Farmakologiya


M-xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə30/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

1.2.4.M-xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar
M-xolinoretseptorlarni qo’zg’atuvchi vositalar: M-xolinomimetiklar m-xolinoretseptor- larga to’g’ridan-to’g’ri stimullovchi ta’sir ko’rsatadi. Alkaloid muskarin – m-xolino -retseptor larga tanlab ta’sir qiluvchi moddalarning etaloni bo’lib xizmat qiladi.Muxomor qo’ziqorinning tarkibida bo’luvchi muskarin o’tkir zaharlanishlarning sababchisi bo’lishi mumkin. Dori modda sifatida ishlatilmaydi.Tibbiyot amaliyotida m-xolinomimetiklardan pilokarpin va atseklidin juda keng qo’llanadi, ular uchlamchi aminlarga kiradi.
Pilokarpin alkaloid, Janubiy Amerikada o’sadigan Pilocarpus pennatifolius Jaborandi o’simligidan olinadi. Sintez yo’li bilan ham olingan bo’lib, metilimidazol hosilasi hisoblanadi. Bevosita m-xolinomimetik ta’sir ko’rsatadi. Vegetativ xolinergik nervlar ta’sirlanganda kuzatiladigan holatlar uning ta’sirida ham namoyon bo’ladi.
. Tibbiyot amaliyotida pilokarpin faqat mahalliy ko’z tomchilari ko’rinishida glaukomani davolashda qo’llaniladi. Zaharliligi yuqori bo’lganligi sababli parenteral qo’llanilmaydi.
Atseklidin bevosita ta’sir qiluvchi sintetik m-xolinomimetik. U 3-oksixinuk-lidinning murakkab efiridir. Mahalliy va rezorbtiv ta’sirlari uchun ishlatiladi. Atseklidin glaukomada(konyuktivani biroz ta’sirlashi mumkin), MIT, siydik pufagi va bachadon atoniyalarida buyuriladi. Atseklidin va boshqa m-xolinomimetiklarning dozasi oshirib yuborilganda antagonist sifatida M-xolinoblokatorlar(atropin va atropinsimon moddalar) qo’llaniladi.
M-xolinoretseptorlari agonist va antagonistlarining ayrim ta’sirlari.

A’zolar

Ko’rsatkichlar

Samara

agonistlar

antagonistlar

Ko’z

Rangdor parda aylana muskulining tonusi

Oshadi (mioz)

Pasayadi (midriaz)

Ko’zning ichki bosimi



Pasayadi

Ko’tariladi

Kipriksimon muskulning tonusi

Oshadi (akkomodatsiya spazmi, yaqindan ko’rish)

Pasayadi (akkomodatsiya paralichi, uzoqdan ko’rish

So’lak bezlari

Sekretsiya

Oshadi

Pasayadi

Yurak

Ritm

Pasayadi (bradikardiya)

Oshadi (taxikardiya)

Bo’lmachalar qisqaruvchanligi

Pasayadi

Oshadi

Atrioventrikulyar o’tkazuvchanlik

Pasayadi (atrioventrikulyar blokadagacha)

Yengillashadi

Tomirlar

Silliq mushaklar tonusi

Pasayadi




Traxeya, bronxlar

Silliq mushaklar tonusi

Oshadi

Pasayadi

Bronxial bezlar sekretsiyasi

Oshadi

Pasayadi

Oshqozon va ichaklar

Motorika
Ekskretor bezlar sekretsiyasi

Kuchayadi
Kuchayadi



Susayadi
Susayadi



O’t pufagi va yo’llari

Silliq mushaklar tonusi

Oshadi

Pasayadi

Siydik pufagi

Devorining tonusi va motorikasi

Oshadi

Pasayadi




Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə