Faxritdinovich


III bob. Iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirishda maxsus maqsaddagi tekshiruv yuzasidan auditorlik hisoboti tuzishni takomillashtirish



Yüklə 114,67 Kb.
səhifə17/19
tarix11.12.2023
ölçüsü114,67 Kb.
#145775
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Audit kurs ishi

III bob. Iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirishda maxsus maqsaddagi tekshiruv yuzasidan auditorlik hisoboti tuzishni takomillashtirish




    1. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari asosida auditorlik hisobotini tuzish hamda taqdim etishni takomillashtirish


Auditor o’z vazifasini bajarar ekan hisobotdagi axborotning har bir alohida elementi ishonchliligini tasdiqlovchi alohida dalillarni to’playdi va dalillarni nazorat qilishda testlash chog’ida hamda u yoki bu xo’jalik operatsiyalarining mohiyatini tekshirish chog’ida to’planadi.
Yillik moliyaviy hisoboti to’g’risida ishonchli axborot olishdan kim ko’proq manfaatdorligi nuqtai nazaridan bu masalaga yana qaytaylik va ularni ichki va tashqi manfaatdor tomonlarga ajrataylik (8-chizma).




8-chizma. Buxgalteriya hisoboti ishonchliligi to’g’risidagi axborotidan
foydalanuvchilar.

Tashqi foydalanuvchilardan ba’zilari Ko’p hollarda buxgalteriya hisobotini ishonchliligini tasdiqlovchi o’zlari uchun zarur iqtisodiy axborot – qo’shimcha dalillarni olishni hohlaydilar. Buni ular o’zlari mustaqil qilishlari yoki tegishli tekshirish o’tkazishni boshqa mustaqil mutaxasislarga topshirishlari mumkin.


Umuman ishonchli buxgalteriya axboroti muhim ijtimoiy vazifani bajaradi. Bu axborot bozor iqtisodiyotida (sanab o’tilgan foydalanuvchilar orqali) mehnat, tovarlar, kapital bozori samaradorligini oshirishga yordam beradi. Biroq buxgalteriya axborotining ishonchliligi faqat auditga emas, mamlakatdagi hisob siyosatiga ham bog’liqdir.
Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni bir xillik bo’lishiga rioya qilish lozim, chunki bu ushbu hisobot o’quvchilar (foydalanuvchilar)ning tushunishiga va g’ayriodatiy vaziyatlar vujudga kelganda ularni solishtirishga yordam beradi.
Auditorlik hisobot tegishli sarlavhaga ega bo’lishi lozim. Sarlavhada auditorlik hisobotini boshqa shaxslar, masalan, sub’ektning mansabdor shaxslari yoki direktorlar kengashi tomonidan chop etilgan yoki mustaqil auditordan farqli huddi shu ahloq talablariga rioya qilmasligi mumkin bo’lgan boshqa auditorlarning hisobotlardan ajratish uchun “Mustaqil auditor” atamasini qo’llash o’rinli bo’lishi mumkin.
Auditorlik hisoboti kelishuv shartlari va mahalliy me’yoriy hujjatlar talablariga ko’ra tegishli ravishda oluvchiga yo’llanishi lozim. hisobot, odatda, moliyaviy hisoboti audit qilingan sub’ektning aktsiyadorlariga yoki direktorlar kengashiga yo’llanadi.
Auditorlik hisobot audit o’tkazilgan, jumladan, moliyaviy hisobotda aks etilgan sana va davr bilan birgalikda sub’ektning moliyaviy hisobotini ko’rsatishi lozim.
Hisobotda moliyaviy hisobot uchun mas’uliyat sub’ekt rahbariyati zimmasida ekanligi hamda audit o’tkazilishi asosida moliyaviy hisobot bo’yicha fikr bildirilganligi uchun mas’uliyat auditor zimmasida ekanligi to’g’risida ariza bayon etilishi lozim
Moliyaviy hisobot sub’ekt rahbariyatining taqdimoti hisoblanadi. Bunday hisobotni tayyorlash sub’ekt rahbariyatidan ahamiyatli buxgalteriya baholari va mulohazalar chiqarilishini hamda moliyaviy hisobotni tayyorlashda qo’llaniladigan buxgalteriya hisobining tegishli tamoyillari va usullarini aniqlashni talab qiladi. Bundan farqli holda, auditorning mas’uliyati moliyaviy hisobot bo’yicha o’z fikrini
bildirish maqsadida ushbu moliyaviy hisobotning auditini o’tkazishdan iborat bo’ladi.
Auditorlik hisoboti audit AXSga yoki tegishli milliy standartlarga yoki amaliyotga muvofiq o’tkazilganligini ko’rsatish yo’li bilan auditning qo’lamini yoritish lozim. “qo’lam” atamasi auditorga ushbu vaziyatlarda kerakli bo’lgan auditorlik muolajalarini bajarish uchun imkoniyatlarni taqdim etishga taalluqli. Bunday tasdiq o’quvchi (foydalanuvchi)da audit belgilangan standartlar yoki qabul qilingan amaliyotga muvofiq o’tkazilganligiga ishonch hosil qilish uchun kerak. Agar boshqa narsa ko’rsatilmagan bo’lsa, auditor auditorning manzilida ko’rsatilgan auditorlik standartlarga yoki mamlakat amaliyotiga rioya qilishi taxmin qilinadi.
Auditorlik hisobotiga audit moliyaviy hisobotda muhim noto’g’riliklar mavjud emasligiga oqilona ishonch olish maqsadida rejalashtirilgan va o’tkazilgan degan jumla kiritilishi lozim.
Auditorlik hisoboti auditni, jumladan, quyidagilarni yoritishi lozim:

      1. moliyaviy hisobotdagi summalar va yoritishlarni tasdiqlovchi dalillarni test sinovidan o’tkazish asosida tekshirish;

      2. moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanilgan buxgalteriya hisobi tamoyillarini baholash;

(v) moliyaviy hisobotni tayyorlashda sub’ekt rahbariyati tomonidan berilgan ahamiyatli baholarni baholash;
(g) moliyaviy hisobot umumiy taqdim etilishiga baho berish.
Hisobotga audit fikr bildirish uchun oqilona asos beradi degan auditorning bayonnomasi kiritilishi lozim.
Audit moliyaviy hisobotdagi summalar va yoritishlarni tasdiqlovchi dalillarni test sinovidan o’tkazish asosida tekshirishdan iborat. Audit, shuningdek, sub’ekt rahbariyati tomonidan berilgan ahamiyatli baholarni va qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobi tamoyllarini baholashdan hamda moliyaviy hisobot umumiy taqdim etilishiga baho berishdan iborat.
Auditorlik hisoboti moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asosga muvofiq haqiqiy va ishonchli aks etilganligi (yoki barcha muhim javhalar bo’yicha ishonchli taqdim etilgan) hamda, o’rinli bo’lgan joyda, moliyaviy hisobot qonunchilik talablariga muvofiqligi to’g’risida auditorning fikrini aniq bayon etishi lozim.
Auditorning fikrini ifodalash uchun bir-biriga ma’nosi teng bo’lgan “haqiqiy va ishonchli aks etadi” yoki “barcha muhim javhalar bo’yicha ishonchli taqdim etilgan” degan atamalardan foydalaniladi. Ikkala atamalar ham, boshqalarning ichida, auditor faqat moliyaviy hisobot uchun muhim hisoblangan masalalarni ko’rib chiqishligini ko’rsatadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asos BHXS, kasbiy idoralar tomonidan chop etiladigan qoidalar hamda mamlakatda umumiy amaliyot rivojlanishi bilan bir qatorda, mahalliy qonunchilik ishonchliligini tegishli ravishda ko’rib chiqish va tegishli ravishda qabul qilish bilan belgilanadi. Foydalanuvchiga “ishonchlilik” ifodalanadigan kontekst to’g’risida xabar berish maqsadida, auditorlik xulosasi “(BhXS yoki tegishli milliy standartlar ko’rsatilsin)”ga muvofiq iborani qo’llash yo’li bilan moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladigan kontseptual asosni ko’rsatadi.
Auditorlik hisobotida haqiqiy va ishonchli fikr bildirish (yoki barcha muhim javhalari bo’yicha ishonchli taqdim etish) bilan bir qatorda, unga qo’shimcha ravishda moliyaviy hisobot tegishli qonunlar yoki me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan talablarga muvofiq ekanligi to’g’risida bildirigan fikrni kiritish lozim bo’lishi mumkin.
Qaysi mamlakatning buxgalteriya hisobi tamoyillaridan foydalanganligi aniq bo’lmagan har qanday vaziyatda, mamlakat albatta ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Moliyaviy hisobot paydo bo’lgan mamlakatdan tashqariga keng tarqaladigan moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobotini tuzishda, auditor auditorlik hisobotida moliyaviy hisobot paydo bo’lgan mamlakat standartlariga izohlanishi lozim.
Bunday ta’kidlash moliyaviy hisobotni tayyorlashda buxgalteriya hisobining qanday tamoyillari qo’llanilganligini foydalanuvchi yaxshiroq tushunishi uchun yordam beradi. Aniq boshqa mamlakatda foydalanish uchun tayyorlangan moliyaviy hisobot bo’yicha (masalan, xalqaro moliyalashtirishda hisobot boshqa mamlakatning tiliga tarjima qilingan va valyutasiga o’tkazilgan taqdirda) auditorlik hisobtini tayyorlashda auditor tayyorlangan moliyaviy hisobot paydo bo’lgan mamlakat buxgalteriya hisobi tamoyillariga asoslanish kerakligini va moliyaviy hisobotda tegishli yoritishlar amalga oshirilganligini ko’rib chiqadi.
Auditor hisobotga audit yakunlangan paytdagi sanani qo’yishi lozim. Bu o’quvchi (foydalanuvchi)ga auditor unga ma’lum bo’lgan va ushbu sanagacha qadar sodir etilgan va moliyaviy hisobotga hamda auditorlik hisobotga ta’sir ko’rsatadigan hodisalar va operatsiyalarni ko’rib chiqqanligi haqida xabar beradi.
Auditorning mas’uliyati sub’ekt rahbariyati tomonidan tayyorlangan va taqdim etilgan moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik hisobotini tayyorlash hisoblanganligi munosabati bilan, u hisobotga sub’ekt rahbariyati moliyaviy hisobotga imzo chekkan yoki tasdiqlagan sanadan oldin bo’lgan sana qo’yishga haqli emas.
Auditorlik hisobotida albatta joylashgan joyi ko’rsatilishi lozim, odatda bu audit o’tkazilishi uchun mas’ul bo’lgan auditorning ofisi joylashgan shahar ko’rsatiladi.
Auditorlik hisoboti auditorlik firma nomidan, auditor nomidan yoki kerak bo’lganda, auditor nomi bilan bir qatorda, firma nomidan ham imzolanishi lozim. Auditorlik hisoboti, odatda, firma nomidan imzolanadi, chunki audit uchun mas’uliyatni firma o’z zimmasiga oladi.
Auditorlik hisoboti
Faoliyat uzluksizligi yoki muhim noaniqlik muammosiga e’tiborni qaratadigan bandni qo’shish, odatda, ushbu masalalar bo’yicha auditorlik hisobotini taqdim etishda auditorning mas’uliyatiga nisbatan mos bo’ladi. Bunga qaramasdan, alohida, masalan, moliyaviy hisobot uchun ahamiyatli bo’lgan ko’p
sonli noaniqliklar mavjud bo’lgan vaziyatlarda, auditor tushuntirish bandini kqshmaslikni o’rinli hisoblab fikr bildirishni rad etishi mumkin.
Moliyaviy hisobotga ta’sir etuvchi masalalar yuzasidan tushuntirish bandini qo’llashdan tashqari, auditor, shuningdek, moliyaviy hisobotga ta’sir etuvchi masalalardan farqli masalalar yuzasidan tushuntirish bandidan foydalanish, band- fikdan keyin joylashtirish afzalr oq hisoblanadi, yo’li bilan auditorlik hisobotini modifikatsiyalashtirishi mumkin. Masalan, tarkibida audit qilingan moliyaviy hisobot bo’lgan hujjatlardagi boshqa ma’lumotga tuzatishlar kiritish kerak bo’lsa, sub’ekt esa ushbu tuzatishlar kiritishdan bosh tortgan taqdirda, auditor auditorlik hisobotiga muhim noizchilliklar to’g’risida ma’lumot yoritilgan tushuntirish bandni kiritishni ko’rib chiqishi lozim. Auditorlik hisobotini taqdim etish yuzasidan qonunchilik bilan belgilangan qo’shimcha mas’uliyat mavjud bo’lgan taqdirda, shuningdek, tushuntirish banddan foydalanish mumkin.
Quyidagi vaziyatlardan biri mavjud bo’lgan taqdirda va auditorning mulohazasiga ko’ra uning oqibatlari moliyaviy hisobotga ta’sir ko’rsatsa yoki ko’rsatishi mumkin bo’lgan taqdirda, ahtimol, auditor o’z fikrini sharhlarsiz bildira olmasligi mumkin:

  1. auditor ishi ko’lami cheklanganda; yoki

  2. tanlab olingan hisob siyosati, uning qo’llash usuli yoki moliyaviy hisobotda yoritishlar mosligining maqbulligi yuzasidan sub’ekt rahbariyati bilan kelishilmaganda.

(a) quyi bandda bayon etilgan vaziyatlar fikrni sharhlar bilan bildirishga yoki fikr bildirishni rad etishga olib kelishi mumkin. (b) quyi bandda bayon etilgan vaziyatlar esa, fikrni sharhlar bilan bildirishga yoki salbiy fikr bildirishga olib kelishi mumkin.
Ayrim holatlarda auditor ishining ko’lami sub’ekt tomonidan cheklanishi mumkin (masalan, auditor kerakli deb hisoblagan auditorlik muolajani kelishuv shartlariga muvofiq bajarilishi ko’zda tutilmagan holatda). Shunga qaramasdan, agar taklif etilayotgan kelishuv shartlarida ko’zda tutilgan cheklov shundayki, bunda auditor fikr bildirishni rad etish lozim deb hisoblaganda, u, odatda, agar bu
qonunchilikka oid hujjatlar bilan ko’zda tutilmagan bo’lsa, audit bo’yicha bunday cheklovlar bilan kelishuvni qabul qilmaydi. Bundan tashqari, cheklov auditorning qonun bilan belgilangan majburiyatlarini buzgan taqdirda, qonunchilikka asosan tayinlangan auditor audit bo’yicha bunday kelishuvni qabul qilmaydi.
Qo’lamni cheklash vaziyatlardan kelib chiqishi mumkin (masalan, auditorning ishlash muddati auditorga tovar-moddiy zahiralarni inventarlash yuzasidan kuzatish imkonini bermagan taqdirda). Auditorning fikri bo’yicha, sub’ektning hisob yozuvlari mos bo’lmagan yoki auditor tavsiya qilingan auditorlik muolajalarini bajara olmagan taqdirda, audit ko’lamini cheklash vujudga kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda, sharhlarsiz fikrni tasdiqlovchi etarli bo’lgan tegishli auditorlik muolajalarini olish uchun auditor oqilona muqobil auditorlik muolajalarini bajarishga harakat qilishi lozim.
Auditor ishi ko’lamining cheklovi shundayki, bunda fikrni sharhlar bilan bildirish yoki fikr bildirishni rad etish lozim bo’lsa, auditorlik hisobotida bunday cheklov yoritilishi va moliyaviy hisobotga taxmin qilingan tuzatishlar, agar cheklov mavjud bo’lmagan holatda ular kerakli deb belgilansa, kiritilishi lozim.
Auditor sub’ekt rahbariyati tomonidan tanlab olingan hisob siyosati, uni qo’llash usuli yoki moliyaviy hisobotdagi yoritishlar mosligi yuzasidan sub’ekt rahbariyati bilan kelishmasligi mumkin. Agar bunday kelishmovchilik moliyaviy hisobot uchun muhim hisoblansa, auditor o’z fikrini sharhlar bilan bildirishi yoki salbiy fikr bildirishi lozim.



    1. Yüklə 114,67 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə