|
![](/i/favi32.png) Geliş Tarihi / Receive‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛
‚International journal of Humanities and Art ‛
[trk dergisi/2021]
e-ISSN:2757-6388
Cilt/Volume:2
Sayı/Issue
:1
36
Ona Burgut allalar:
- Uxla, kuchga to‘lib o‘s.
Ushbu tog‘-tosh, osmonning
Hukmdori bo‘lib o‘s!
Pisand etmay xatarni
Shundanmi polaponi,
Tushlarida charx urar
To‘ldirib keng samoni (Imonberdiyev, 1994: 22).
Nazarimizda, ushbu she'r badiiy-estetik jihati bilan bir qatorda katta
tarbiyaviy-ma'rifiy ahamiyat ham kasb etadi va bolalar adabiyotining asosiy
o‘ziga xosligi ham shunda namoyon bo‘ladi. Zero, o‘zbek bolalar adabiyoti
mustaqil O‘zbekiston kelajagini yaratuvchi yosh avlod tarbiyasiga mas'ul
ekan, farzandlarimiz erksevar, mard, komil insonlar bo‘lib yetishuvi yo‘lida
doimo baland pardalarda yangramog‘i kerak. Toki ijodkorlarimizning har
bir asari yosh kitobxon qalbida ezgulik, nnsoniylikning bir niholi ildiz
otishiga xizmat qilsin. Ana shundagina bolalar adabiyoti o‘z missiyasini
muvaffaqiyat bilan ado etgan bo‘ladi. «Alla» she'ri ham shu jihati bilan
e'tiborga molik. Ona Burgut polaponining qalbiga «ushbu tog‘-tosh,
osmonning
hukmdori
bo‘lnb
o‘sish»ni
go‘dakligidan
alla
bilan
singdirayotganligi bois burgutcha hatto tushida ham keng samoni to‘ldirib
charx urgani singari mustaqil Ona yurtimizning kelajagi bo‘lmish
farzandlarimiz ham bolalikdan shu aziz Vatannning egalari, uning baxt-
saodatini, porloq kelajagini yaratuvchilar ekanliklariga komnl ishonch
ruhida tarbiyalanmoqlari lozim.
Bular – masalaning ijtimoiy, ilmiy va amaliy jihatlari. Biroq muammoning
ahamiyati bulardan kam bo‘lmagan estetik jihati ham mavjuud. Zero,
She'riyat – Ona qadar pokiza xilqat, Ona qadar beg‘ubor go‘zallik, Ona
qadar mehribon va talabchan murabbiydir. Shu boisdan ham she'riyatga
oshno qalblar go‘zallikni his qiladi, go‘zallikdan zavq oladi, bunday
qalbning o‘zi ham go‘zal bo‘ladi. Ana shu ma'noda istiqlol davri o‘zbek
bolalar she'riyatining eng yaxshi namunalari hayotga endigina qadam
qo‘yib kelayotgan yosh avlodning pok qalbini go‘zallik nuri bilan munavvar
qiladi, bu beg‘ubor qalblarga ezgulik urug‘ini sochadi, ularni go‘zal ona
Vatanimizning porloq kelajagini yaratuvchi tom ma'nodagi go‘zal Insonlar
qilib tarbiyalashdek mas'uliyatli ishga o‘zining xolis hissasini qo‘shadi.
Ma'lumki, bolalar tabiatan hamma narsaga qiziquvchan, har bir narsaning
qanday paydo bo‘lganini aniqlashga, masalaning mohiyatini anglashga
|
|
|