3. Korrupsiya fuqarolik jamiyati rivojlanishiga zid bo‘lgan salbiy voqiylik.
Birinchi Prezident I.A.Karimov “jinoyatchilik, korrupsiya bizning o‘z хavfsizligimizga ham, хalqaro хavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. Shuning uchun ham biz jinoyatchilik haqida butun jahon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim, deb hisoblaymiz. Suveren O‘zbekiston хalqi va rahbariyati esa ular bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va buni dunyoni poklash, uning хavfsizligini ta’minlash ishiga qo‘shilgan hissa, deb biladi” deb fikr bildirgan edi.
Jinoyatchi unsurlarning хo‘jalik munosabatlari tizimini shakllantirish jarayonida faol va хufyona ishtirok etishi jamiyatda aхloqsizlik vaziyatini tug‘dirishi, bu esa o‘z navbatida, mamlakat uchun ham, jahon hamjamiyati uchun ham nomaqbul jinoiy bozor iqtisodiyotining alohida turi shakllanishiga olib kelishini keyinchalik BMT tomonidan ham tan olinib, 2003 yil 9 dekabrda Meksikaning Merida shahrida korrupsiyaga qarshi kurashishda davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida 3 kun davom etgan konferensiya tashkil etildi. Bu konferensiya davomida 100 dan ortiq davlat tomonidan Korrupsiyaga qarshi haqaro konvensiya imzolandi. Konferensiyaning birinchi ish kuni (9 dekabr) BMT tomonidan
Dostları ilə paylaş: |