Farmakologiya


Asosan α-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə39/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Asosan α-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar


(α -adrenomimetiklar)
Mezaton- asosan postsinaptik membranada joylashgan α1 adrenoretseptorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘zg‘atadi, bundan tashqari oz miqdorda presinaptik membranadan NA ajralishini kuchaytiradi.
Adrenalindan kimyoviy strukturasida 1ta gidroksil radikalining kamligi bilan farq qiladi, shuning uchun KOMT ta’sirida parchalanmaydi, davomli ta’sir ko‘rsatadi, me’da ichak traktida parchalanmaydi. Adrenomimetik ta’siri adrenalinnikidan sustroq. Lekin kichik konsentratsiyalarida ham faqat α-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atib, tomirlarni toraytiradi, qon bosimini ko‘taradi (t/i –20min.t/o-40-50 minut). Reflektor yo‘l bilan bradikardiyaga olib keladi. MNSni kuchsiz qo‘zg‘atadi.
Qo‘llanilishi: gipotonik holatlarda (NA o‘xshab), rinitlarda (mahalliy).
Naftizin - Imidazolin hosilasi bo‘lib, NA va mezatonga nisbatan davomliroq qon tomirlarni toraytiradi. MNS tinchlantiruvchi ta’sir etadi. Rinitlarda (mahalliy qo‘llaniladi), ko‘p qo‘llanilganda ta’siri susayadi, 5-7 kundan keyin bir necha kun dam berish kerak.
Galazolin - Bu preparat ham naftizin kabi imidazolin hosilasi bo‘lib, ta’siri jihatidan naftizinga o‘xshash. qon tomirlarni toraytirib, shilliq qavat shishlarini kamaytiradi.
Qo‘llanilishi: rinitlar, laringitlar, sinusitlar, gaymoritlar, burun bo‘shlig‘ining allergik xastaliklarida. Preparat qo‘llanilganda burun va tomoqga qichish va kuyganga o‘xshab ta’sir etadi. Surunkali tumovda qo‘llab bo‘lmaydi. Naftizin kabi xafaqonlikda, taxikardiyalarda va kuchli rivojlangan aterosklerozlarda qo‘llanilmaydi.

Asosan β -adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar


(β -adrenomimetiklar)
Izadrin
- Sintetik preparat bo‘lib fenilalkil aminlar hosilasi (izoprpil noradrenalin), β1 va β2 adrenoretseptorlarni bevosita qo‘zg‘atadi. Natijada yurak qisqarishi tezligi va kuchi ortadi (β1). YUrak avtomatizmi va o‘tkazuvchanligi tezlashdi. Skelet mushaklarining qon tomirlari (β2) kengayadi qon bosimi pasayadi. Bronxlar, me’da-ichak trakti, bachadonning silliq mushaklarini bo‘shashtiradi. Bronxiolitik ta’siri tez boshlanadi va 1 soat davom etadi. MNSni qo‘zg‘atadi. Modda almashinuviga adrenalinga o‘xshash, lekin kuchsizroq ta’sir ko‘rsatadi (ayniqsa giperglikemiya).
Qo‘llanilishi: bronxospazmlarda, (aerozol shaklida ingalyasiya), atrioventrikulyar blokada (til ostiga).
Noxush ta’siri: taxikardiya, bosh og‘riq, tremor, aritmiya (kamdan-kam).
Sulbutamol- asosan β2-adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atadi. β1ga ta’sir etmaganligi uchun taxikardiya rivojlanmaydi. Qon bosimini o‘zgartirmaydi. Ichakdan yaxshi so‘riladi, ta’siri davomliroq.
Qo‘llanilishi: bronxospazmlarda, bachadon qisqarishini susaytirish uchun.
Terbutalin, fenoterol- (barotek) - salbutamolga o‘xshab ta’sir etadilar, ya’ni β2-adrenomimetiklardir. Bronxolitik sifatida qo‘llaniladi.
Dobutamin - β-adrenoretseptorlarni tanlab qo‘zg‘atadi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha dofaminga o‘xshaydi. β-adrenoretseptorlarga bevosita ta’sir etadi. YUrak mushaklariga kuchli inotrop ta’sir ko‘rsatadi. Aritmiya chaqirmaydi (kamdan-kam). YUrakning sistolik hajmini oshiradi. Buyrakda qon aylanishini kuchaytiradi va shuning hisobiga peshob ajralishini oshiradi (ayniqsa, yurak etishmovchiligida). Dobutamin yurakning toj tomirlarida qon aylanishini oshiradi, periferik qon tomirlar qarshiligini pasaytiradi, lekin qon bosimini o‘zgartirmaydi.
Qo‘llanilishi: yurak faoliyatini dekompensatsiyasida, ayniqsa organik jarohatlanishida, yurak faoliyatini qisqa vaqtga kuchaytirish uchun.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə