Farmakologiya


M- van-xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə27/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

1. M- van-xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar

  • M- van-xolinomimetiklar

Atsetilxolin, Karbaxolin

Siklodol
2. Antixolinesteraz vositalar: Fizostigmin gidroxloridi, Prozerin, Galantamin gidrobromidi,Armin
3. M-xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar: M-xolinomimetiklar (muskarinomimetiklar), Pilokarpin gidroxloridi, Atseklidin

  • M-xolinoblokatorlar (atropinsimon vositalar:) Atropin sulfati, Metatsin

Platifillin gidrotartrati, Ipratropiy bromidi, Skopolamin gidrobromidi,Tiotropiy
4. N-xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar

  • N-xolinomimetiklar (nikotinomimetiklar) Sititon, Lobelin gidroxloridi

  • N-xolinoretseptorlarning yoki ular bilan birikkan ion kanallarining blokatorlari

Ganglioblokatorla: Benzogeksoniy, Pentamin, Gigroniy, Pirilen, Arfonad
Kuraresimon vositalar (periferik ta’sirli miorelaksantlar)
Tubokurarin xloridi, Pankuroniy bromidi, Pipekuroniy bromidi, Anatruksoniy, Ditilin, Melliktin


1.2.2.Muskaringa va nikotinga sezgir xolinoretseptorlarga ta’sir qiluvchi vositalar
M- va n-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar (m-, n-xolinomimetiklar)
M- va n-xolinomimetiklarning bevosita ta’sirida vegitativ nerv sistemasining gangliylaridagi n-xolinoretseptorlar va parasimpatik nerv sistemasi oxirida joylashgan m-xolinoretseptorlar qo‘zg‘aladi. Bunda asosan m-xolinoretseptorlar qo‘zg‘alishi tufayli yuzaga keluvchi o‘zgarishlar ustunlik qiladi, ya’ni ko‘z qorachig‘i torayadi, ko‘z bosimi pasayadi, akkomodatsiya spazmi kuzatiladi va boshqalar.
Mazkur guruhga asosan atsetilxolin va uning unumlari kiradi.
Atsetilxolin – xolinergik sinapslarning mediatori bo‘lib, xolinning murakkab efiri hamda sirka kislotasidan tashkil topgan va kimyoviy tuzilishi bo‘yicha mono-to‘rtlamchi ammoniyli birikmalarga mansub. Ta’siri qisqaligi sababli tibbiyotda qo‘llanilmaydi, ammo, eksperimental farmakologiya va fiziologiyada keng qo‘llaniladi. U m va n-xolinorenseptorlarga bevosita qo‘zg‘atuvchi samara keltirib chiqaradi va buning natijasida impuls o‘tkazuvchanligi kuchayadi. Tizimli ta’siri natijasida asosan m-xolinomimetiklik samaralari kuzatiladi, n-xolinoretseptorlarga ta’sirini namoyon qilish uchun esa uning m-xolinoretseptorlarga bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi samarasini pasaytirib turish lozim. Buning uchun m-xolinoblokatorlardan foydalaniladi. Juda yuqori konsentratsiyalarda atsetilxolinxolinergik o‘tkazuvchanlikni susaytiribqo‘yadi.
Xolinergik nervlarning ta’sirlanishida kuzatiladigan asosiy samaralar


Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə