|
Geliş Tarihi / Receive‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛
‚International journal of Humanities and Art ‛
[trk dergisi/2021]
e-ISSN:2757-6388
Cilt/Volume:2
Sayı/Issue
:1
34
bobolarini tanish, ularga munosib zuryodlar bo‘lishga chorlashi bilan davr
talabiga hamohang, dolzarb mavzudagi badiiy jihatdan barkamol faxriya
asarlari istiqlol davri o‘zbek bolalar she'riyatini mavzu jihatidan tom
ma'noda yangiladi.
Bu o‘rinda shuni alohida qayd etish kerakki, bugungi kunda tom ma'nodagi
yosh avlod paydo bo‘ldi. Bu avlodning fazilati shundaki, u kompyuter bilan
tillashishga usta, xorijiy tillarni ham yaxshi biladi. Bu avlod o‘ziga yaratilgan
barcha imkoniyatlarning qadriga yetadigan amaliyotchi avlod. Bu avlod
vakillari fanlar bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda yetakchi o‘rinlarni egallab,
mustaqil O‘zbekiston shon-shuhratini olamga tanitayapti. Bugungi
adabiyotimizga tobora dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan Zulfiyaxonim
qizlarini ham alohida tilga olish kerak. Aslida, bu natijalarning barchasi
mamlakatimizda istiqlolning dastlabki kunlaridan e'tiboran yosh avlod
jismoniy va ma'naviy kamolotiga alohida e'tibor berilayotganligining yaqqol
tasdig‘idir. Mustaqil O‘zbekistonning dastlabki ordeni «Sog‘lom avlod
uchun» deb nomlanishi, 2000 yilning «Sog‘lom avlod yili», 2010 yilning
«Barkamol avlod yili» deb belgilanishi esa bu boradagi bunyodkorlik
ishlarining naqadar ko‘lamdorligini, jamiyatimiz istiqbolini o‘sib kelayotgan
yosh avlod belgilashiga alohida e'tibor qaratilayotganligini tasdiqlaydi.
Biroq yuqoridagilar bilan bir qatorda badiiy adabiyotni maktab adabiyot
darsliklariga kiritilgan namunalar darajasidagina biladigan, badiiy asar
o‘qishdan ko‘ra test yodlaydigan amaliyotchi avlod ham paydo bo‘lganligini
ham tan olish joiz. Bu avlod kitobning qog‘ozi hidi qandayligini bilishiga
gumonim bor. Chunki u televizorda xorijning zo‘ravonlik targ‘ibiga
asoslangan multfilmlarini ko‘rib ulg‘aymoqda, kitobni ham kompyuterdan,
Internetdan o‘qiydi. Internetdagi kitoblarning esa farzandlarimizni
xalqimizning milliy, madaniy, tarixiy, adabiy qadriyatlari ruhida
tarbiyalashga xizmat qilishi dargumon. Binobarin, yosh avlod ma'naviy
kamolotiga mas'ul har bir kishining oldida farzandlarimizni badiiy adabiyot
o‘qish, ular qalbida asar qahramonlari taqdiriga esh bo‘la olish,
xursandchiligini o‘z xursandchiligi, xafaligini o‘z xafaligi sifatida qabul qila
olish ko‘nikmasini hosil qilishdek mas'uliyatli vazifa turibdi.
Yosh avlod ma'naviy kamolotini ta'minlashda bolalar adabiyoti o‘ziga xos
o‘rin tutishi aniq. «Bolalar adabiyoti» deganda bolalar yosh xususiyatlariga
mos keladigan, tabiat va jamiyatdagi voqyea-hodisalar xususida yosh
kitobxon tushunchasi darajasida ma'lumot beradigan sho‘x va o‘ynoqi,
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadigan asarlarni tushunish qon-qonimizga
singib ketgan. Shu sababli ham shoiru nosirlar hazilkash, sho‘x, o‘yinqaroq,
topqir bolakaylar haqida hazil-huzilga boy hajviy she'ru hikoyalar, dostonu
qissalar bitadilar; nabotot va hayvonot dunyosini bolalarning hayratomuz
nigohi bilan qayta-qayta kashf qiladilar; parranda, darrandalarni misol qilib,
ibratomuz ertagu masallar yozadilar; Vatan – kindik qoni to‘kilgan
muqaddas Ona tuproqqa sadoqat, ustozlar va ota-onalar hurmatini
|
|
|