbituratlar, analeptiklar, mahalliy anestetiklar, gipotenziv vositalar ta’sirini kuchaytirishni yodda tutmoq lozim.

Nomi

Kattalar uchun o‘rtacha terapevtik doza va kiritish yo‘li

CHiqarish shakli

Imizin – Imizinum

Ichishga 0,025 – 0,05 g;
m/o 0,025 g;

Drajelangan tabletka 0,025 g; ampula 2 ml 1,25% li eritma

Amitriptillin – Amitripyilinum

Ichishga 0,025 – 0,05 g;
m/ova t/i 0,02 g;

Tabletka 0,025 g; ampula 2 ml 1% li eritma

Nialamid – Nialamidum

Ichishga 0,025 – 0,05 g;

Tabletka (draje) 0,025 g

Transamin – Transaminum

Ichishga 0,005 – 0,01 g;

Tabletka 0,005 g

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə