Fosforning kimyoviy faolligi azotga qaraganda ancha yuqori. Fosforning kimyoviy xossalari asosan uning allotropik modifikatsiyasi bilan belgilanadi. Oq fosfor juda faol, qizil va qora fosforga o’tganda kimyoviy faollik kamayadi.
Suyuq va erigan holatda, shuningdek 800 °C gacha bo’lgan haroratda fosfor P4 shaklida bo’ladi. 800 °C yuqori haroratda dissatsalanishga uchraydi:
P4 → P2
2000 °C dan yuqori haroratda molekulalar atomlarga ajraladi.
Oddiy moddalar bilan o’zaro ta’sir
4P + 5O2 → 2P2O5
4P + 3O2 → 2P2O3
Ko’p oddiy moddalar bilan o’zaro ta’sir qiladi — galogenlar, oltingugurt, ba’zi metallar, oksidlovchi va qayratuvchi xususiyatlarni namoyon qiladi:
metall bilan oksidlovchilik qiladi va fosfidlar hosil qiladi:
2P + 3Ca → Ca3P2
2P + 3Mg → Mg3P2
metallmaslar bilan qaytaruvchilik qiladi:
2P + 3S → P2S3
2P + 3Cl2 → 2PCl3
suv bilan o’zaro ta’siri:
4Р + 6Н2О → РН3 + 3Н3РО2
ishqorlar bilan o’zaro ta’siri:
4Р + 3KOH + 3Н2О → РН3 + 3KН2РО2
Qaytaruvchilik xususiyatlari
Kuchli oksidlovchi fosforni fosforat kislotaga aylantiradi:
3P + 5HNO3 + 2H2O → 3H3PO4 + 5NO
2P + 5H2SO4 → 2H3PO4 + 5SO2 + 2H2O
Fosforning qaytaruvchi xossasi gugurtning yonish vaqtida hom sodir bo’ladi:
6P + 5KClO3 → 5KCl + 3P2O5
Fosfor birikmalarining biologik ro’li
Fosfor tirik hujayralarda orto- va pirofosforik kislotalar shaklida mavjud bo’lib, u nukleotidlar, nuklein kislotalar, fosfoproteidlar, fosfolipidlar, kofermentlar va fermentlarning bir qismidir. Inson suyaklari 3Ca3(PO4)2 · Ca(OH)2 gidroksilapatitdan iborat. Tish emalining tarkibi ftorrapatitdan hosil bo’lgan. Inson va hayvonlarda fosfor birikmalarining almashinuvlarda asosiy rolni jigar bajaradi. Fosforli birikmalar almashinuvi gormonlar va D vitamini bilan tartibga solinadi.
Fosforga bo’lgan kunlik talab:
kattalar uchun 1,0-2,0 g;
homilador va emizikli ayollar uchun 3-3,8 g;
bolalar va o’spirinlar uchun 1,5-2,5 g
Katta jismoniy kuch bilan ishlaganda fosforga bo’lgan ehtiyoj 1,5-2 baravar ko’payadi.
Fosforni kaltsiy bilan birga 3: 2 (P: Ca) nisbatida olishda assimilyatsiya yanada samarali bo’ladi.
Fosfor elementining toksikologiyasi
Qizil fosfor deyarli toksik emas. Qizil fosforning changlaari o’pka ichiga kirsa surunkali ta’sir ostida pnevmoniyaga olib keladi.
Oq fosfor juda zaharli, u lipidlarda eriydi. Oq fosforning o’ldiradigan dozasi — 50-150 mg. Teriga tushsa og’ir kuyishlar beradi.
O’tkir fosfor zaharlanishi og’iz va oshqozonda achishi, bosh og’rig’i, zaiflik, qusish bilan namoyon bo’ladi. 2-3 kundan keyin sariqlik rivojlanadi. Surunkali shakllarda kaltsiy almashinuvining buzilishi, yurak-qon tomir va asab tizimlarining shikastlanishi bilan tavsiflanadi. O’tkir zaharlanishda birinchi tibbiy-yordam oshqozonni yuvish, vena ichiga glyukoza eritmasini jo’natish. Terining fosfor bilan kuyishida mis sulfat yoki soda eritmalari bilan davolash kerak.
Dostları ilə paylaş: |