5
management” texnikalarida biz “vaqt”ni
markazlashtirib olamiz, ya’ni biz bir kun oldin
ertangi kun uchun reja tuzamiz. Har bir soatda nima ishlar qilishimizni rejalashtiramiz.
Ammo ertasi kuni ertlabki qaysidir ishimiz vaqti cho‘zilib ketish
hisobiga bizning undan
keyingi o‘rindagi barcha ishlarimiz o‘z-o‘zidan ortga surilib ketadi va shu bilan hammasi
barbod bo‘ladi.
Misol uchun, siz ertaga soat 9:00 da ishga borishni, 11:00
da tushlik
uchrashuvini, soat 14:00 da yana ishga qaytishni, soat 18:00
da ishdan chiqib,
do‘stingiznikiga mehmonga borishni reja qilgansiz. Ertasi kuni esa ishingiz ba’zi sabablarga
ko‘ra cho‘zilib, tushlikka 12:00 da chiqishingizga to‘g‘ri kelib qoldi. Bu esa sizning
uchrashuvingizni va undan keyingi ro‘yxatdagi barcha ishlaringizni
ortga surilishiga olib
keladi. Uchinchidan, bizning kun jadvalimizdagi qaysidir ish soatida kayfiyatimiz yo‘qligi
tufayli yoki charchoq sabab ish qilishga xohishimiz bo‘lmasligi mumkin. Shunga o‘xshash
bir qancha holatlar sabab insonlarda “time management” metodlari ishlamaydi.
Dostları ilə paylaş: