Farmakologiya


Dori vositalarining quyidagi ta’sir turlari tafovut qilinadi



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə15/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

6.2.Dori vositalarining quyidagi ta’sir turlari tafovut qilinadi:
1. Mahalliy yoki chegaralangan ta’sir – dori vositasining ta’sir qiluvchi moddasi faqat ishlatilgan joygagina mahalliy ta’sir qiladi. Masalan, mahalliy anestetiklarning yoki o‘rab oluvchi vositalar sezuvchi – afferent nerv oxirlariga ta’sir qilib, ularning sezuvchanligini susaytirib qo‘yishi hisobiga faqat chegaralangan yoki mahalliy samara yuzaga chiqaradi.
2. Umumiy yoki rezorbtiv5 ta’sir – katta ko‘pchilik dori vositalari organizmga so‘rilganidan keyin qonga tushib, barcha a’zo va to‘qimalarga umumiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ta’sir dori moddalarining organizmga kiritish yo‘llariga hamda biologik to‘siqlar orqali o‘ta olish qobiliyatiga bog‘liq holda yuzaga chiqadi.
3. Asosiy ta’sir – Dori vositasi qaysi maqsadni amalga oshirish uchun qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘sha ta’siri asosiy hisoblanadi. Masalan, dimedrol preparatini allergiyaga qarshi vosita sifatida qo‘llanilganda uning H1-retseptorlarni bloklashini asosiy ta’sir deb hisoblanadi, ammo , u uxlatuvchi vosita sifatida qo‘llaniladigan bo‘lsa, unda MNSni susaytiruvchi xossasini asosiy ta’sir deb hisoblanadi.
4. Nojo‘ya yoki noxush ta’sir – Dori vositasining asosiy ta’siridan tashqari yuzaga chiqadigan barcha boshqa keraksiz ta’sirlari nojo‘ya yoki noxush ta’sir deyiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST, VOZ) ekspertlari tomonidan e’tirof etilishicha, kasalliklarning oldini olish, ularni diagnostika qilish yoki davolash maqsadida qo‘llanilgan dori preparatlari ta’sirida kelib chiqadigan barcha keraksiz samaralari nojo‘ya ta’sir deb yuritiladi.
5. Bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir – bunda dori preparatining samarasi bevosita sezuvchi a’zoning yoki nishon hujayraning ma’lum bir substrati bilan o‘zaro birikishi orqali yuzaga chiqadi.
6. Bilvosita yoki biror narsa orqali ta’sir qilish– bunda dori preparati sezuvchi a’zoning yoki nishon hujayraning ma’lum bir substrati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirlasha olmaydi, buning uchun u boshqa birorta substratga ta’sir qiladi va shundan keyin u orqali asosiy ta’sirlashishi lozim bo‘lgan nishon hujayra bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
7. Reflektor ta’sir – mazkur ta’sir turida dori vositasi ekstero- yoki intero retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi orqali samara yoki tegishli nerv markazlarining, yoki ijro a’zosining holatida o‘zgarishlarga olib keladi. Masalan, validolning tilostidagi sovuqni sezuvchi retseptorlarini qo‘zg‘atishi orqali reflektor ravishda koronar qon tomirlardagi spazm bartaraf etiladi.
8. Ta’sir mexanizmi deb dori moddaning organizmdagi maxsus retseptorlar yoki ularning qaysidir substratlari bilan qanday qilib birikishiga aytiladi. Masalan, pilokarpin gidroxlorid m-xolinoretseptorlar bilan bevosita birikadi, atropin sulfati esa m-xolinoretseptorlarni bevosita bloklaydi. Yurak glikozidlari kardiomiotsitlardagi Na+K+-ATF-aza bilan birikishi natijasida ularning kardiotonik samarasi yuzaga chiqadi va h.
9. Spetsifik ta’sir – dori moddalarning organizmdagi spetsifik retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida paydo bo‘ladigan, qo‘llanilayotgan dori moddasigagina xos bo‘lgan samaralarning yuzaga chiqishi.
10. Tanlab ta’sir qilish deb dori moddasining faqat ma’lum a’zo yoki to‘qimalardagi bir xildagi retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishiga va boshqa birorta ham retseptorga ta’sir ko‘rsatmasligiga aytiladi. Masalan kuraresimon vositalar asosan tanlab xolinoretseptorlarning oxirgi plastinkalarini bloklashlari hisobiga skelet mushaklarining bo‘shashishiga sabab bo‘ladilar.
11. Qaytar ta’sir– bu “modda-retseptor” orasidagi bog‘lanishning mustahkamligiga bog‘liq holda ko‘pchilik dori moddalariga xos tarzdagi ta’sir turidir. Masalan, prozerinning yoki galantaminning atsetilxolinesteraza fermenti bilan bog‘lanishi.
12. Qaytmas ta’sir – ayrim dori moddalarida “modda-retseptor” orasidagi bog‘lanishning kovalent bog‘lar orqali amalga oshirilishi natijasida mustahkam bog‘lanish paydo bo‘lishi. Bu holda dori moddasining ta’siri juda ham uzoq davom etishi mumkin. Masalan, armin preparatining atsetilxolinesteraza fermenti bilan bog‘lanishi “qaytmas” ta’sirga asoslangan.
13. Allergik6 ta’sir – organizmga kiritilayotgan dori moddasini organizm antigen sifatida qabul qilishi natijasida yuzaga chiqadigan o‘ziga xos samara hisoblanadi. Ko‘pincha allergik reaksiyalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Allergik reaksiyaning yuzaga chiqishi kiritilayotgan dori moddasining dozasiga bog‘liq emas. Bunda dori moddasi antigen (allergen) vazifasini bajaradi. Dori allergiyasining odatda 4 turi mavjud:
I turi– tezkor turdagi allergik reaksiyalar. Mazkur yuqori sezuvchanlik allergik reaksiyaga IgE – antitanachalarning jalb qilinishiga bog‘liq. U eshakem, tomirlar shishi, tumov, bronxospazm va anafilaktik shok orqali namoyon bo‘ladi. Bunday reaksiyalar ko‘pincha penitsillinlar, sefalosporinlar, sulfanilamidlar va b. qo‘llanilganida yuzaga chiqishi mumkin.
II turi-Allergik reaksiyaning mazkur turida komplement tizimini faollashtiruvchi IgG- va IgM-antitanachalar qonda aylanib yuruvchi hujayralar bilan o‘zaro ta’sirlashib, ularning lizisini chaqiradi. Masalan, analgin qo‘llanilganda agranulotsitoz, metildofada esa gemolitik anemiya paydo bo‘lishi mumkin.
III turi-Mazkur turdagi allergik reaksiyaning yuzaga chiqishida shubhasiz IgG-, shuningdek, IgM- va IgE-antitanachalar (+komplement) ishtirok etadi. Ular “antigen–antitanacha–komplement” kompleksini hosil qiladilar va u qon tomirlar endoteliysi bilan o‘zaro ta’sirlashib, ularni shikastlaydi. Natijada zardob kasalligi deb nomlanadigan kasallik paydo bo‘ladi. Ushbu kasallik eshakem, artralgiya, artrit, limfadenopatiya, tana haroratining oshishi kabilar bilan kechadi. Zardob kasalligini penitsillinlar, sulfanilamidlar va b. chaqirishi mumkin.
IV turi- Ushbu turdagi allergik reaksiya immunitetning hujayra mexanizmlari orqali ifodalanadi va unda sensibilizatsiyalangan T-limfotsitlar hamda makrofaglar ishtirok etadilar. Ko‘pincha dori moddasini mahalliy qo‘llanilganda yuzaga chiqadi va dermatit bilan namoyon bo‘ladi.
14. Idiosinkraziya7 – bu dori moddasiga nisbatan organizmning atipik reaksiyasi bo‘lib hisoblanadi. Bunda organizmdagi fermentopatiyalar natijasida qo‘llanilayotgan dori moddasiga nisbatan ko‘tilmagan og‘ir ko‘rinishdagi nojo‘ya ta’sir paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, agarda bemor qonida fermentopatiya natijasida psevdoxolinesteraza fermenti etishmovchiligi bo‘ladigan bo‘lsa, u holda miorelaksantlar guruhiga mansub bo‘lgan ditilin preparatining ta’sir davomiyligi odatdagi 5-7 daqiqa o‘rniga 6-8 soatgacha cho‘zilib ketishi mumkin. Bunday nojo‘ya ta’sirlar to‘g‘risida shifokor oldindan bilib qo‘ymasa, keyin bemorga yordam ko‘rsatishda katta qiyinchiliklarga uchrashi mumkin.
Ko‘pincha dori moddalarning dozasini behosdan yoki suitsedal maqsadlarda o‘ta oshirib yuborish yohud ularni homiladorlik paytida noo‘rin ishlatish oqibatida turli salbiy oqibatlar kuzatilishi mumkin. Bularda yuzaga chiqadigan ta’sir turlarini alohida keltirib o‘tishni lozim deb hisoblaymiz.
15. Mutagen8 ta’sir – bu dori moddasi ta’sirida embrionning hujayralarini hamda genetik apparatini kuchli darajada izdan chiqarib tashlashi natijasida uning o‘zidan keyingi nasli genotipining ham o‘zgarishlariga sabab bo‘lishidir. Bunday ta’sir yangi dori vositalarini yaratish jarayonida eksperimental hayvonlarda o‘rganiladi va agarda yangi yaratilayotgan preparatning mutagen ta’siri borligi aniqlanadigan bo‘lsa, u holda bunday preparatni klinik sinovdan o‘tkazishga ruxsat berilmaydi.
16. Kanserogen9 ta’sir – dori moddasi ta’sirida xavfli o‘smalar paydo bo‘lishi. Bunday ta’sir ham yangi yaratilayotgan dori vositalarini eksperimental hayvonlarda o‘rganish bosqichida aniqlanadi va agarda preparatning kanserogen ta’siri borligi aniqlansa, bunday preparat klinik sinovdan o‘tkazilmaydi.
17. Embriotoksik10 ta’sir deb dori moddasini homiladorlikning dastlabki 12 haftasigacha bo‘lgan davrda qabul qilinganda yuzaga chiqadigan toksik yoki zaharli ta’siriga aytiladi.
18. Fetotoksik11 ta’sir – dori moddasining homiladorlikning 12 haftasidan boshlab u tug‘ilganiga qadar qabul qiliganida yuzaga chiqadigan toksik yoki zaharli ta’siridir.
19. Teratogen12 ta’sir – dori moddasini homiladorlik paytida qabul qilinishi oqibatida uning homilaga nisbatan salbiy ta’siri tufayli bolaning turli anomaliyalar bilan mayib-majruh bo‘lib tug‘ilishidir.
Farmakoterapevtik samaraning dori vositasi xususiyatiga va uning qo‘llanilish shart-sharoitlariga bog‘liqligi
A) Dori vositalarining kimyoviy tuzilishi, ularning fizik-kimyoviy va fizikaviy xossalari
Dori vositalari ta’sirining yuzaga chiqishi ko‘pincha ularning kimyoviy tuzilishiga, tarkibidagi funksional faol guruhchalarining mavjudligiga, molekulalarining shakli va o‘lchamlariga bog‘liq. Moddaning retseptor bilan o‘zaro samarali ta’sirlashishi uchun dori vositasi tuzilishi shunday bo‘lishi kerakki, bu tuzilish uning retseptor bilan jips holda birikishiga yordam berishi lozim. Ularning orasidagi molekulalararo bog‘ning mustahkamligi moddaning retseptor bilan qanchalik yaqin birikishi bilan uzviy bog‘liq.
Moddaning retseptor bilan o‘zaro ta’sirlashishida ularning bir-biri bilan fazoviy mos kelishi katta ahamiyatga ega. Bu narsa stereoizomerlarning faoligi bo‘yicha bir-birlaridan farq qilishlari orqali namoyon bo‘ladi. Masalan, arterial qonbosimini oshirishda D(+)-adrenalinning ta’siri L(+)-adrenalinga nisbatan bir necha marta kuchsizdir.
Agar moddada bir nechta funksional faol guruhchalar mavjud bo‘lsa, u holda ular orasidagi masofaning ham ahamiyati katta hisoblanadi. Masalan, qator (CH3)3H+ – (CH2)n – H+(CH3)3∙2Xformuladagi bis-to‘rtlamchi ammoniyli birikmalarda gangliobloklovchi samara yuzaga chiqishi uchun n=6 optimal variant bo‘lsa, mushaklarni bloklovchi samara yuzaga chiqishi uchun esa n=10 va 18 bo‘lishi kerak.
Moddalarning juda ko‘p miqdoriy va sifatiy xususiyatlari ularning suvda va moylarda eruvchanligi, sochmasimon moddalar uchun – maydalanish darajasi, uchuvchan moddalar uchun – uchuvchanlik darajasi kabi qator fizik-kimyoviy hamda fizikaviy xossalariga ham bog‘liq. Shuningdek, ionlanish darajasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, kimyoviy tuzilishi bo‘yicha ikkilamchi va uchlamchi aminlar guruhiga kiruvchi miorelaksantlar to‘liq ionlanuvchi to‘rtlamchi ammoniyli birikmalarga nisbatan kamroq ionlanadilar va faolliklari ham past.
B) Doza va konsentratsiya
Dori vositalarining ta’sir samaralari ko‘pincha ularning organizmga kiritilayotgan dozasiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Dozaga (yoki konsentratsiyaga) bog‘liq holda samarasining yuzaga chiqish tezligi, kuchining ifodalanganligi, ta’sir davomiyligi, ba’zida xususiyatlari ham ifodalanadi.
Doza bu dorivor moddaning bir marta qabul qilishga mo‘ljallangan miqdori (odatda uni bir martalik doza deyish mumkin). Bundan tashqari sutkalik, kurslik va zarb dozalar ham tafovut qilinadi. Dozani grammlarda yoki grammning ulushlarida o‘lchanadi. Yanada aniqroq dozalash uchun dori moddaning dozasi inson tanasining 1 kilogrammiga nisbatan aniqlanadi (1 mg/kg yoki 1 mkg/kg). Ayrim holatlarda dorining dozasini tananing yuzasiga nisbatan ham aniqlash mumkin (1 m2).
Bundan tashqari dozaning quyidagi turlari ham tafovut qilinadi:
minimal yoki bo‘sag‘a doza; terapevtik yoki o‘rta doza, td; maksimal yoki yuqori doza, md; toksik yoki zaharli doza; letal yoki o‘lim chaqiradigan doza, Ld. Ulardan amaliy tibbiyotda eng ko‘p qo‘llaniladigani terapevtik doza hisoblanadi. Ingalyasion kiritiladigan vositalar uchun esa asosan ularning nafas olayotgan havodagi konsentratsiyasi katta ahamiyatga egadir.
Dori vositalarini organizmga qayta kiritish
Dori vositalarini organizmga qayta kiritganda ularning samarasi ortishi tarafiga ham, kamayishi tarafiga ham o‘zgarishi mumkin.
Ayrim dori moddalarini organizmga qayta kiritganda ular samarasining kuchayishi asosan kumulyasiya13 hisobiga amalga oshadi. Kumalyatsiyaning ikkita turi mavjud:
moddiy kumulyasiya – bunda organizmda dori moddasining o‘zi to‘planib qoladi. Bu uzoq vaqt davomida ta’sir qiluvchi ko‘pchilik preparatlar uchun xos bo‘lib, bunday birikmalar qon zardobidagi oqsillar bilan kuchli birikadilar va or ganizmda uzoq vaqt mobaynida aylanib yuradilar. Masalan, angishvonagul preparatlaridan digitoksin. Moddiy kumulyasiyalanadigan preparatlarni muntazam ravishda qo‘llash natijasida ko‘pincha prepratlar bilan zaharlanish holatlari kelib chiqishi mumkin. Funksional kumulyasiya – bunda organizmda dori moddasining ta’sir samarasi to‘planib qoladi, moddaning o‘zi esa qonda umuman aniqlanmaydi.Masalan, alkogolizmda MNS tomonidan zo‘rayib boruvchi o‘zgarishlar oq alahlashga olib keladi. ammo qonda etil spirti aniqlanmaydi, Chunki u organizmda tezda oksidlanadi va chiqarib yuboriladi. Faqat uning neyrotrop ta’sirlarigina boshmiyada yig‘ilib, to‘planib boradi xolos.
Dori moddalarini organizmga qayta kiritganda ular samarasining pasayishiga o‘rganib qolish (tolerantlik14) deyiladi. O‘rganib qolish juda ko‘p preparatlar ta’sirida yuzaga chiqadi va unda dori preparatining kundalik kiritilib turilgan dozasi ta’sirida oldingi samaraning yuzaga chiqmasligi kuzatiladi. Oldingi samaraning yuzaga chiqishi uchun preparatning dozasini oshirish lozim bo‘ladi. O‘rganib qolish moddalar so‘rilishining kamayishi, parchalanishing oshishi yoki chiqarilishining tezlashishi hisobiga sodir bo‘lishi mumkin. Ayrim preparatlarda esa ularga sezgir bo‘lgan retseptorlar sezuvchanligining pasayishi ham muhim ahamiyatga ega.
Ba’zi bir guruh preparatlarida boshqa guruh preparatlari bilan, ayrim hollarda esa guruh ichidagi preparatlarda kesishuvchi o‘rganib qolish yuzaga chiqishi mumkin. Bunda har ikkita preparat ham o‘zaro ta’sirlashuvchi bir xil retseptorlarga yoki ularning substratlariga ta’sir qiladi. Bunday holatlar yuzaga chiqishi ehtimolini o‘rganib qolish yuzaga chiqqan preparatni boshqasiga almashtirishda inobatga olish lozim. O‘rganib qolishning o‘ziga xos turi – taxifilaksiya15 deb yuritiladi. Bunda prepratga nisbatan o‘rganib qolish juda qisqa vaqt mobaynida yuzaga chiqishi mumkin, hatto ayrim paytlarda preparatni ikkinchi marta kiritganda ham.


Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə