Farmakologiya



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə44/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Adrenalinihydrochloridum – Adrenalin
gidroxlorid



t/o 0,0003-0,00075 g; kon’yunktiva bushligiga 1—2 tomchi 1-2% li eritma



Ampula 1 ml 0,1% li eritma; flakon 10 ml 0,1 % li eritma (tashki kullash uchun)



Noradrenalin gidrotartrat - Noradrenalinehydrotartras



t/i tomchi 2-4 ml 0,2% li eritma (0,004-0,008 g) 1 l 5% li eritma

Ampula 1 ml 0,2% li eritma

Mezaton - Mesatonum



Ichishga 0,01-0,025 g; t/o va mushshakka 0,003-0,005 g; kuk tomirga 0,001-0,003 g; burun bushligiga 2-3 tomchi 0,25-0,5% li eritma; kon’yunktiva bushligiga 2—3 tomchi 1—2% li eritma



Kukun; ampula 1 ml 1% li eritma

Naftizin -
Naphthyzinum



Burun bushligiga 1-2 tomchi 0,05 0,1% li eritma



Flakon 5, 10 va 20 ml 0,05% va 0,1% li eritma



Izadrin - Isadrinum



Ingalyaiion 0,1-0,2 ml 0,5—1% li eritma; til ostiga 0,005 g



Kukun; flakon 25 va
100 ml 0,5% va 1% li eritma; tabletka 0,005 g



Salbutamol– Salbutamolum



Ichishga 0,002 g; ingalyaiion 0,0001 g



Tabletka0,002 g; ingalyasiyausun aerozol (1 ingalyasiya -0,0001 g); flakon 0,5% li eritmada (respirator uchun)



Simpatomimetiklar



Efedrin gidroxlo­rid - Ephedrinihydrochloridum

Ichishga, t/o, m/o va t/i 0,025 g; burun bushligiga 2-3% li eritma (2—4 tomchi)



Kukun; tabletka 0,025 g; ampula 1 ml 5% li eritma; flakon 10 ml 2% va 3% li eritma

Adrenoblokatorlar



Fentolamin -Phenroiaminum

Ichishga 0,05g

Kukun; tabletka 0,025 g

Tropafen — Tropaphenum

t/o va m/o 0,01 -0,02 g; kuk tomirga 0,01 g

Kukun; ampula, tarkibi 0,02 g preparat (qo‘llashdan oldin eritilsin)

Digidroergotoksin -
Dihydroergotoxinum



Ichishga 5-40 tomchi 0,1% li eritma



Flakon 10 ml 0,1% li eritma

Prazozin — Prazosinum

Ichishga 0,0005-0,002 g



Tabletka 0,001; 0,002 va 0,005 g

Anaprilin — Anaprilinum

Ichishga 0,01-0,04 g; t/i 0,001 g

Tabletka 0,01 va 0,004 g; am­pula 1 va 5 ml 0,1% li eritma

Metoprolol —Metoprolol

Ichishga 0,05-0,1 g

Tabletka 0,05 va 0.1 g

Talinolol — Talinololum

Ichishga 0,05—0,1 g

Draje 0,05 g

Atenolol – Atenolol

Ichishga 0,05-0,1 g

Tabletka 0,1 g

Labetalol — Labetalol

Ichishga 0,1 g; t/i 5-0,2g

Tabletka 0,1 va 0,2 g; ampu­la 5 ml 1% li eritma

Simpatolitiklar

Oktadin - Octadinum

Ichishga 0,025-0,05 g

Kukun; tabletka 0,025 g



Rezerpin – Reserpine

Ichishga 0.00005-0,0001 g

Kukun; tabletka 0,0001 va 0,00025 g



2.Markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi vositalar

2.1.Narkoz vositalari. Etil spirti. Uxlatuvchi vositalar


Bu guruh moddalar umumiy og‘riqsizlantirishda qo‘llaniladi. Narkoz deganda MNS funksiyalarining qaytar susayishi tushunilib, u es-xushning yo‘qolishi, turli xil sezuvchanlikni va birinchi navbatda og‘riq sezishni keskin pasayishi, reflektor qo‘zg‘aluvchanlik va skelet mushaklari tonusini kamayishi bilan kechadi. Narkoz jarrohlik muolajalarni o‘tkazish uchun qulay sharoit yaratadi. Narkoz chaqiruvchi vositalarning ta’sir mexanizmi: MNSda qo‘zg‘alishni neyronlararo sinapslardan o‘tkazilishini buzilishi yoki kamayishi bilan bog‘liq. Buni tushuntiruvchi ko‘pgina nazariyalar (biofizik, bioximik, adsorbsion, lipid, oqsil, gidratlangan mikrokristallar) mavjud, lekin birortasi ham to‘liq yoritib berolmaydi. MNS har-xil bo‘limlarining narkoz vositalariga sezgirligi bir xil emas. Jumladan, eng sezuvchani bu miyaning po‘stloq qavati va retikulyar formatsiyadir, eng past sezuvchani bu uzunchoq miyada joylashgan hayot uchun muhim markazlarning sinapslaridir.
Narkoz bosqichlari:

  1. Analgeziya bosqichi

  2. Qo‘zg‘alish bosqichi

  3. Jarrohlik bosqichlari:

  • yuzaki narkoz,

  • engil narkoz,

  • chuqur narkoz,

  • juda chuqur narkoz

  1. Agonal bosqich

Bu bosqichlar asosan efir ta’siridagi narkozga xos bo‘lib, boshqa narkotik moddalar bilan chaqirilgan narkozda bosqichlarning rivojlanish darajasi turlicha bo‘ladi. Narkoz chaqiruvchi moddalarning kimyoviy tuzilishi va ta’sir kuchi orasida ma’lum qonuniyat yo‘q, chunki ular turli kimyoviy birikmalar turkumiga mansubdir.
Narkoz vositalarining organizmga kiritish yo‘liga qarab, narkotik moddalar quyidagilarga bo‘linadilar:

Narkoz uchun qo‘llaniladigan vositalar quydagi talablarga javob berishlari kerak:

  • kuchli narkotik faollikga ega bo‘lishlari kerak, ya’ni narkoz tez rivojlanishi, qo‘zg‘alish davrining bo‘lmasligi yoki qisqa bo‘lishi, narkoz chuqur bo‘lishi kerak;

  • narkoz oson boshqariladigan, ya’ni preparatning konsentratsiyasini o‘zgartirish bilan narkoz chuqurligi o‘zgaradigan bo‘lishi kerak;

  • ta’sir kengligi (narkotik kengligi) katta bo‘lishi kerak, ya’ni preparatning narkoz chaqiruvchi va uzunchoq miyada joylashgan markazlarni falajlovchi miqdori orasidagi farq katta bo‘lishi kerak;

  • noxush va ortiqcha ta’siri bo‘lmasligi, bo‘lsa ham juda kam bo‘lishi kerak;

  • ta’sir kaytar bo‘lishi, narkozdan keyingi davr asoratsiz kechishi, narkotik modda berish to‘xtagach narkozdan chiqish tez bo‘lishi kerak;

  • o‘t olish va portlashdan hafsiz bo‘lishi kerak.

  • moddiy jihatdan (ishlab chiqarish va xarid ma’nosida) arzon va qulay bo‘lishi kerak.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə