13
1. O`quv fani o`qitilishi bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar
Mazkur ishchi fan dasturi bakalavriat yo‗nalishi: 5112000–Jismoniy
madaniyat
ta`lim yo‗nalishi uchun mo‗ljallangan bo‗lib, talabalarga suzishni o‗qitish uslubi va
nazariy bilimlarini o‗rgatish, suzish texnikasi va usullarini haqida nazariy bilim, amaliy
harakat ko‗nikma
va malakalarini egallash, o‗rganish, suzish bo‗yicha mashg‗ulotlarni
tashkil qilish va o‗tkazish uslubiyotini o‗rgatish, cho‗kayotganlarni qutqarish va ularga
birinchi yordam ko‗rsatishdagi bilimlarni o‗rgatishga qaratilgan bo`lib, jismoniy tarbiya
darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va amaliy ta`lim berishni ta`minlovchi
sohani o‗rganish fani bo‗lib hisoblanadi. Jismoniy madaniyat ta`lim yo‗nalishi bo‗yicha
bakalavrlarni tayyorlashda suzish
asosiy vosita hisoblanib, jismoniy sifatlarni
rivojlantirish va tarbiyalashda nazariy hamda amaliy bilim, ko‗nikma hamda malakalarini
mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fan bo‗yicha
talabalarning bilim, ko‗nikma va malakalariga quyidagi talablar
qo‗yiladi.
Talaba
:
«Suzish va uni o‗qitish metodikasi» o‗quv fanini o‗zlashtirish
jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida suzish va uni o‗qitish metodikasi fanining maqsadi
hamda
vazifalari, suzish sportining rivojlanish tarixi, O‗zbekiston
Respublikasining
jismoniy tarbiya tizimida suzishning o‗rni, suzish texnikasining ilmiy-nazariy asoslari
haqida bilimlarga ega bo„lishi kerak.
- suzish mashg‗ulotlarida mashq qilish va o‗rgatish
asoslari; suzishning usullarini
o‗rgatish va o‗zlashtirish bo‗yicha
tayyorlov mashqlari; suzish texnikasini
takomillashtirish va o‗rgatishda
maxsus sport mashqlari; ko‗krakda kroll va chalqancha
kroll, delfin, brass usulida suzish texnikasini o‗rgatish; suzish mashg‗ulotlarida o‗rgatish
metodlarini