Farmakologiya


Dori vositalarining organizmda taqsimlanishi. Biologik to‘siqlar. Depolanish



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə10/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

3.Dori vositalarining organizmda taqsimlanishi. Biologik to‘siqlar. Depolanish
Absorbsiyalangan Dori vositalari qonga tushganidan keyin turli a’zo va to‘qimalarga etib boradi. Bunda ular organizmda asosan notekis taqsimlanadi va ayrim moddalargina nisbatan tekis taqsimlanadi (masalan, ayrim noingalyasion narkoz vositalari, etil spirti). Ularning taqsimlanish xususiyatiga organizmdagi biologik to‘siqlar va depolar ta’sir ko‘rsatadi.
Biologik to‘siqlarga quyidagilar kiradi: kapillyarlar devori; hujayralar (sitoplazmatik) membranasi; gematoensefalik to‘siq; yo‘ldosh to‘sig‘i (homiladorlik paytida). Odatda mayda teshikchali (2 nmgacha o‘lchamli) kapillyarlar devori orqali ko‘pchilik birikmalar oson o‘tadi. Faqat oqsillar va ular bilan birikkan preparatlar mazkur to‘siq orqali o‘ta olishmaydi.
Gidrofil birikmalar kapillyarlar devori orqali oson o‘tadi va interstitsial suyuqliqqa tushadi, ammo ular hujayralar membranasi orqali o‘ta olishmaydi. Chunki mazkur membrana oqsil-fosfolipidlardan tashkil topgan. Gidrofil birikmalar ular orqali faqat hujayraning transport mexanizmlari orqaligina o‘tishlari mumkin. Lipofil birikmalar esa kapillyarlar devori orqali ham, hujayralar membranasi orqali ham yaxshi o‘ta oladilar.
Ko‘pchilik Dori vositalarining gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishlari o‘ta qiyin. Bu narsa miya kapillyarlarining o‘ziga xos tuzilishi bilan chambarchas bog‘liq.
Chunki ularning endoteliylarida tirqishlar mavjud emas. Shuningdek, ularda pinotsitoz jarayoni umuman bo‘lmaydi. Hamda miya kapillyarlarida qo‘shimcha lipid membrana vazifasini bajaruvchi kapillyarlarni tashqi tomonidan o‘rab turuvchi glial qismlar (astrogliyalar) o‘ziga xos muhim o‘ringa ega. Gematoensefalik to‘siq orqali qutbli birikmalar yomon o‘tadi. Lipofil birikmalar esa miya to‘qimasiga nisbatan osonroq o‘tadilar. Mazkur to‘siq orqali moddalar asosan diffuziya yo‘li bilan o‘tadilar, faqat ayrim birikmalargina aktiv transport usuli yordamida o‘tishlari aniqlangan. Bosh miyaning ayrim kichkina bo‘laklarida (epifizda, gipofizning orqa bo‘lagida, uzunchoq miyada va b.) gematoensefalik to‘siq deyarlik bo‘lmaydi. Shuni ham e’tiborga olib qo‘yish lozimki, ayrim patologik holatlarda (masalan, miya pardalarining yallig‘lanishlarida) ko‘pincha mazkur to‘siqning o‘tkazuvchanligi oshib ketadi.
Gematoensefalik to‘siq orqali Moddalarning o‘tiriR-glikoproteinli transporter orqali ham amalga oshiriladi. U Moddalarning miya to‘qimasidan qonga o‘tishini ta’minlaydi, ammo ayrim birikmalarning miya to‘qimasiga kirishiga esa to‘sqinlik qiladi.
Faqat homiladorlik paytidagina faoliyat ko‘rsatadigan yo‘ldosh to‘sig‘ining biologik ahamiyati juda beqiyosdir. Undan asosan lipofil birikmalar diffuziya usuli orqali o‘tadilar. Ionlangan qutbli birikmalar yo‘ldosh to‘sig‘i orqali yomon o‘tadilar. Mazkur to‘siqda ham R-glikoproteinli transporter faoliyat ko‘rsatishi aniqlangan.
Dori moddalarining organizmda taqsimlanishi avvalo preparatning qaysidir a’zo yoki to‘qima bilan o‘xshashligiga bog‘liq. Bundan tashqari a’zo va to‘qimalarning qon bilan ta’minlanish darajasi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Ko‘pchilik dori preparatlari ularning organizmdan ajratilish joylarida to‘planish xususiyatiga egalar. Shuningdek organizmda faoliyat ko‘rsatadigan depolar ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadilar. Ularning 2 turi mavjud: hujayradan tashqari (ekstratsellyulyar) depo; hujayra (sellyulyar) deposi.

Ekstratselyulyar depolarga zardob oqsillari (asosan albuminlar)ni kiritish mumkin. Ular bilan ko‘pchilik birikmalar juda kuchli bog‘lanishadi (hatto 90 % dan ham yuqori). Shuningdek, unga biriktiruvchi to‘qima deposi (ayrim qutbli birikmalar, shu jumladan, to‘rtlamchi ammoniyli tuzlar ham), suyak deposi (tetratsiklinlar), yog‘ deposi (lipofilbirikmalar), uglevod deposi ham kiradi.
Ayrim preparatlar (akrixin) yuqori konsentratsiyalarda hujayra deposida aniqlanadi. Ularning hujayralardagi bog‘lanishlari oqsillar, nukleoproteinlar va fosfolipidlar hisobiga amalga oshirilsa kerak.
Preparatlarning depolanishi odatda qaytar bog‘lanish orqali amalga oshiriladi. Ularning to‘qima depolarida ushlanib qolish davri anchagina katta bo‘lishi mumkin.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə