Farmakologiya


Klyukuron kislotasi bilan sulfat kislotasi bilan aminokislotalar bilan glutation bilan bog’lanish metillanish bilan atsetillanish orqali



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə12/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Klyukuron kislotasi bilan sulfat kislotasi bilan aminokislotalar bilan glutation bilan bog’lanish metillanish bilan atsetillanish orqali

Konyugatsiya

Metabolik
transformatsiya

Oksidlanish
Qaytarilish
Gidroliz

Metabolitlar
va konyugatlar

Ekskretsiya

Dori vositalarining organizmda parchalanish yo‘llari (sxema)
5.Dori vositalarining organizmdan chiqarilish yo‘llari:
Dori vositalari, ularning metabolitlari va kon’yugatlari organizmdan quyidagi yo‘llar orqali ajratiladi: buyraklar orqali; o‘t orqali; ichak orqali; bezlar orqali (so‘lak bezlari, me’da bezlari, ichak bezlari, ko‘z yosh bezlari, ter bezlari, emizikli davrda sut bezlari); o‘pka orqali (gazsimon vositalar, ingalyasion narkoz vositalari, etil spirti va

B
Qaytarilish

Levomitsetin

Gidroliz

Novokain

Paraaminobenzoy kislotasi
uyraklar orqali qon zardobi erigan, undagi oqsillar bilan birikmagan past moleklyar birikmalar nefronning kapillyarlari membranasi orqali filrlanadi.Bundan tashqari, Dori vositalarining buyrak proksimal kanalchalarida transport tizimlari ishtirokida aktiv sekretsiya usuli bilan chiqarilishi ham muhim o‘rin egallaydi. Ayrim lipofil birikmalar qon tomirlar devori orqali oddiy diffuziya usuli yordamida buyrakning proksimal hamda distal kanalchalariga o‘tishi mumkin.
Dori vositalarining chiqarilishi ularning buyrak kanalchalaridagi reabsorbsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Biologik membranalar orqali oson o‘ta oladigan lipofil qutbsiz (nopolyar) birikmalarning reabsorsiyasi asosan oddiy diffuziya usuli orqali amalga oshiriladi. Qutbli (polyar) birikmalar esa buyrak kanalchalarida yomon reabsorbsiyalanadilar. Shuning uchun ham kuchsiz kislota va asoslarning chiqarilishida siydikning pH muhiti katta ahamiyat kasb etadi. Bulardan tashqari, ayrim endogen moddalar (aminokislotalar, glyukoza, uratkislotasi) ning reabsobsiyasida aktiv transport usuli ham ishtirok etadi. Qator dori vositalari va ularning parchalanish mahsulotlari ko‘pincha o‘t orqali ichakka ajratiladi. Ularning bir qismi ichak orqali chiqarib yuboriladi, bir qismi esa ichakdan qayta so‘rilib, yana ta’sir ko‘rsatishi mumkin va keyin yana ichakka tushib (jigar-ichak bo‘ylab aylanma harakat) chiqarib yuboriladi. Ayrim Dori vositalari so‘lak bezlari, ko‘z yosh bezlari, ter bezlari, me’da va ichak bezlari va shuningdek, emizikli davrda sut bezlari orqali ham ajratilishi mumkin. Gazsimon va uchuvchan vositalar asosan o‘pka orqali chiqarib yuboriladi. Bunga etil spirti va ingalyasion narkoz vositalarini misol qilib keltirish mumkin.
Moddalarning organizmdan chiqarilish tezligiga xolisona baho berish uchun ularning “yarim chiqarilish davri” – t1/2 ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, u Moddalarning qon plazmasidagi konsentratsiyasining 50 foizga kamayishi uchun zarur bo‘lgan vaqt orqali ifodalanadi:

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə