8-sinf O‘zbekiston tarixi Nazorat ishi-1



Yüklə 20,04 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü20,04 Kb.
#134138
  1   2
8-sinf Nazorat ishi 1


8-sinf O‘zbekiston tarixi Nazorat ishi-1.
1. Nechanchi yilda Onon daryosi bo‘yida chaqirilgan mo‘g‘ul urug‘ va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug‘ xon (qoon) deb e’lon qilinadi?
A. 1210-yilda B. 1204-yilda C. 1212-yilda D. 1206-yilda
2. Chingizxon tomonidan Xorazmga yuborilgan savdo va elchilar karvoni tarkibini aniqlang.
A. 500 tuyadan hamda 450 musulmon savdogarlardan
B. 800 tuyadan hamda 500 musulmon savdogarlardan
C. 450 tuyadan hamda 500 musulmon savdogarlardan
D. 500 tuyadan hamda 800 musulmon savdogarlardan
3. Nechanchi yilda Chingizxon huzuriga Xorazmshoh Bahouddin Roziy boshchiligida o‘z elchilarini yuboradi?
A. 1212-yilda B. 1218-yilda C. 1216-yilda D. 1215-yilda
4. Temuchin nechanchi yillarda yashagan?
A. 1145-1221-yillarda B. 1155-1227-yillarda C. 1155-1224-yillarda D. 1145-1227-yillarda
5. Chingizxon tomonidan Xorazmga yuborilgan savdo va elchilar karvoni qaysi shaharda ushlab qolinadi?
A. O'tror B. Samarqand C. Urganch D. Buxoro
6. Qachon Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshlaydi?
A. 1219-yilning kuzida B. 1220-yilning fevralida C. 1218-yilning bahorida D. 1220-yilning mart oyida
7. Mo‘g‘ullar bosqini arafasida Temur Malik qaysi shahar noibi edi?
A. Xo‘jand B. O‘tror C. Sig‘noq D. O‘zgan
8. Mo'g'ullar bosqini davrida Xorazmshohlar poytaxtida xorazmliklarning qancha qo‘shini turardi?
A. 150000 nafar B. 200000 nafar C. 160000 nafar D. 110000 nafar
9. Urganch qamali davrida Chingizxon kimga ahli a’yonlari, barcha yor-u do‘stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni taklif etgan?
A. Bahouddin Roziyga B. Temur Malikga C. Najmiddin Kubroga D. Turkon xotunga
10. Mo'g'ullar tomonidan G‘oyirxon qurshovga olinib, asirga tushiriladi va qaysi shaharga olib borib, qiynab o‘ldiriladi?
A. Buxoroga B. Urganchga C. Xo‘jandga D. Samarqandga
11. Xorazmga yurish boshlagan mo‘g‘ullar qo‘shini dastlab Sirdaryo bo‘yida joylashgan qaysi shahar ustiga yurish qiladi?
A. Xo‘jand B. O‘tror C. Sig‘noq D. O‘zgan
12. Manbalarga ko‘ra, O‘tror qamali qancha vaqt davom etgan.
A. 5 oy B. 1 oy C. 4 oy D. 7 oy
13. Chingizxon bilan urush boshlanishi arafasida bo‘lgan harbiy kengashda Xorazmshohga kimlar harbiy kuchlarni asosiy nuqtalarga to‘plab, dushmanga zarba berishni taklif etadilar?
A. Sayfuddin Ag‘roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar
B. Ahmad ibn Umar Xivaqiy, Jaloliddin
C. G'oyirxon, Qoracha Hojib D. Jaloliddin, Temur Malik
14. Qachon Chingizxon Buxoro ustiga qo‘shin tashladi?
A. 1219-yilning kuzida B. 1220-yilning fevralida
C. 1218-yilning bahorida D. 1220-yilning mart oyida
15. Chingizxon Samarqandni shahardan tashqarida joylashgan ................ turib shaharni qamal qilish ishiga boshchilik qiladi.
A. Konigil mavzeyidan B. Xartang qishlog'idan C. Bog'i shamoldan D. Ko‘ksaroy qasridan
16. Samarqand taslim bo‘lib, shahar talangach, necha minglik qang‘li qo‘shini, qolgan himoyachilari ham qirib tashlanadi?
A. 30 minglik B. 15 minglik C. 20 minglik D. 10 minglik
17 Urganchliklar mo'g'ullarning harbiy kuch va zirhli qurollarining ustunligiga qaramay o‘z ona shahrini qancha vaqt mudofaa qiladilar.
A. bir oy B. yetti oy C. besh oy D. uch oy
18. Kimning karomat ko‘rsatish, voqealarni oldindan bilishi, o‘tkir nazari bilan ta’sir eta olish xislatiga ega inson bo‘lganligi haqida rivoyatlar tarqalgan?
A. Ahmad Yassaviyning B. Temur Malikning C. Bahouddin Roziyning D. Najmiddin Kubroning
19. Quyidagi qaysi xorazmshoh hukmronligining so‘nggida “Davlat kengashi”ni (6 kishidan iborat) ta’sis etadi?
A. El Arslon B. Sultonshoh Mahmus C. Takash D. Sulton Muhammad
20. O'tror shahari noibi G‘oyirxon (Inolchiq) tomonidan Chingizxon karvoni talanib, savdogarlarning hammasi qirib tashlanadi. Faqat ................ o‘limdan qutulib qoladi.
A. bir savdogar B. bir tuyakash C. bir hammol D. bir qul
21. Xorazmshoh saroyida kim o‘z qabiladoshlari manfaati yo‘lida saroyda ko‘tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg‘unlashtirib qo‘ygan edi?
A. Temur Malik B. Turkon xotun C. G‘oyirxon D. Jaloliddin Manguberdi
22. Qaysi Anushteginiy hukmdor “Iskandari soniy” deb ulug‘langan?
A. Elarslon B. Alovuddin Muhammad C. Takash D. Sultonshoh Mahmud
23. Turkon xotun qanday nom bilan shuhrat topgan?
A. dinning ulug' yulduzi B. ayollar sultoni C. turklar onasi D. xalq homiysi
24. Chingizxon Sulton Muhammaddan O'tror voqeasi aybdorlarini jazolashni va Inolchiqni tuttirib, uning ixtiyoriga jo‘natishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga javoban ...................................
A. elchini ikki mulozimini o'ldirib, o'zini soqol-mo‘ylovini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi.
B. elchilarga O'tror voqeasi aybdorlarini o'zi jazolashini aytib, ko'plab qimmatbaho sovg'alar bilan o'z elchilarni ham Chingizxon huzuriga yuboradi.
C. O'tror voqeasi aybdorlarini o'zi jazolab, Inolchiqni tutib Chingizxon huzuriga jo'natadi.
D. elchini o‘ldirishni va u bilan birga kelgan ikkita mulozimning soqol-mo‘ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi.
25. 1220-yil 16-fevralida mo‘g‘ullar tomonidan qaysi shahar to‘liq egallanib, talon-toroj etiladi.
A. Buxoro B. O'tror C. Xo'jand D. Samarqand




Yüklə 20,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə