Farmakologiya


Dori bilan davolashning asosiy turlari



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə19/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

7. Dori bilan davolashning asosiy turlari:
Odatda dori bilan davolashning 4 ta turi tafovut qilinadi:
1. Profilaktik22 terapiya – bu kasallik kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan davo turi bo‘lib, bu maqsadda asosan dezinfeksiyalovchi va ximioterapevtik vositalar qo‘llaniladi. Shuningdek, turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan profilaktik emlashlarni ham mazkur davolash turiga misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin.
2. Etiotrop23 (kauzal24) terapiya – kasallikni keltirib chiqargan omilga qarshi kurashuvchi davo turi bo‘lib, unga antibiotiklarni, silga, zahmga, gijjaga, sodda jonivorlarga qarshi va turli kimyoviy tuzilishli antibakterial vositalarni qo‘llashni misol qilib keltirish mumkin.
3. Simptomatik terapiya – asosan kasallik yoki patologik holat keltirib chiqaradigan turli nohush simptomlarni (belgilarni) bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan davo turi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, og‘riqni bartaraf etish. Og‘riqning kelib chiqishida asosan prostaglandinlar sintezlanishi asosiy o‘rinni egallaydi. Preparatlar ta’sirida ular sintezining buzilishi esa patogenetik25 terapiya bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun u ko‘pincha patogenetik terapiya rolini ham bajaradi.
4. O‘rin bosuvchi terapiya – organizmdagi biogen tabiatli moddalar etishmasligida qo‘llaniluvchi davo turi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qandli diabetda insulinning, gipotireozda yod preparatlarining, gipo- yoki avitaminozda vitamin preparatlarining qo‘llanilishi. Bunda o‘rin bosuvchi preparat kasallikning turiga bog‘liq holda oylar yoki yillar davomida qo‘llanilishi ham mumkin.
8.Dori vositalari bilan o‘tkir zaharlanishlarni davolashning umumiy tamoyillari:
Turli kimyoviy birikmalar bilan, shu jumladan dori vositalari bilan ham, o‘tkir zaharlanish holatlari juda ham ko‘p uchrab turadi. Bunday zaharlanishlar yoki dori vositalarining bilmasdan, yoki qasddan o‘z o‘zini o‘ldirish (suitsidal26) maqsadida dozasini oshirib yuborish natijasida, yohud kasbga bog‘liq holatlarda yuzaga chiqishi mumkin. Ko‘pincha o‘tkir zaharlanishlar nikotindan, etil spirtidan, narkotik va nonarkotik analgetiklardan, narkotik turdagi uxlatuvchi hamda psixotrop vositalardan va shuningdek, hasharotlarga qarshi qo‘llaniladigan fosfor organik birikmalardan va b. kelib chiqishi mumkin.
Hozirgi kunda turli kimyoviy birikmalardan zaharlangan bemorlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida va uning viloyatlardagi filiallarida toksikologiya bo‘limlari tashkil qilingan. O‘tkir zaharlanishlarda shifokorning asosiy vazifasi zaharlovchi moddani iloji boricha zudlik bilan organizmdan chiqib ketishiga erishishdir. O‘ta og‘ir zaharlanishlarda dastlab reanimatsiya bo‘limlarida bemorni jonlantirish ishlari umumterapevtik davo bilan birgalikda olib boriladi va keyin zaharlovchi moddaning organizmdan chiqib ketishiga qaratilgan majmuaviy davo muolajalari o‘tkaziladi. Bunda asosiy e’tibor hayot uchun zarur bo‘lgan a’zolar (yurak-qon tomir va nafas tizimi) faoliyatini saqlab qolishga qaratiladi.
Zaharli moddalarni organizmdan chiqarib tashlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • Zaharlovchi moddaning asosiy so‘rilish joylaridan qonga o‘tishiga to‘sqinlik qilish;

  • Agarda zaharlovchi modda qisman yoki to‘liq so‘rilgan bo‘lsa, u holda uning organizmdan chiqarib yuborilishini tezlashtirish;

  • Zaharlovchi moddaga nisbatan ziddizahar (antidot) larni qo‘llash orqali uning faolsizlanishiga erishish;

  • Zaharlovchi modda keltirib chiqargan salbiy oqibatlarni bartaraf etish;

  • Har qanday sharoitlarda dori moddalar bilan o‘tkir zaharlanishlarning oldini olish.

Talabalarga tushinish oson bo‘lishi uchun sanab o‘tilgan har bir tamoyil to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə