170
borishlari zarur. Bu esa mavzuni to‘g‘ ri va to‘la
ochib berishga,
har qanday hujjatni to‘g‘ri tavsiya qilishga olib keladi.
Mavzu o‘rganib chiqilgandan so‘ng
qo‘llanmaning rejasi
ishlab
chiqiladi. Bunda tayyorlash jarayoni, bo‘limlari, har bir bo‘limda
material berishning tartibi, hujjatlarni joylashtirish prinsiðlari,
yordamchi apparatlar, ularning tartibi,
foydalanish uchun
manbalar ko‘rsatiladi.
Matbuot asarlarini aniqlash va bibliografik qidirish
bosqi-
chining vazifasi — tanlangan mavzuga oid adabiyotlarning (agar
u vaqtincha mavjud bo‘lmasa, bibliografik yozuvlarning)
kutubxonada mavjudligini aniqlashdan iborat. Agar mavjud
bo‘lmasa uning sababi o‘rganiladi. Òuzuvchi mavzuga oid ma’lu-
mot beruvchi hamma manbalarni ko‘rib chiqadi: kataloglar,
kartotekalar, bibliografik ro‘yxatlar, boshqa bibliografik nashrlar,
ko‘rsatkichlar,
sharhlar, mutaxassislikka oid jurnallardagi ro‘y-
xatlar va boshqalar. Ulardan kutubxonada mavjud hujjatlarning
bibliografik ma’lumotlari tanlab olinadi va mahalliy nashrlar
haqidagi ma’lumotlar qo‘shiladi. Ba’zan yangi adabiyotlardagi,
o‘quv qo‘llanmalaridagi, ko‘p
tarmoqli, tarmoqli, mavzuli bib-
liografik ko‘rsatkichlardagi, „Kitob dunyosi“ gazetasidagi ro‘y-
xatlar ham ko‘rib chiqiladi va mavzu uchun moslari tanlab
qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: